Joylashuvning ta’siri Xulq-atvorning qanday namoyon bo‘lishiga “Bu yerda men o‘z uyimdaman. Bu mening makonim” deb his qilish ham ta’sir etadi. O‘zingizga ishonch, Sizga tanish bo‘lgan ba’zi joylarda his qiladigan xotirjamlikni, agar Siz bu hissiyotni istagingizga ko‘ra uyg‘ota olsangiz
- har qachon va har qanday joyda xotirjam bo‘lishingizga yordam beradi.
Muloqot turini tanlash Ko‘pincha Sizda muloqot turini tanlash imkoniyati mavjud: masalan, Siz telefonda yoki yuzma-yuz gaplashishingiz mumkin. O‘zingizga eng qulay va samaralisini tanlang.
Telefon boshlash uchun yaxshi - Siz suhbatdan oldin yozuvlarni tayyorlab, oldingizga qo‘yib qo‘yasiz.
Muvozanatning ko‘rinishi Sizning rakibingiz o‘z ustunligiga ishonadi. Sizga o‘z xukmini o‘tkazish mumkinligiga ishonib, uni o‘ziga kat’iy ishonch hissiyoti qamrab oladi. Siz uning fikrlarini o‘zingizga kerakli tomonga burishingiz mumkin va mantiqiy nihoyaga etgandan so‘ng, baxslashuvni uning o‘z so‘zlari bilan yakunlang, lekin bunda Sizga kerakli bo‘lgan narsalarni uqtirib turing.
Boshqaruvningijtimoiyvositalari. Ijtimoiy borlikning ba’zi haqiqatlari borki, ularning mohiyatini tushunib, o‘z foydangiz uchun ishlatishingiz mumkin. Bu kabi narsalarning insonlarning o‘zaro munosabatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini anglamasak, o‘zimiz bilmagan holda boshqaruv vositalari ta’siriga tushib qolishimiz mumkin. Boshqaruvning ijtimoiy vositalariga quyidagi kategoriyalarni kiritish mumkin.
Leksika. O‘z fikrimizni qanday so‘zlar bilan ifodalaymiz? Ishlatadigan so‘zlarimizga qarab, kishilarning qaysi toifasidanligimiz tez bilinadi. Bu – biz har doim “yuqori stilda” gaplashishimiz zarur degani emas so‘zlar vaziyatga to‘g‘ri kelishi kerak. “Mening go‘zal xonimim” myuziklida professor Xiggins shunday degan edi: Eliza Dulittl o‘z talaffuzi bilan “ko‘chaga mahkum qilingan”. Uning nutqi o‘zgardi – Eliza boshqa insonga aylandi.
To‘g‘ri, yaxshi tilda gapiring - o‘zingizga ishonchni, fikrlarni erkin ifodalash qobiliyatingizni namoyon qiling.
Jargon. Bu tilning alohida qismi, uning leksikasining bo‘linmasi. Har bir kasb, etnik guruh, bir yerlik kishilar shunday so‘zlar va iboralarga ega bo‘lib, ularni “o‘ziniki”lar orasida ishlatishi odatga aylangan. “O‘ziniki” bo‘lishni istaysizmi – shu guruhning, shu insonning jargonini (ommaviy tilini) o‘rganing, undan foydalanishga tayyorlaning. Agar bu juda qiyin, maxsus jargon bo‘lsa, Sizning bilimlaringiz suhbatdoshingiz uchun kutilmagan hol bo‘ladi, va bu Sizning yutug‘ingiz. Lekin ommaviy so‘zlarni me’yorida ishlating, oshirib yubormang. Jargon so‘zlari ko‘payib ketganini sezsangiz, iloji boricha tabiiylikni saqlang, chunki Sizni “soxta” deb tushunishlari mumkin. O‘zingizni bilimdon qilib ko‘rsatmang.