BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATIV TA’LIM METODLARI ANNOTATSIYA Maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar dunyoqarashini, ularning fikrlashlarini yanada kengaytirishi, bilimlarini mustahkamlashi, bilim olish ko‘nikmalarini osonlashtirishda integrative-innovatsion metodlardan foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llash yo‘l-yo‘riqlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: integrativ, innovatsion, o‘quvchi, jarayon, metod, ta’lim, pedagog, tarbiya, shaxs
Biz integratsiyaning mohiyatini aniqlash jarayonida uning falsafiy, pedagogic-psixologik va metodik asoslarini aniqlab oldish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, o‘qitish va tarbiya jarayoni bir-biri bilan uzviy bog‘liq, lekin inson shaxsining shakllanishida tarbiya ustuvor ahamiyat kasb etadi. Chunki tarbiya ta’lim jarayonining barcha majmuini o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy intellektual insonni tarbiyalashda integrativ ta’limning barcha jihatlari (aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, estetik, gigenik, huquqiy, jismoniy tarbiya)ni qamrab oladi va ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydi. Integrativ ta’lim jarayonida o‘quvchi, olamning yaxlitligini, koinot, tabiat qonunlarini, tabiat, jamiyat va insonlarning o‘zaro munosabatlari haqida har tomonlama bilimlarga ega bo‘lib kamol topadi. Tabiat go‘zalligini his qila olish, undan zavqlanish, e‘zozlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ta’limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‘llash ayni zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta’lim muassasalari o‘quv jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o‘quv predmetlararo munosabatlarning murakkab jihatlarini to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlab, bilimlarning ichki mohiyatiga kirib borishini ta’minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, integrativ yaxlitlik vujudga keladi.
O‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta’lim sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi hamda fanlararo aloqadorlik ta’minlangan holda darsni tashkil qila olgan o‘qituvchi o‘quvchilarda o‘zining faniga bo‘lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o‘zlashtirishga yordam beradi. Fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o‘quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi.
Maktabning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda dunyoga yaxlit, o‘zaro aloqador bo‘lgan birlik sifatida qarashni, uning global muammolari hamda bu muammolar yechimini ko‘ra va tushuna bilishni shakllantirishdan iborat. Ta’lim mazmunida inson va uning dunyoga bolgan munosabati: inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va inson, inson va texnika, tabiat-inson, texnika-atrof-muhit muammosi tobora markaziy o‘rin egallamoqda. Tabiatni o‘rganuvchi fanlarni bir sinfda bir marta o‘rganib bolmaydi. Uni bog‘cha, maktab, tizimida uzluksiz va uzviylik asosida o‘rganmoq zarur. Tabiiy fanlar ta’limining mazmuni inson va tabiat aloqadorligi atrofidagi muammolarni o‘rganuvchi turli o‘quv fanlariga oid bilimlar uzviyligi va integratsiyasini aks ettirmog‘i lozim, bu esa tabiiy fanlarga oid bilimlarni sifat jihatdan yangi o‘zgarishlarga olib keladi. Bu bilimlar o‘ziga xos sintez, tabiiy fanlarga oid bilimlar va insonparvar yo‘nalishlar majmui sifatida namoyon boladi. Ularning tafakkurning tizimli va ehtimolli uslubi sifatida tavsiflanishi tabiiy bilimlarning ajralib turadigan xususiyatlari sirasiga kiradi.
Aynan uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya biosferani ilmiy bilish, inson faoliyatini o‘rganish, tinchlik uchun kurash bo‘yicha global masalalarning yechimini topishda tabiiy fanlarning o‘rnini samarali tarzda belgilab berish mumkin. Pirovard natijada bu barcha maktab o‘quv fanlaridagi maxsus bilimlar bilan umumiy-madaniy bilimlar o‘rtasidagi ozaro nisbatning uzviylik asosida o‘zgarishiga (keyingilarining foydasiga) olib keladi. Shu tariqa, uzviylik asosida tashkil etilgan integratsiya tabiiy fanlar ta’limi mazmunini insonparvarlashtirishning asosiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotlarda tabiatshunoslik obyektlarini “tabiat – fan – texnika – jamiyat – inson” uzviylik tizimida o‘rganish tabiiy fanlar ta’limi mazmunini insonparvarlashtirishning yagona metodologik asosi bo‘lib hisoblanishini ko‘rsatib berdi.