Boshqamalari


Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda



Yüklə 96,36 Kb.
səhifə16/22
tarix18.09.2023
ölçüsü96,36 Kb.
#144971
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
TAXMINIY SAVOLLAR WORD-JAVOBLARI BILAN (2)

Hozirgi vaqtda mazkur hujjatga o‘zgartirish kiritilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ILOVA
22. Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
Ushbu hollarda kadastr pasporti uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.


87

Imtiyozli ro‘yxatdagi bolalar kontengentiga kimlar kiradi?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga 1-ILOVA
18. Bolalarning quyidagi kontingenti so‘rovnomalari imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari; (Fuqarolik Kodeksiga ko’ra 4 va undan ortiq farzandi bor ola)
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

88

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etish huquqini beradigan sertifikatni olish uchun tadbirkorlik sub’ektlari qanday talablarga javob berishlari lozim?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 221-son qaroriga 1-ILOVA
agent xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat ta’lim muassasalari tomonidan 3 yil muddatga beriladigan hamda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlar turlari aniq belgilangan sertifikatga (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) ega bo‘lishi shartligi;
4. Tadbirkorlik subyekti uning xodimlari sertifikat olishi uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
davlat xizmatini ko‘rsatish uchun kamida 15 m2 maydonga ega bo‘lgan bino mavjudligi;
davlat xizmatini ko‘rsatuvchi har bir xodim kompyuter va boshqa zarur tashkiliy texnika bilan ta’minlanganligi;
kamida 5 kishi uchun mo‘ljallangan kutish o‘rindiqlari mavjudligi;
bank hisobvarag‘iga ega bo‘lishi;
nazorat-kassa texnikasi va (yoki) hisob-kitob terminallari o‘rnatilganligi.

89

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda agent sifatida ishtirok etish deganda nimani tushunasiz?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 221-son qaroriga 1-ILOVA
agent — akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lgan, davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) orqali ariza beruvchilarning ma’lumot va hujjatlarini tegishli davlat organi yoki tashkilotiga yuborish hamda xizmat natijasini ariza beruvchiga taqdim etish faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (xodimi) yoki yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining xodimi;

90

Tadbirkorlik sub’ektini harakatsiz holatga o‘tkazish deganda nimani tushunasiz va u qachon amalga oshiriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga 2-ILOVA

Yüklə 96,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin