Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 9-7btus-20 guruh talabasi asadova gulnozaning


UNDOV BELGISI VA UNING QO‘LLANILISHI



Yüklə 290,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix12.06.2023
ölçüsü290,95 Kb.
#128839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-7BTUS-20 GURUH TALABASI ASADOVA GULNOZA.

UNDOV BELGISI VA UNING QO‘LLANILISHI 


Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha 
lo — undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil 
bo‘lgan. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi: 
1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi. Oqpodsho yerdan 
bir siqim tuproq oladi. 
— Ana tuproq, mana tuproq! — deydi. 
— Bo‘rsildoq tuproq, mag‘izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq! 
(Tog‘ay Murod) 
2 Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarni ifodalovchi gaplarning 
oxirida ham ishlatiladi.Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi. Suv ostida 
o‘pqonlar ko‘p. Tortib ketmasin! (P. Qodirov) 
3. So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng 
qo‘yiladi. Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o‘t, mening qo‘limni tut, 
belimni bog‘la, muqaddas fotihangni ber! (A. Fitrat) 
4. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilsa, 
ulardan so‘ng qo‘yiladi. Balli-balli! — dedi Rahim va Sharifga qarab jim qoqdi. (A. 
Qodiriy) Yo‘q! Borolmayman, — dedi qayrilib. 
5. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin qavs 
ichida berilishi mumkin. «Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot geografiya, 
biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g‘oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish 
mumkin. 
6. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket 
uchta belgi qo‘yiladi. 
Charos kafti bilan yuzini to‘sgancha o‘zini orqaga tashladi. — A-a-a!!! — dedi 
chinqirib. (O‘. Hoshimov) — Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar. — 
Xanjarimiz qonsirag‘on! (A. Qodiriy) 


7. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplardan so‘ng. 
Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu! (O‘. Hoshimov) 

Yüklə 290,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin