... oradan yana bir necha oy o‘tib, uchinchi marta sud bo‘lgan. Bu safar Botirovning
«jinoyati» o‘n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi». (T Malik) «Xalq artisti», beliga
o‘q tekkanday erta-yu kech to‘rdagi karavotga yonboshlab «Teatr» jurnalini
varaqlaydi, xalq artisti bo‘lmoq sirlarini axtaradi, chamasi. (E.A’zamov)
4.
Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari
qo‘shtirnoq ichida beriladi.
«Lison ut-tayr» (Qush tili) asari haqida suhbatlashdik.
«Ma’rifat» gazetasi,
«Saodat» jurnali, tarlarim» spektakli,
«Sohibqiron» dramasi,
«Amir Temur»
portreti«
Mening oppoq kabutarlarim spektakli.
5. Korxona,
muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona,
kema nomlari
qo‘shtirnoq ichida yoziladi.
«Uzdunrobita» qo‘shma korxonasi, «Kochxolding» konserni, «Kamolot» ijtimoiy
harakati, «Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan»
xalqaro
jamg‘armasi, «O‘zbekavtotrans» Davlat aksionerlik korporatsiyasi, «O‘ZDEUavto»
O‘zbekiston — Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil zavodi, «Chorsu»
mehmonxonasi.
6. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)
larning markasini bildirgan
so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar
qo‘shtirnoqqa olinadi. «Neksiya» rusumli yengil mashina, «Boing» samolyoti,
«Otayo‘‘l»
mikroavtobusi, «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi,
«Hojimatov damlamasi».
7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi. «El-
yurt hurmati» ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi. Professor Q.G‘. Abdullayev
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi»
faxriy unvoni bilan
mukofotlandi.
8. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo‘shtirnoq ichida beriladi.
1995-yilning 6-may kuni «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish
to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida» Qonun qabul qilindi
9. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo‘shtirnoq ichida
beriladi.
11-«A» sinfi «Quvnoqlar va zukkolar» bahsida g‘olib chiqdi. O‘qituvchimiz
bugungi javobimga «besh» baho qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: