Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi Shahnoza Alikulovaning Tabiatshunoslik fanidan amaliy topshirig’i



Yüklə 199,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.06.2023
ölçüsü199,13 Kb.
#122292
1   2   3   4
Alikulova Sh Tabiatshunoslik amaliy (1)

Metodika o’quv fanining mazmunini, ta’lim va tarbiya metodlari hamda 
shakllarini ko’rib chiqadi. Metodikaning bu bo’limlari bir butun bo’lib, bir-birini 
taqozo etadi. 
O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika 
tomonidan belgilanadi. 
Shunday qilib metodika nima uchun tabiatni o’rganish kerak, nimani va 
qanday o’qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga 
javob beradi. 
Tabiatshunoslikni o’qitilishini to’g’ri yo’lga qo’yilishi maxsus o’quv 
moddiy bazaga: o’quv qurollari bilan jihozlangan kabinetga, tirik tabiat burchagi 
va o’quv-tajriba maydonchasiga ega bo’lishi kerak. Materialni o’ziga xos bo’lishi 
faqat tabiatshunoslik o’qitish metodikasining o’ziga xosligini emas, balki uning 
tarbiyaviy imkoniyatlarini ham belgilaydi. 
Tabitashunoslik o’qitishning umumiy metodikasi maktabda hamma tabiat 
haqidagi kurslarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy 
yo’nalganligini, o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o’quv 
ishlarining shakllari o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta’lim 
elementlarining yaxlitligini va rivojlanishini ko’rib chiqadi. O’qitish sistemsi 
o’quvchilar bilimining puxta va ongiga yetib borishini ta’minlaydi. 
Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy 
prinsiplarga ega bo’lgan didaktik jihatdan va tarbiya jihatidan pedagogika bilan 
chambarchas bog’langan. Maktabda tarbiyalovchi ta’limni amalga oshiriladi va 
o’rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o’qitish metodlari 
barcha shakllardagi butun ta’lim jarayonini, o’qituvchi shaxsining o’zi, uning 
fanga berilganligini ham tarbiyalaydi. 
Metodikaning didaktika yo’li bilan pedagogikaga bevosita bog’lanishini 
o’rnata turib, bular o’rtasidagi tafovutlarni ham hisobga olish kerak. Didaktika – 
pedagogikaning barcha maktab predmetlari uchun umumiy bo’lgan ta’lim 
nazariyasini va o’qitish prinsiplarini ishlab chiqadigan bir tarmoqdir. Mustaqil 
ilmiy predmeti sifatida qaror topgan tabiatshunoslik o’qitish metodikasi tabiat 


fanlarini o’qitishning o’ziga xosligi bilan taqozo qilingan ta’lim va tarbiyaning 
mazmuni, shakllari va metodlari to’g’risidagi nazariy hamda amaliy 
problemelarini ishlab chiqadi. 
Pedagogik fan sifatida tabiatshunoslik metodikasi didaktika bilan 
bog’langan. Faqat ta’lim va tarbiyaning pedagogik maqsadi va vazifalariga 
asoslangandagina maktab tabiatshunoslik kursini to’g’ri tuzish, boshlang’ich va 
undan keyingi sinflar o’quv predmetlari sistemasida uning o’rni va rolini aniqlash 
mumkin bo’ladi. O’quv materialini tanlash va uni sinflar bo’yicha taqsimlashga 
bo’lgan talablar didaktik prinsiplar bilan izohlanadi, ular xususiy metodik 
masalarni 
hal 
qilishda, o’qitish metodlarini tanlashda, shuningdek, 
o’quvchilarning o’quv faoliyatlarini har xil ko’rinish va shakllarda tashkil qilishda 
ham yetakchidir. Metodik uslublarni faqat har bir o’quvchi psixologiyasini, yoshi 
va rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holdagina to’g’ri tanlash mumkin. 
Tabiatshunoslik metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot 
metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi – metodist maktabda tabiatshunoslikni 
o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, 
hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va 
umumlashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida 
tabiatshunoslikni 
o’qitish 
prinsiplarini 
belgilaydi. 
Kuzatish 
va 
tajribatabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. 
Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integrasiya 
(birlashish) sintez barcha to’plangan ilmiy materiallarni muammolar bo’yicha 
to’planadi, (analiz) tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, sistemaga solinadi va yagona 
ilmiy nazariyaga keltiriladi. 
Metodika o’qituvchi ijodi uchun ta’lim va tarbiyaning boy xazinasidagi 
xilma-xil metodlarni, usullarni va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib 
beradi. 
Tabitashunoslik metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, 
botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va 
psixologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa
o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng 
muhimlarini ajrata olish, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos 


holda tushuntira olish o’quvlarida namoyon bo’ladi. Shaxsning kamol topishi va 
rivojlanishi uning ayrim ishlarni, munosabatni, xarakterni o’z ichiga olgan 
faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining – o’qish, mehnat, 
o’yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga egadir. Muloqot 
dalillari har qanday darsning tarkibiy hismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi 
hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi. 
Shunday qilib, tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi 
maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni boyitadi va chuqurlashtiradi, ularda 
o’z harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyati rivojlanadi, bu xislatlar xulq-
atvorning odobiy hamda axloqiy normalarini anglash, atrofdagilarga nisbatan 
mas’uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot 
jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr-munosabat vujudga keladi. 
Shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitish jarayoni faqat o’qituvchinigina 
emas, balki o’quvchilar faoliyatini ham o’z ichiga oladi. O’qitishning natijasi 
dasturda mo’ljallangan material puxta o’zlashtirilgan bo’lishi kerak.Shuning 
uchun ham, o’qitish metodlari va o’quvchilarni tashkil etish shakllarini o’rganish, 
ularning materialini o’zlashtirib olish jarayonini o’rganish bilan birga boradi. 
 

Yüklə 199,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin