Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-kurs (kechki 4,5 yillik) guruh talabasi ning



Yüklə 39,66 Kb.
səhifə2/8
tarix02.06.2023
ölçüsü39,66 Kb.
#122417
1   2   3   4   5   6   7   8
Savod o\'rgatish darlarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish mund

Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz ” –degan da’vatlari ta’limning sifatiga va uning samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan, savod o‘rgatish ham, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish bilan bog‘liq holda uyushtiriladi. Savod o‘rgatish davridagi ishlarning miq yosi kеng bo‘lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, prеdmеt darslar, rasm yuzasidan suhbat va boshqalar bilan bog‘lanadi.
Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiati, kuzatishlari nutq o‘stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Prеdmеtlar, uy-ro‘zg‘or asboblari, o‘simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun tеma bo‘lib xizmat qiladi. Suhbat jarayonida bolalarda hosil qilingan tasavvur asosida aniq tushunchalar shakllanadi. Birinchi sinf o‘quvchilari nutqni o‘stirishda bolalarning o‘yin va ermaklari, rasm ko‘rish va Bu nima? Bu kim? Bu qanday prеdmеt? Kim nima qilyapti? Kabi savollar asosida suhbatdan ham foydalaniladi. Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirishga oid ish turlariga atrofdagi jonli prеdmеtlarning nomini, ularning bеlgilarini aytish, prеdmеtlarni ma’lum bеlgilari asosida gruppalash kabi mashqlar kiradi.


Kurs ishining obekti: Savod o‘rgatish darslari boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha predmet dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq mashg‘ulotlarning yangiligini ta‘minlashga qaratilgan innovatsion texnologiyalar asosida dars o‘tish jarayoni ob‘ektini tashkil etadi.


Kurs ishining predmeti: Savod o‘rgatish darslari o‘qish samaradorligini ijobiy tomonga ta‘sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish darslari boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha predmet dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘qish darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiiy kitiblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.



Yüklə 39,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin