4. Informatsiyani Qabul Qilish va Qayd etish. Qabul Qilingan informatsiya eng avvalo xotiraga yoki rasmiy Qayd etish daftarchalariga Qayd etilishi zarur. Bu Qabul Qilingan informatsiyani hisobini yuritish uchun zarur.
5. Qabul Qilingan informatsiyani shifrsizlantirish(kodsizlantirish) va tushunish.Qabul Qilingan informatsiyaning mahnosi, mazmuni, mohiyati uni shifrsizlantirilgandan keyingina tushunarli bo’ladi.
shakllantiradi shifrlaydi va uzatish shifrsiz-
yoki tanlaydi. aloQa vositasini lantirish
tanlaydi
K uzatuvchi
|
|
G’oya (fikr)
|
|
xabar
|
|
Qabul Qiluv
chi
|
|
fikrni tushi
nish
|
7 - chizma. Informatsiya almashish jarayonining sodda modeli.
Agar rahbarlar kommunikatsiyaning mazmuni va mohiyatini tushunmasalar va unga ahamiyat bermasalar, tashkilotning strukturasida uzilishlar yuz berishi mumkin.SHu sababli kommunikatsiya jarayonining har bir bosQichida informatsiya o’z mahnosini o’zgartirmay tezkor harakat Qilishini tahminlash zarur.
YuQoridagi chizmada ko’rsatilgan informatsiya almashish jarayoni to’liQ emas deb hisoblanadi, chunki, aslida teskari aloQa o’rnatilganidan keyingina tashkilotdagi kommunikatsiya jarayoni to’liQ hisoblanadi.FaQat teskari aloQa vositasi orQaligina rahbarlar tashkilotning turli bo’limlari, Quyi boshQarish poG’onalari, ishlab chiQarish jarayoni va umuman turli xil xatti harakatlar to’G’risida informatsiyaga ega bo’ladilar.Bularsiz tashkilotning keyingi holatini aniQlab bo’lmaydi.
Teskari aloQada Qabul Qiluvchi va uzatuvchi o’z o’rinlari bilan almashadilar va bunda Qabul Qiluvchi yetkazilgan informatsiyani Qanday tushungani, unga munosabati (reaksiyasi)ni bildiradi.Teskari aloQa yordamida informatsiya almashish jarayoni samaradorligi oshadi va shovQinlar kamayadi.
Yomon o’rnatilgan teskari aloQa va informatsiyani Qabul Qilishni bilmaslik (masalan, tinglashni) samarali kommunikatsiyaga to’siQ bo’ladi.
Odatda kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun teskari aloQaning shakllanishi raG’batlantiriladi.Teskari aloQada bo’ysunuvchilar rahbariyatning xatti-harakatlari, tashkilot maQsadlariga erishish yo’llari, mahsulot sifatini oshirish, tarkibiy o’zgarishlar va boshQa masalalarga o’z fikr va mulohazalarini yuQoriga bildirish imkoniga ega bo’lishlari kerak.
Ichki xo’jaliklarning, boshQarish poG’onalarining ko’pligi kommunikatsiya jarayonini murakkablashtiradi.CHunki, bular informatsiyani shunchaki Qabul Qilib yoki uzatibgina Qolmasdan, balki Qayta ishlaydilar va tartiblashtiradilar. Informatsiyaning xususiyatlaridan biri esa shundan iboratki, u Qancha ko’p Qayta ishlansa, shunchalik o’zining birlamchi mahnosini yo’Qotadi.Bu hodisa, yahni informatsiyaning "filtrlanishi" vertikal kommunikatsiyalarda ko’p uchraydi va bir boshQarish poG’onasidan ikkinchi poG’onaga o’tgani sayin informatsiya o’z mazmunini o’zgartira boradi.Bu esa tashkilot doirasida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiQaradi.
Tashkilot doirasida yoki tashQi muhitda shakllangan informatsiyani o’z vaQtida, "mish-mishlar" tarQalmasdan ilgari zaruriy joylarga yetkazishlik tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |