Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari


Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə11/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

Chiqish kelishigidagi so‘z bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar: ilgari, burun, avval, keyin, bari, buyon, boshqa, tashqari, boshlab, tortib, bo‘lak, o‘zga kabilar.
So‘ng ko‘makchisi ish-harakatning tugallanishini bildiradi: ishdan so‘ng, darsdan so‘ng kabi. Bu ko‘makchi chiqish kelishigidagi u, bu, shu olmoshlari bilan birga kelganda biror ish-harakatdan keyin ikkinchisi sodir bo‘lganini anglatadi: Shundan so‘ng Gulnor har minut sayin kulaverdi. (O.)
Keyin ko‘makchisi so‘ng ko‘makchisining sinonimi hisoblanadi. Keyin ko‘makchisi so‘ng ko‘makchisidan farqli ravishda sabab, ta’kid bildirishi ham mumkin. Masalan: Yurtning og‘zi kattasi bo‘lgandan keyin har nima qilish qo‘lidan keladi. (A.Q.)
Boshqa, tashqari, bo‘lak, o‘zga ko‘makchilari mustasnolik ma’nosini ifodalaydi: Kampir anhorga tikildi, nishab oqayotgan suvda o‘zining aksidan boshqa(tashqari,bo‘lak) hech narsa ko‘rinmadi. (I.R.) Sendan o‘zga jonon ko‘rinmas ko‘zga. (Muqimiy.)
Beri, buyon ko‘makchilari ko‘pincha harakatning boshlanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan payt oralig‘i ma’nosini ifodalaydi: Undan bir oydan beri (buyon) darak yo‘q.
Shuningdek, nari (nariga) ko‘makchisi ish-harakatning chegarasi yoki darajasini, burun, ilgari ko‘makchilari ish-harakatning o‘tgan zamonda sodir bo‘lganligini, boshlab, tortib ko‘makchilari esa ish-harakatning sodir bo‘lishidagi boshlang‘ich vaqt, o‘rini, manbai ma’nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi.
Ko‘makchi otlar o‘zining leksik ma’nolarini saqlagan mustaqil so‘z bo‘lishiga qaramay, ularning ma’nolari ko‘pincha metaforik usulda ko‘chgan holda yordamchi so‘zlar kabi munosabatlarni bildirib keladi. Xususan, ost, ust,old, orqa, yon, ich, ora, bosh, o‘rta so‘zlari ko‘makchi otlardir. Ko‘makchi otlar, asosan, belgisiz qaratqich kelishigidagi so‘z-dan keyin kelib, mazkur so‘zlarni o‘zi o‘rin-payt va chiqish kelishigi hamda egalik qo‘shimchalarini qabul qilgan holda fe’lga bog‘lash uchun xizmat qiladi: yer ostidan qaramoq, bir hafta ichida uchrashmoq kabi. Ko‘makchi ot vazifasida keluvchi bu so‘zlar belgili qaratqich kelishigi-dagi ot bilan birikkanda, o‘z mustaqil lug‘aviy ma’nosini saqlaydi. Masalan uyning ichida, binoning yonida, poydevorning ostidan kabi.

  1. Yordamchi so`zlar: ko`makchilar, fe`l ko`makchilar haqida fikringizni to`liq bayon eting hamda badiiy adabiyotlardan 20 ta misol yozing va tahlil qiling

R e j a:


1. YOrdamchi so‘zlarning grammatik tabiati.
2. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlari.
3. Bog‘lovchilarning stilistik xususiyatlari.
4. YUklamalarning stilistik xususiyatlari.
5. O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar sinonimiyasi.
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funktsional-stilistik xususiyatlari A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz.
Ko‘makchilar o‘zbek tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish ob`ekti bo‘lgan va buning natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga kelgan.
Jumladan, H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” mavzuidagi (Samarqand, 1949), X.T.Axtamovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik so‘ngshakllar” nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981), A.N.Kononovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Toshkent, 1951), SH.SHoabdurahmonovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar” (Toshkent,1953), R.Rasulovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-grammatik xususiyatlari” (Toshkent,) T.Rustamovning “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1995), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent,1991) monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
“O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik nashrida, A.N.Kononovning “Grammatika yazika tyurkskix runicheskix pamyatnikov.VII-IX vv.” (L.,1980), “Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika” (M.-L., 1960), S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi” (Toshkent,1965), A.M.SHerbakning “Grammatika starouzbekskogo yazika” (M.-L.,1962), G‘.Abdurahmonov va SH.SHukurovlarning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” (Toshkent, 1973) singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud.
Bundan tashqari o‘zbek tili tarixi va adabiy til grammatikasini o‘rganishga doir darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham ko‘makchilar borasidagi fikrlar anchagina. U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent,1992), SH.SHoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev, I.Rasulov, X.Doniyorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent, 1980), G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning “Qadimgi turkiy til” (Toshkent,1982), J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism.Tarixiy morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” (Samarqand, 2003) singari darslik va o‘quv qo‘llanmlari shular jumlasidandir.
Ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar son jihatdan salmoqli bo‘lganligi uchun ularni ma`lum guruhlarga ajratish mumkin. A.A. Koklyanovaning “O‘zbek tilida so‘ngko‘makchilar va ko‘makchi otlar”, H.G‘.Ne`matovning “XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar (“Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibatul haqoyiq” materiallari asosida)”, G.F.Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida” maqolalari ko‘makchilarni diaxronik, A.G‘ulomovning “Ko‘makchili konstruktsiya haqida”, U.Tursunovning “O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar” maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir” maqolasida esa bu borada yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning “O‘zbek shevalarida so‘ng ko‘makchili so‘z birikmalarining semantik-grammatik munosabatlari”, X.Jo‘raevning “Ko‘makchilarni sheva materiallariga taqqoslab o‘rganish”, T.Almamatovning “Xalq shevalarida “tur” ko‘makchi fe`li haqida” maqolalariga sheva materiallari asos bo‘lgan. A.Abdullaevning “Ko‘makchilar yordami bilan tarkib topgan so‘z birikmalarida ifodalangan sintaktik munosabatlar”, O.Amirovaning “Sabab hollarining ko‘makchi konstruktsiyali so‘zlar bilan ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan.
Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu sohada maxsus kuzatishlar olib borgan H.Berdiyorov va T.Rustamovlarning tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarni lingvistik tahlil qilishga bag‘ishlangan dastlabki ishlardan biri H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Samarqand, 1949) deb atalgan nomzodlik dissertatsiyasi bo‘lib hisoblanadi.
Dissertatsion ish ikki qismdan iborat bo‘lib, uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi, so‘ngko‘makchilarning grammatik va relivatsion ahamiyati hamda ular bilan qo‘shimchalar o‘rtasidagi munosabatlar masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. 2-qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl, ravish, ravishdosh, chog‘ishtirma so‘z va affiks so‘ngko‘makchilar tarzida guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar keng yoritilgan.
Ishning birinchi qismi so‘z turkumlarining, jumladan ko‘makchilarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya muallifi ta`kidlaydiki, XIX asrning bir qancha tilshunoslari (L.Nuare, V.Vundt, M.Myuller) so‘z turkumlarining kelib chiqishi to‘g‘risida gapirganda, fe`l turkumini kishilar tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar va fe`ldan boshqa so‘z turkumlari ajralib chiqqan deydilar. Demak, bularning fikricha, fe`l boshqa so‘z turkumlarining taraqqiyoti uchun ajralib chiqish imkoniyati bo‘lib xizmat etadi. (BH, 9).
H.Berdiyorov N.YA.Marrning “Bir vaqtlar so‘z turkumlari bo‘lmagan edi. Asta-sekin gap bo‘laklaridan harakatni, ya`ni o‘timli fe`l, keyinroq o‘timsiz fe`lni hosil qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ot ajraladi. Ot – aniqlovchi, sifat funktsiyasini bajaradi, ot (otlarning ma`lum doirasida) olmosh bo‘ladi, so‘ngra bog‘lovchi bo‘ladi va qolgan so‘z turkumlari yuqorida ko‘rsatilgan so‘z turkumlarining birontasidan hosil bo‘ladilar”. (Marr N.YA. Izbrannie raboti, t.II. – M.,1934, s.417. Tarjima H.Berdiyorovniki). (BH,11), degan fikriga tayanib, “birinchi so‘z, turmushda, ishlab chiqarish protsessida kishilik fikrlashi tomonidan ajratilgan, ya`ni predmetlarning nomini va muhit ko‘rinishlarini, hodisalarini ko‘rsatuvchi ot ekan”, degan xulosaga keladi (BH,12) va yana quyidagilarni aytadi:“Umuman biz ayta olamizki, ot, fe`l va olmosh turkumlari til taraqqiyotida sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga qaraganda eng avval ajralib chiqqan so‘z turkumlaridir”. (BH,12).
Muallif tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida birinchi marta hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib kelayotgan so‘zning qanday semantik ma`nolari reallishuviga hamda gapda qanday vazifalarda kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan ma`nodosh variantlari to‘g‘risida esa, buni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ymagani uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi. Tilshunoslikda mavjud bo‘lgan an`anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda “ko‘makchilar” deb o‘rganib kelayotgan til birliklarini oldko‘makchilarga qarama-qarshi ravishda so‘ngko‘makchilar tarzida talqin qiladi. Bu qarashlar orasida so‘z turkumlarining, xususan yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi fikrlar muhim o‘rin tutadi.
Tadqiqotda o‘rni bilan ayrim faktlarning lingvostitistik tahlili berilganligi xulosalarning ilmiyligini ta`minlashda va amaliy jihatlarini ko‘rsatib berishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Dissertant ish yakunida bugungi kunda ham yordamchi so‘zlar relivatsion tabiatini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lgan quyidagi xulosaga keladi: so‘ngko‘makchilar til taraqqiyoti nuqtai nazaridan mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan kelib chiqqandir. Bular hozirgi o‘zbek adabiy tilining gap qurilishida, gaplarning ma`nosini tayinlashda, so‘zlarni o‘zaro munosabatga keltirishda katta rol’ o‘ynaydi.(BH,126). So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror bo‘lagiga bog‘langan holda qo‘llaniladi. So‘ngko‘makchilar mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni yoki so‘zlarni birlashtirish, kengaytirish qobiliyatiga ega emasligi, morfologik tomondan ayrim semantik morfemalarga bo‘linmasligi, urg‘uni qabul qilmasligi, gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda ishtirok etgan so‘zlarga bog‘lanib kelgandagina atash, sabab, maqsad, fazo kabi qo‘shimcha ma`nolarni ifodalab keladilar. (BH,127).
O‘zbek tili, qolaversa turkologiyada ko‘makchilarni o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham sezilarlidir. U ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida ko‘makchilar” (Toshkent,1965), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent, 1991) singari monografiyalar hamda o‘nlab maqolalar e`lon qilgan.
Jumladan, uning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar” monografiyasi ko‘makchilarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qo‘llanish xususiyatlari va ularning tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, yordamchi so‘zlarning ushbu turi tilshunosligimizda qay darajada o‘rganilganilganligi hamda ularning grammatik xususiyatlari boy til materiali asosida tahlil etilgan. Materialni yoritishda E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov, SH.SHoabrurahmonov, A.A.Koklyanova, U.Tursunov, H.Berdiyorov, A.Abdullaev, V.V.Reshetov kabi olimlarning qarashlariga tayangan holda ish ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va “ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish munosabatini yaratuvchi va turli grammatik ma`nolarni ifodalashda xizmat qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya” ekanligi va uning “gap qurilishidagi muhim xususiyati bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan tubdan farqlanishi” haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etadi (RT.HO‘ATK).
Olimning “Sof ko‘makchilar” asari o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarni diaxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan yirik hajmdagi tadqiqotlardan biridir. Asarning yozilishiga XIII-XX asrlar yozma yodgorliklari manba bo‘lib hisoblangan va ming yilga yaqin davrni o‘z ichiga olgan materiallar uchga bo‘lib o‘rganilgan:



  1. Ko`makchi va kelishik qo`shimchalari haqida fikringizni bayon eting

Reja:

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin