6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasiga. Do‘sting
mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham ko‘p. Yurgan — daryo, o‘tirgan
— bo‘yra.
7. Bog‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishlatiladi. Bilimli va tadbirkor
bo‘ling, lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira yetaklamasin. Yo biz boraylik,
yo siz keling.
8. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so‘ng vergul ishlatiladi.
Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying.
9. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi. «Inson
qalbi javohirlardek toza, pok bo‘lmog‘i lozim», —
deb aytgan edi Abu Rayhon
Beruniy. So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio — so‘roq so‘ziga olib
borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi «Q» ishlatila
boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?)
kelib qolgan, o‘zbekcha
matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila
boshlangan.
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. So‘roq gaplarning oxirida. Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi?
Navoiyning tilshunoslikka bag‘ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo‘ldim
(darak gap). Vazifani bajarib bo‘ldim? (ohang o‘zgaradi).
2. Kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng. Rang-
tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z
yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz
bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi. «Toping!» ma’nosida. Abdulla
Qodiriyning «O‘tgan kunlar» qissasida (?) o‘zbek
xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi. 5 • 5 = (matematikada).
Dostları ilə paylaş: