Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


QO‘SHTIRNOQ VA UNING QO‘LLANILISH O‘RINLARI



Yüklə 290,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix12.06.2023
ölçüsü290,95 Kb.
#128839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

QO‘SHTIRNOQ VA UNING QO‘LLANILISH O‘RINLARI 
Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. A.A.Barsov kiritgan. O‘zbek yozuvida u 
kiritish 
belgisi 
sifatida 
XIX 
asrning 
80-yillaridan 
boshlab 
uchraydi.
Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi. 
1.Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi. 
«Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa», — degan edi Sa’diy Sheroziy. I. V. Gyote 
shunday deb aytgan edi: «Donishmandlik faqat haqiqatdadir». «Er kishiga zeb-u 
ziynat, — degan edi Alisher Navoiy, — hikmat va donishdir. » 
2.Sitatalar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. 
Buyuk yozuvchimiz A. Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q: «Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, biri 
yashnab kiradi. 
Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko‘nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib 
yozadi. Yozuvchilikka cho‘g‘day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga 
yashnayveradi... 
3. Ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan 
yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma’nolarni 
bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi. 


... oradan yana bir necha oy o‘tib, uchinchi marta sud bo‘lgan. Bu safar Botirovning 
«jinoyati» o‘n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi». (T Malik) «Xalq artisti», beliga 
o‘q tekkanday erta-yu kech to‘rdagi karavotga yonboshlab «Teatr» jurnalini 
varaqlaydi, xalq artisti bo‘lmoq sirlarini axtaradi, chamasi. (E.A’zamov) 
4. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari 
qo‘shtirnoq ichida beriladi. 
«Lison ut-tayr» (Qush tili) asari haqida suhbatlashdik. «Ma’rifat» gazetasi
«Saodat» jurnali, tarlarim» spektakli, «Sohibqiron» dramasi, «Amir Temur» 
portreti«Mening oppoq kabutarlarim spektakli. 
5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari 
qo‘shtirnoq ichida yoziladi. 
«Uzdunrobita» qo‘shma korxonasi, «Kochxolding» konserni, «Kamolot» ijtimoiy 
harakati, «Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro 
jamg‘armasi, «O‘zbekavtotrans» Davlat aksionerlik korporatsiyasi, «O‘ZDEUavto» 
O‘zbekiston — Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil zavodi, «Chorsu» 
mehmonxonasi. 
6. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.) larning markasini bildirgan 
so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar 
qo‘shtirnoqqa olinadi. «Neksiya» rusumli yengil mashina, «Boing» samolyoti, 
«Otayo‘‘l» mikroavtobusi, «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi, 
«Hojimatov damlamasi». 
7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi. «El-
yurt hurmati» ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi. Professor Q.G‘. Abdullayev 
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan 
mukofotlandi. 
8. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo‘shtirnoq ichida beriladi. 
1995-yilning 6-may kuni «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish 
to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida» Qonun qabul qilindi 


9. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo‘shtirnoq ichida 
beriladi. 
11-«A» sinfi «Quvnoqlar va zukkolar» bahsida g‘olib chiqdi. O‘qituvchimiz 
bugungi javobimga «besh» baho qo‘ydi. 

Yüklə 290,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin