Boshqarishda axborot va kommunikatsiyalar Reja



Yüklə 29,43 Kb.
səhifə1/8
tarix02.01.2022
ölçüsü29,43 Kb.
#47433
  1   2   3   4   5   6   7   8
Boshqarishda axborot va kommunikatsiyalar Reja


Aim.uz

Boshqarishda axborot va kommunikatsiyalar
Reja:

1. Kommunikatsiya tushunchasi va uning tashkilot samaradorligiga tahsiri

2. Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari.

3. Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosQichlari.

4. BoshQarish jarayonlarini axborot bilan tahminlashni takomillashtirish yo’nalishlari.

7.1. Kommunikatsiya tushunchasi va uning tashkilot samaradorligiga tahsiri.

BoshQaruv jarayoniga tizimlar nazariyasi nuQtai-nazaridan Qaralganida, uni mahlum bir tizimni muvozanatda saQlab turish yoki uni sifat jihatidan yangi shaklga keltirish uchun amalga oshiriladigan tahsirlar yiG’indisidir deyish mumkin.Bu tahsirlarni amalga oshirish uchun boshQaruvchi Qism, yahni boshQarish subhekti boshQariluvchi obhekt holati haQida yetarli mahlumotga ega bo’lishi zarur."Informatsiya" (axborot) atamasi lotincha so’zdan kelib chiQib, biron-bir voQea yoki kimningdir faoliyati haQidagi xabarni anglatadi.BoshQarish jarayonini yetarli va haQQoniy mahlumotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.BoshQaruvchi tizim boshQariluvchi tizimning umumiy faoliyati to’G’risida mahlumotlar oladi, ular asosida tizim holatiga baho beradi, boshQarishni takomillashtirish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiQadi va boshQariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Bundan tashQari tashkilot ochiQ ijtimoiy-iQtisodiy tizim sifatida tashQi muhit bilan axborot almashish orQali munosabatlarga kirishadi.

Tashkilot doirasida faoliyat ko’rsatuvchi insonlarni, mehnat taQsimotlari natijasida shakllanuvchi ichki xo’jaliklar (bo’limlar)ni va boshQarish poG’onalarini yaxlit holatga olib keluvchi jarayon kommunikatsiyadir.Klassik tahrif bo’yicha kommunikatsiya – bu odamlar orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.Bunda axborot ikki taraflama yo’nalishda, yahni, uzatuvchi va Qabul Qiluvchilar tomon harakat kiladi.Menejmentda kommunikatsiyalar odamlar, guruhlar (ichki xo’jaliklar), boshQarish poG’onalari hamda tashkilot bilan tashQi muhit orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.BoshQaruv jarayonida aloQa shakllarini Quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:

BoshQaruv tahsiri




BoshQaruvchi Qism BoshQariluvchi Qism




TashQi


Axborot











Teskari

aloQa


6-chizma. BoshQaruv jarayoni aloQasi.
Murakkab va ko’p Qirrali korxona xo’jaligini boshQarish katta hajmdagi birlamchi axborotlarni ko’rib chiQishni talab Qiladi.Ularga Quyidagi informatsiyalar kiradi: statistik, operativ-hisobot, reja-iQtisodiy, buxgalterlik, moliyaviy, moddiy-texnika tahminoti, kapital Qurilish, texnologik, konstruktorlik va boshQalar.Axborotlar kelib chiQish manbalariga ko’ra tashQi va ichki axborotga ajratiladi.

TashQi muammolalardan kelib chiQuvchi axborotlar tashQi axborot hisoblanadi.Uning tarkibiga Qonunlar va mehyoriy xujjatlar, mahsulotga bo’lgan talablar, texnika taraQQiyotiga oid axborotlar, ilG’or korxonalar ish tajribalari va boshQalar kiradi. O’z navbatida tashkilotdan tashQi muhitga ham axborot chiQadi. Bu asosan hissadorlar va davlat muassasalariga hisobotlar, reklama va shunga o’xshash axborotlar.

Ichki axborotga ishlab chiQarish jarayoniga oid, rejaning bajarilishi, sex va uchastkalarning ishlariga, mahsulotning sotilishi va tannarxini kamaytirishga oid axborotlar kiradi.Axborotlar boshQarish jarayoniga o’xshab o’zining xajmi, tarkibi va kelib tushgan vaQti bo’yicha boshQaruv darajasiga bevosita boG’liQ bo’ladi.Bu daraja Qanchalik yuQori bo’lsa, umumlashgan va ishlov berilgan axborot uchun zarurat shunchalik ko’payib boradi.

Axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi turlarga bo’linadi. SHartli o’zgarmaydigan axborotlar tarkibiga nisbatan kam o’zgaruvchi axborotlar kiradi.Bular barcha turdagi mehyorlar, reja ko’rsatkichlari va boshQalardir.Bunday axborotlar boshQaruv uchun zarur bo’lgan axborotlarning 60-70 foizini tashkil Qiladi.O’zgaruvchi axborotlar murakkab va muhim axborotlardir.Bu turdagi axborotlar ishlab chiQarish va xo’jalik faoliyati jarayonining o’zgarishini aks ettiradi. Bunday axborotlarni to’plash va ularga ishlov berish ancha murakkab jarayondir.

Ishlov berishda iloji boricha tezkorlik zarur, aks holda bunday axborotlar o’zining muhim va kerakli ahamiyatini yo’Qotishi mumkin.

Axborotni Qanchalik tez, to’liQ va o’z vaQtida yetkazilishi uning Qiymatini shunchalik oshiradi. BoshQarish amaliyotida ikkilamchi axborotlardan ham foydalaniladi.Bunday axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi axborotlarga berilgan dastur asosida ishlov berilganligi natijasida yuzaga keladi. Ular boshQaruv jarayonida hamda Qarorlar Qabul Qilish uchun yetuk va muhim axborot hisoblanadi.

Korxonani boshQarish uchun zarur bo’lgan barcha turdagi axborotlar majmui axborot tizimini vujudga keltiradi. BoshQaruv va axborot tizimlari boshQaruvning har Qanday bosQichida bir butun tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Ishlab chiQarish xajmining oshishi, korxonaning ichki va tashQi aloQalarining kengayishi Qaror Qabul Qilish va buyruQ tayyorlashdan oldin inson o’zlashtirishi zarur bo’lgan axborot xajmini va mazmunini juda ko’paytirib yuboradi.Ushbu axborot o’z vaQtida va yetarli darajada yetkazilishi tashkilotning umumiy xo’jalik va boshQaruv faoliyatining samaradorligiga bevosita tahsir etadi. Rahbarlar o’z ish vaQtining 50 foizidan 90 foizigacha bo’lgan Qismini kommunikatsiyalarga sarflaydilar.SHu sababdan tashkilotlarda kommunikatsiyalarni to’G’ri va samarali tashkil Qilish juda katta ahamiyatga ega.



Yüklə 29,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin