Oʻquvchilarning tabiat, jamiyat, iqtisodiyot haqidagi bilimlarini matematika yordamida tizimga solishni, tabiat va jamiyatdagi real jarayonlarni matematik modellar yordamida oʻrganishni oʻrgatishdan iborat. Talabalarni chiziqli algebra, chiziqli va chiziqsiz programmalashtirish, differentsial va integral hisob, differentsial va chekli ayirmali tenglamalarning hamda analitik geometriya asoslari; oʻzgaruvchi miqdorni, birinchi navbatda funksiyani tekshirishning fundamental usullari (tabiat qonunlari, texnika va iqtisodiyotning turli jarayonlari funksiya orqali ifodalanadi); funksiyani tekshirishning asosini tashkil etuvchi va cheksiz kichik miqdorlar tahliliga tayangan differentsial va integral hisob; tabiat qonunlarini, texnika va iqtisodiyot jarayonlari matematik modelini tuzishda nazariy fundamental ahamiyatga ega boʻlgan differentsial tenglamalar nazariyasining boshlangʻich tushunchalari bilan tanishtirish.
Matematik bilim va koʻnikmalarni mustaqil ravishda egallashi, undan amaliy faoliyatda foydalanishi hamda oʻzini oʻzi rivojlantirish.
Bilimlar
- matematikani iqtisodiyotdagi roli;
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikalarga oid sodda masalalarni yecha olishni bilish;
- masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llay olishni bilish;
- mantiqiy fikrlashga o‘rgatish;
iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratishga o‘rgatish;
- ko‘p tarmoqli iqtisod masalalarida matritsaviy tahlil qila olish;
- katta hajmdagi ma’lumotlar ombori (Big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olishni bilish;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratishga o‘rgatish;
Koʻnikmalar
- matematikani iqtisodiyotdagi rolini tasniflash;
- chiziqli algebra, analitik geometriya, matematik analiz, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikalarga oid sodda masalalarni yecha olish;
- masala turiga qarab unga mos bo‘lgan matematik usullarni qo‘llash;
- mantiqiy fikrlash;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yaratish;
- ko‘p tarmoqli iqtisod masalalarida matrisaviy tahlil qila olish;
- katta hajmdagi ma’lumotlar ombori (Big data) ni tahlil qilishda chiziqli algebra elementlaridan foydalana olish;
- iqtisodiy masalalarning matematik modelini yarata olish.