Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “-” avgustdagi 23-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Ichki kasalliklar asoslari va birinchi tibbiy yordam
Ajratilgan soat
90
Mavzular soni
13
Dasturning maqsadi
Ichki kasalliklar bilan og‘rigan bemorda mustaqil ravishda turli tekshiruvlarni o‘tkazish, kasalliklarning oldini olish choralarini, tashxis va davolash bilan bog‘liq bo‘lgan tibbiy muolajalarni bajarishni o‘rgatish
fanga oid bilimlarni tizimli umumlashtirish orqali kasalliklarni etiologiyasi, klinikasi, bemorlarni laborator va funksional tekshiruvlarga tayyorlash, tekshiruvlarni o‘tkazish, davolash to‘g‘risidagi nazariy bilimlarga ega bo‘ladilar;
nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etgan holda bemorning umumiy holatini baholab, ichki kasalliklarning asosiy xususiyatlarini bilib, kasalxonaga qadar barcha shoshilinch va tez yordam choralarini amalga oshiradilar.