Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


KO‘P NUQTA VA UNING QO‘LLANILISHI



Yüklə 290,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix12.06.2023
ölçüsü290,95 Kb.
#128839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

KO‘P NUQTA VA UNING QO‘LLANILISHI. 
Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila 
boshlangan. 1876-yildan e’tiboran «Turkiston viloyatining gazeti»da muntazam 
qo‘llangan
Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila 
boshlangan. 1876-yildan e’tiboran «Turkiston viloyatining gazeti»da muntazam 
qo‘llangan. 
1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida. To‘ra biroz o‘ylab turgach, 
podshoning devordagi suratini, so‘ngra o‘zining yelkasidagi pogonini ko‘rsatdi. — 
Mana shu imperiya... . Miryoqub hech narsa anglamadi. (A. Cho‘lpon) 
2. So‘zlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat manzaralarini 
ifodalash uchun. Do‘xtir ayol og‘iz berkitib piq-piq yig‘ladi. — Men... men 


O‘zbekistonda besh-olti yil ishlab edim, — deya yig‘ladi. — Bechora xalq-a, 
bechoragina xalq-a.. (T. Murod). Qish... Butun atrof oppoq libosda.. 
3. Matn (jumla) qisqartirilsa. 
— Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz? 
— Xo‘sh, xo‘sh? — Ilkimdin kelguncha... 
— deb boshlanar edi. 
— Ha-ha, bo‘tam, lekin bu oyat emas, hazrat Navoiyning hikmatlaridur. (X. 
To‘xtaboev) 
4. Fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa. 
Muhammadyor yolg‘iz: 
— Turkistonda birinchi m...m...m... artaba tia... t... t... tr, — dedi-da, fikrg‘a toldi. 
(A. Cho‘lpon) 
5. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa. 
— Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi? — ... 
— Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov) 
6. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida. Nuqtalar o‘rniga kerakli 
harfni qo‘yib ko‘chirib yozing. Xayri...x, a...loq, ...abar. 
Tire va uning ishlatilish o‘rinlar 
Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M. Karamzin (XVIII asr) kiritgan o‘zbek 
yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan. Tire quyidagi 
o‘rinlarda ishlatiladi: 
Dialoglardagi har bir gapning bosh 
— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi? 
— Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo‘q 


— Siz tabibmisiz o‘zi? — Odamlar shunaqa deyishadi. Olloh istasa, men bir 
vositachi bo‘laman-u, dardmandga shifo yetadi. Bo‘lmasa yo‘q. 
— Nima mening oshnamni davolashni Xudoyingiz istamayotibdimi? — dedi 
Kesakpolvon g‘ijinib 
— Olloh bir meniki emas, barchamizniki, — dedi chol ovozini bir parda ko‘tarib. 
— Siz nomusulmon odamga o‘xshab so‘zlar ekansiz. (T. Malik) 
2. Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida. Til — millatning qalbi. 
Yer — don, dehqon — xazinabon. Mehnating — boyliging. 
3. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin. 
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz 
4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida. «Oddiylik axloqiy 
barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi L.N. Tolstoy. 
5. Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir 
gap boshida. 1996-yil 26-aprelda ta’sis etildi: — «Amir Temur» ordeni; — «Buyuk 
xizmatlari uchun» ordeni. 
6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa. Olamni 
quyosh yoritadi, insonni — ilm. 
7. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida. O‘zbekiston Milliy 
sug‘urta kompaniyasi — «O‘zbekinvest». Veksel — qimmatbaho qog‘oz, pul qarz 
olganlik haqidagi tilxat, qarz hujjatidir. 
8. Zid ma’noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida. Vaqting ketdi — baxting 
ketdi. 
9. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan 
asosiy bo‘laklardan ajratiladi. Biz — yoshlar — millatning tayanchi, Vatanning 
ishongan tog‘larimiz. Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasida — bir paytlari bu 


yerdan turib ulug‘ bobomiz osmon ilmini o‘rgangan edi — katta ko‘lamda ta’mirlash 
ishlari boshlab yuborildi. 
10. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida: Toshkent 
— Andijon avtomobil yo‘li ta’mirdan chiqarilmoqda. 
11. Nashr, kitobot ishlarida. Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar. — T.: 
«Adabiyot va san’at nashriyoti», 1987. 
Eslatma: Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi: 307 – 23. 
Bugun Toshkentda —3°C sovuq bo‘ladi. 

Yüklə 290,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin