4.1.2-rasm. Boshqaruvning avtoritar uslubi27 Boshqaruvning aloqadorlik uslubi qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki bilan ajralib turadi. Bunda quyidagi holatlarni farqlash muhim:
kommunikatsiya uslubi. Menejer o‘z qarorini qabul qilinganini aytishga qiynaladi va shuning uchun xodimlarga ma’lum qilgandan keyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar berishi, o‘z fikrini bildirishi mumkin, biroq farmoyishlarga rioya qilishlari kerak;
maslahat uslubi. Menejer qarorlarni faqat batafsil axborot va baxslashuvdan so‘nggina qabul qiladi, shuningdek xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal yechimlari to‘g‘risida kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok etib, qabul qilingan qarorlarni bajaradilar;
qo‘shma qarorli boshqarish uslubi. Bunda menejer muammoni o‘rtaga qo‘yadi va uni hal qilish uchun cheklangan shart-sharoitlarni o‘rnatadi, xodimlar kelishilgan chegaralarda o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida mustaqil qaror chiqaradilar, menejer ruxsat beradi, lekin veto (ta’qiqlash) huquqini saqlab qoladi;
avtonom uslubi. Menejer hal qilish jarayonida o‘z zimmasiga moderator (ya’ni o‘zini chetga oluvchi) rolini oladi va yechimlarni jamlashga kiynaladi, xodimlar mustaqil chegaralar belgilanmagan holda, odatda ko‘pchilik bilan qaror qabul qiladilar.
Boshqaruv vositalari: Sizning kurash reestringiz. Siz vaziyatlar va insonlarni qanday boshqarishni bilib, sizni boshqarishga urinib, sizga qarshi ishlatilayotgan harakatlarni oson bilib olasiz. Bu harakatlarni bilish muloqotni jonlantiradi, qarshilik ko‘rsatishga o‘zgacha tus beradi, hal qilinayotgan tortishuv yanada yuqori darajada amalga oshadi.
Endi savollarga murojaat qilamiz. Vaziyatni boshqarish imkoniyatiga qanday omillar ta’sir etadi? Ularning qaysi birlaridan foydalanish mumkin? Qaysi omillarni hisobga olish zarur, aks holda ular
Sizni o‘z tub qiziqishlaringizdan ayrim harakat qilishga majbur qilishi mumkin? Boshqacha aytganda: Boshqaruv mexanizmi nima?
Boshqaruv mexanizmiga o‘zining muhim kategoriyalari va maxsus taktikasi xos. Boshqaruv mexanizmi kategoriyalari shartli ravishda to‘rt turga bo‘linadi: fizik, emotsional, ijtimoiy va aralash.