Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə132/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz,

  2. www.wikipedia.uz,

  3. www.Lexuz.uz.,

  4. https://minzdrav.uz.,

  5. www.med.uz.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI

OSHIRISH INSTITUTI
O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING


40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun
Xirurgiya va reanimasiya asoslari fanidan


O‘QUV DASTURI



Kvalifikasiya(lar) nomi:

1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti







O‘quv rejadagi tartib raqami:

2.2.4







Ajratilgan soat:

72

Toshkent – 2022
O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.



Tuzuvchi:





“1-Davolash ishi ” kafedrasi mudiri R.S.Azizova










Taqrizchilar:
B.I.Karimberdiyev




TTA ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokor o‘rinbosari





















1.O‘quv dasturi umumiy talablari



Dastur nomi

Xirurgiya va reanimasiya asoslari

Ajratilgan soat

72

Mavzular soni

17

Dasturning maqsadi

Xirurgik kasalliklar xususiyatlari, shoshilinch yordam berish, kasalliklarni davolash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni oldini olish, bemor va uning oila a’zolariga ruhiy yordam berish haqida nazariy bilimlarini takomillashtirish, nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari



  • Xirurgik kasalliklar, ularning sabablari, klinik belgilari, davolash, asoratlari, oldini olish haqida nazariy ma’lumotga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar;

  • og‘ir ahvoldagi bemorlarni jonlantirish, ularni parvarishlash haqida nazariy ma’lumotga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Bilim

  • xirurgiya fani haqida tushuncha: xirurgik davolash usullari, operasion davolash xususiyatlari;

  • xirurgik asboblarni nomlari, guruhlari, vazifasi va qo‘llanilishi;

  • xirurgik infeksiya haqida tushuncha;

  • aseptika va antiseptika asoslari;

  • sterilizasiya usullari;

  • shoshilinch va rejali operasiyaga tayyorlash xususiyatlari;

  • og‘riq va og‘riqsizlantirish haqida tushuncha, og‘riqsizlantirish turlari;

  • qon ketish tushunchasi, tasnifi, turlari, belgilari, asoratlari;

  • qon ketishini vaqtinchalik va uzil-kesil to‘xtatish usullari;

  • qonni tayyorlash va saqlash qoidalari;

  • qon quyish usullari,ularga ko‘rsatma va moneliklar;

  • OIV/OITS haqida tushuncha va tibbiyot hodimlarini OIV/OITSdan himoyalanish qoidalari;

  • xirurgik infeksiyani davolash va bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari, oldini olish chora-tadbirlar;

  • shikastlanish tushunchasi, turlari, klinikasi, davosi;

  • nafas a’zolari va ko‘krak qafasining xirurgik kasalliklari sabablari, tashxisoti, klinik belgilari, tekshirish usullari va bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari;

  • qon tomirlarining xirurgik kasalliklari;

  • o‘tkir qorin og‘rig‘i haqida tushuncha, sabablari, klinik belgilari, tashxisotini va tekshirish usullari, birinchi tibbiy yordam, bemorni kasalxonaga transportirovka qilish;

  • urologik kasalliklarni etiologiyasi, klinik belgilari, tekshirish usullari va bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari;

  • o‘smalar haqida tushuncha va turlari;

  • onkologik bemorlarni tekshirish va davolash usullari;

  • reanimasiya va intensiv terapiya tushunchasi; terminal holat sabablari, bosqichlari, klinik belgilari;

  • o‘tkir nafas yetishmovchiligining sabablari, belgilari;

  • patologik nafas turlari;

  • o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi sabablari va belgilari, klinik shakllari;

  • koma turlari, sabablari, darajalari. klinik manzarasi, intensiv terapiya;

  • zaharlanishda, suvga cho‘kishda, bo‘g‘ilishda reanimasiya va intensiv terapiya o‘tkazish;

  • me’daga og‘iz va burun orqali zond kiritish;

  • dezintoksikasion va infuzion terapiya o‘tkazish;

  • zaxarlanganda antidotlarni yuborish.

Ko‘nikma

  • xirurgiya bo‘limidagi asosiy tibbiy hujjatlarni to‘ldirish va yuritish;

  • eng zarur operasiyalar uchun asboblar to‘plamini yig‘ish;

  • xirurgik ishni tashkil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlarini qo‘llash;

  • bog‘lov materiallarini bichish, tayyorlash va bikslarga joylash;

  • bog‘lov materiallarini va xirurgik asboblarni sterilizasiyaga tayyorlash va sterillash;

  • operasiyadan oldin qo‘lni zamonaviy usulda yuqumsizlantirish;

  • steril kiyim, rezina qo‘lqop kiyish va steril stol tayyorlashni;

  • xirurgiyada infeksiya tushishining oldini olishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlarini qo‘llash;

  • asosiy antiseptik vositalarni qo‘llashni va ularga reseptlar yozish;

  • bemorni shoshilinch va rejali operasiyalarga tayyorlash;

  • tananing turli sohalariga bintli bog‘lamlarni har xil ko‘rinishlarda bog‘lash;

  • leykoplastirli, kleolli bog‘lamlarni qo‘llash;

  • elastik bint, to‘rsimon elastik bint, bandaj va suspenzoriylarni qo‘llash;

  • gips sifatini aniqlash, gipsli bint va longetalar tayyorlash, qo‘yish va yechish uchun kerakli asboblarni tayyorlash;

  • qon yo‘qotgan bemorlarni ahvolini baholash;

  • qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish usullari qo‘llash;;

  • ichki qon ketishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • qon guruhi, rezus faktor, qon quyish uchun individual va biologik moslik sinamalarini aniqlash;

  • qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni quyishda uchraydigan asoratlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • yiringli jarohatlarga ishlatilgan xirurgik asboblarni sterilizasiyaga tayyorlash va sterillash;

  • qoqsholga qarshi emlash;

  • transport shinalari yordamida immobilizasiya va transportirovka qilish;

  • turli xil shikastlarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • jarohatlarni birlamchi xirurgik tozalash uchun asboblar to‘plamini yig‘ish;

  • kuyganda, sovuq olganda va elektrdan shikastlanishda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni;

  • kalla-miya shikastlarida bemor holatini baholab, shifokorgacha birinchi yordam ko‘rsatishni.

  • ko‘krak qafasi va ko‘krak qafasi a’zolari shikastlarida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • qon tomirlarida xirurgik kasalliklari bilan operasiya bo‘lgan bemorlarni parvarish qilish;

  • qorin bo‘shlig‘i a’zolarining eng tipik operasiyalari uchun asboblar to‘plamini jamlash;

  • gastrostomali, kolostomali bemorlarni parvarish qilish;

  • o‘tkir buyrak sanchig‘i xurujida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;

  • kateter va sistostoma orqali qovuqni yuvish;

  • ko‘z qorachig‘ini yorug‘likka reaksiyasini aniqlash;

  • Bobrov apparati, sun’iy nafas berish apparatlarini ishga tayyorlash;

  • traxeostomiya, intubasiya uchun asboblar to‘plamini tayyorlash;

  • bemorni EKGga tayyorlash va EKG o‘tkazish;

  • elektrodefibrillyatorni ishga tayyorlash;

  • qon bosimi, puls, nafas olish tezligini o‘lchash.

  • SSVning amaldagi buyruqlari bilan tanishish.

  • internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash.

  • o‘quv trenajer xonasida amaliy ko‘nikmalarni texnika xvfsizligi qoidalariga rioya qilgan xolda mustaqil bajarish.

  • Zoom dasturi asosida axborot texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin