Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


NUQTALI VERGULNING ISHLATILISH O‘RINLARI



Yüklə 290,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix12.06.2023
ölçüsü290,95 Kb.
#128839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

NUQTALI VERGULNING ISHLATILISH O‘RINLARI. 
Nuqtali vergul o‘zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi. 
U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi. 
1.Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan 
tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda. Lekin avtor shu 
kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; o‘quvchining ko‘z oldiga odamning havasi 
keladigan, har qanday kishining muhabbatini o‘ziga qaratadigan, har qancha izzat 
qilsa arziydigan va bu izzatga o‘zining jafokashligi, g‘ayrati, farosati, el-yurt uchun 
qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi. (A. Qahhor) 


2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar 
birbiriga qiyoslanganda. 
Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber! 
Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham; 
Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham. 
3. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan 
ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin. 
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, 
paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va 
barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, 
yarimoy va yulduz oq rangda beriladi 
4. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari 
har bir bandi oxirida. 
Otabek timsoliga tavsif: 
a) Otabek — o‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi
b) Otabek — mard va jasur yigit; 
d) Otabek — o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor. 
1. Mazmun jihatidan mustaqilligi nisbatan kuchliroq bo‘lgan yoki qiyoslash 
munosabatini anglatuvchi bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro nuqtali vergul 
bilan ajratiladi. Ozgina yolg‘on ham ulug‘ gunohdir; ozgina zahar ham halok 
qiluvchidir. 
2. Uyushib kelgan bir necha gap bo‘laklari (agar gap ichida vergul ishlatilgan 
bo‘lsa) o‘zaro nuqtali vergul bilan ajratiladi: 

Yüklə 290,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin