Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə133/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi

“Anatomiya, fiziologiya va patologiya”
“Farmakologiya va reseptura”
“Hamshiralik ishi asoslari”
“Ichki kasalliklar asoslari va birinchi tibbiy yordam”
“Bolalar kasalliklari asoslari va birinchi tibbiy yordam”

O‘qitishning tashkiliy shakli



N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq


2. O‘quv dasturi mazmuni





Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

nazariy

amaliy

1

Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari. Xirurgik ishni tashkil qilish.

Xirurgiya fani haqida tushuncha. Xirurgiyaning rivojlanish tarixi.
Xirurgik davolash xususiyatlari. Xirurgik muassasalarining tuzilishi. Jarroxlik ishini tashkil kilish. Xirurgik asboblarni nomlari, guruhlari, vazifasi va qo‘llanilishi. Oilaviy poliklinika, shikastlanish punkti, qishloq vrachlik punktlarida aholiga xirurgik yordam ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari asosida ish yuritish.
Xirurgik stasionar, xirurgik bo‘lim, operasion blok tuzilishi bilan tanishish. Tibbiy hujjatlar. Xirurgik asboblarni o‘rganish

6

2



4




2

Xirurgiyada infeksiya tushishini oldini olish.Aseptika va antiseptika.

Xirurgik infeksiyaning organizmga tushish va tarqalish yo‘llari. Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish chora tadbirlari. Aseptika. Sterilizasiya. Antiseptika. Xirurgik asboblarni sterilizasiyaga tayyorlash, sterilizasiya samaradorligini nazorat qilish. Asosiy antiseptik vositalar, ularni ta’siri va xirurgiyada qo‘llanilishi.
Sterilizasiya bo‘limi ishi bilan tanishuv. Shifoxonada hozirgi kunda qo‘llanilayotgan asosiy antiseptik vositalar, ularning ishlatilish usullari bilan tanishish va qo‘llash.
Operasiya xonasini tozalash usullari. Qo‘lni va operasiya maydonini yuqumsizlantirish usullari. Steril kiyim kiyish tartibi. Steril qo‘lqop kiyish tartibi. Steril stolni tayyorlash. Bog‘lov ashyolarini tayyorlash va bikslarga joylash usullarini o‘zlashtirish.

6

2

4

2

3

Xirurgik yo‘l bilan davolanayotgan bemorlarning xususiyatlari.Operasiyadan oldingi va operasiyadan keyingi davr.
Og‘riqsizlantirish.

Xirurgik operasiya haqida tushuncha. Operasiya turlari. Operasiyadan oldin hamshira jarayoni. Bemorni jismonan va ruhan operasiyaga tayyorlash. Bemorni shoshilinch va rejali operasiyaga tayyorlash. Bemor terisini, organ va sistemalarini operasiyaga tayyorlash. Operasiyadan keyin bemorni palataga ko‘chirib o‘tkazish. Operasiyadan keyin bemorni umumiy holatini va hayotiy ko‘rsatkichlarini (A/B, puls, nafas harakati) kuzatish.Operasiyadan keyingi davrdagi asoratlar va ularni oldini olish maqsadida bemorlarni kuzatish, parvarish qilish, reabilitasiya xususiyatlari.
Bemorlarni turli instrumental tekshiruvlarga tayyorlash: rentgenografiya, UTT, endoskopiya, rektomonoskopiya. Bemorlarni shoshilinch va rejali operasiyalarga tayyorlashda qatnashish: terini tuklardan tozalash, tozalovchi huqna, premedikasiya o‘tkazish. Operasiya vaqtida hamshira parvarishi. Narkoz berishda va narkozdan uyg‘onishda hamshira parvarishi. Bemorni operasiya xonasiga va operasiya xonasidan palataga ko‘chirib o‘tkazish. Bemor o‘rnini tayyorlash. Operasiyadan keyin bemorlarni parvarish qilish. Bog‘lamlarni yangilashda, drenajlarni yuvishda, bemorni ovqatlantirishda ishtirok etish.
Og‘riq va og‘riqsizlantirish haqida tushuncha. Narkoz turlari va bosqichlari. Asosiy narkotik preparatlar va ularning xossalari. Bemorni narkozga tayyorlash. Premedikasiya va uning ahamiyati. Narkoz vaqtida va undan keyin ro‘y beradigan asoratlar, ularni oldini olish va davolash. Narkoz berish uchun ko‘rsatma va mone’liklar. Mahalliy anesteziya va turlari. Mahalliy anesteziya uchun ishlatiladigan preparatlar. Narkoz varaqasini yuritish qoidalari.

4

2

4

4

4

Desmurgiya

Desmurgiya haqida tushuncha. Bog‘lamlarning turlari. Bog‘lam qo‘yish qoidalari. Tananing turli sohalariga bintli bog‘lam qo‘yishni o‘rganish. Elastik bint, to‘rsimon elastik bint, bandaj va suspenzoriylarni qo‘llash. Durrachali bog‘lam va materiallardan foydalanib bog‘lam qo‘yishni o‘rganish.Qattiq bog‘lamlarning turlari. Gips sifatini aniqlash. Gipsli bint va longetalar tayyorlash. Gipsli bog‘lam qo‘yish va yechishda ishtirok etish.
Desmurgiya haqida tushuncha. Bog‘lamlarning turlari. Bog‘lam qo‘yish qoidalari. Tananing turli sohalariga bintli bog‘lam qo‘yishni o‘rganish. Elastik bint, to‘rsimon elastik bint, bandaj va suspenzoriylarni qo‘llash. Durrachali bog‘lam va materiallardan foydalanib bog‘lam qo‘yishni o‘rganish.Qattiq bog‘lamlarning turlari. Gips sifatini aniqlash. Gipsli bint va longetalar tayyorlash. Gipsli bog‘lam qo‘yish va yechishda ishtirok etish.

4




8

2

5

Qon ketayotgan bemorlarga xirurgik yordam berish. Infuziya va transfuziya



Qon ketish tushunchasi ,tasnifi, qon ketish turlari, belgilari, darajalari. Turli etiologiyali qon ketishlarda hamshira tashxisi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, davolash va parvarish qilish xususiyatlari. Qon ketishida uchraydigan asoratlar va ularni oldini olish. Asosiy qon to‘xtatuvchi vositalar.
Qon ketishida uchraydigan asoratlarda bemor holatiga baho berib, parvarish qilish. Qon ketishini vaqtinchalik to‘xtatish usullarini o‘rganish va uzil-kesil to‘xtatish usullarida ishtirok etish. Infuziya va transfuziya haqida tushuncha. O‘zbekistonda qon quyish xizmati va donorlikning tashkil etilishi. Qon guruhi va rezus-faktor haqida tushuncha. Ularni aniqlash usullari. Qon quyishga ko‘rsatma va moneliklar. Qon quyish usullari va metodlari. Bemorni qon quyishga tayyorlash. Bemorga qon quygandan keyin hamshira parvarishi. Veneseksiya va venepunksiya. Qon preparatlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar. Qon quyishda uchraydigan xatoliklar, asoratlar va ularni oldini olish. Qon preparatlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar .OIV/OITS haqida tushuncha va tibbiyot hodimlarini OIV/OITSdan himoyalanishi.
Qon guruhlari va rezus-faktorni aniqlashda ishtirok etish va uni kasallik tarixiga rasmiylashtirish. Bemorni qon quyishga tayyorlash. Individual, rezus, biologik moslik sinamalarini aniqlashda ishtirok etish. Qon quyish tartibi va bemorni kuzatish. Quyilgan qonni rasmiylashtirish. Qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklarni quyishda qatnashish. Qon quyish asoratlari va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar reaksiyasida birinchi tibbiy yordam, bemorlarni parvarish qilish

4

2

8

2

6

Yiringli yallig‘lanish kasalliklari

Xirurgik infeksiya haqida tushuncha. O‘tkir va surunkali infeksiya. Mahalliy yiringli xirurgik infeksiya kasalliklari etiologiyasi, klinikasi, davolash xususiyatlari, bemorlarni parvarish qilish, profilaktikasi. Umumiy yiringli infeksiya. Sepsis. O‘tkir anaerob infeksiya: qoqshol, gazli gangrena qo‘zg‘atuvchilari, klinikasi, davolash xususiyatlari, profilaktikasi. Osteomiyelit sabablari, klinik belgilari, davosi. Nospesifik va spesifik infeksiya tushunchasi. Surunkali spesifik xirurgik infeksiyani davolash va bemorlarni parvarishlash xususiyatlari.
O‘tkir va surunkali xirurgik yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni namoyish qilish, taxlil qilish. Mahalliy yiringli o‘choqlarni kesib ochish operasiyalarida qatnashish, jarohatini bog‘lashda qatnashish. Drenaj orqali chuqur jarohat va bo‘shliqlarni yuvish, mikroirrigator orqali dori yuborish, jarohatni g‘ovak tamponada qilish, drenajli bemorlarni parvarishlash. Qoqshol va gazli gangrenaga qarshi emlash texnikasini o‘zlashtirish, bemorlarni parvarish qilish. Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari asosida kasalxona ichi infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.

4

2

4

2

7

Tayanch- harakat apparatining xirurgik kasalliklari

Tayanch-harakat apparatining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Shikastlar haqida tushuncha. Shikastlar tasnifi. Klinik belgilari. Tekshirish va davolash usullari. Yumshoq to‘qima shikastlari. Suyaklar sinishi. Suyaklar chiqishi. Mahalliy belgilari. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish xususiyatlari. Davosi. Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. Kalla-miya shikastlari klinik belgilari, birinchi yordam, davolash va parvarishlash xususiyatlari. Umurtqa, tos suyaklari shikastlari. Klinik belgilari, birinchi yordam, transportirovka qilish, davolash va parvarishlash xususiyatlari.
Jarohatlar haqida tushuncha, turlari, belgilari, davosi, bitishi. Qoqshol, gazli gangrena, quturish kasalliklarini oldini olish.
Kuyish. Sovuq olish. Elektrotravma. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, transportirovka qilish, davolash, bemorlarni parvarish qilish.
Yumshoq to‘qimalar shikastlarida birinchi yordam ko‘rsatish. Jarohatlarni birlamchi xirurgik tozalash uchun asboblar to‘plamini yig‘ish. Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berishda ishtirok etish. Suyak chiqishi va sinishlarida birinchi yordam ko‘rsatish. Transport immobilizasiyasi. Shifokorga suyak siniqlarini joyiga solishda (reppozisiya), sinishni davolash uchun skeletdan tortib qo‘yishda yordam berish. Skeletdan tortib qo‘yish uchun, kalla trepanasiyasi uchun, lyumbal punksiya uchun, oyoq-qo‘l amputasiyasi uchun asboblar to‘plamini yig‘ish. Kuyish, sovuq olish va elektr shikastlarida birinchi yordam ko‘rsatish. Kuyish maydonini o‘lchash. Shikastlangan bemorlarni (kuygan, gipsli bog‘lamli, Ilizarov apparati qo‘yilgan, skeletdan tortilgan) parvarishlash xususiyatlari.
Qoqshol va quturishga qarshi emlash.

4

2

8

2

8

Nafas a’zolari, ko‘krak qafasining xirurgik kasalliklari

Nafas a’zolarini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Ko‘krak qafasining lat yeyishi, o‘mrov suyagi, qovurg‘alar sinishi, gemotoraks, pnevmotoraks, turlari, klinik belgilari, davosi, bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari.
Mavzuga oid bemorlarni namoyish qilish. Nafas a’zolari va ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarni parvarish qilish. Bemorlarni holatini baholash. Nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklash. Plevra bo‘shlig‘ini drenajlashda ishtirok etish. Plevra bo‘shlig‘iga drenaj qo‘yilgan va traxyeostomik naycha qo‘yilgan bemorlarni parvarish qilish.



4

2

4

2

9

Bosh miyaning shikastlarida va miyaga qon quyilishi

Kalla-miya shikastlari: bosh miyaning chayqalishi, lat yeyishi, bosilishi. Klinik belgilari. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Bemorlarni transportirovka qilish xususiyatlari. Davolash. Parvarish qilish xususiyatlari.
Kalla-miya shikastlarida va miyaga qon quyilgan bemorlarda hamshiralik parvarishi tartibi. Bemorni transportirovka qilish, ovqatlantirish, kiyim oqliklarini almashtirish. Harakat faoliyatini, nutqini mashq qildirish. Yotoq yaralarni oldini olish, parvarish qilish.

4

2

4

2

10

Qon tomirlarning xirurgik kasalliklari

Yurak va qon-tomirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlari. Obliterasiyalovchi endoarterit, obliterasiyalovchi ateroskleroz, tromboflebit va venalarning varikoz kengayishi. Kelib chiqish sabablari. Klinik belgilari, diagnostikasi. Davolash usullari. Hamshira tashxisi. Asoratlari. Bemorlarni parvarish qilish.
Tromboz va emboliyalar haqida tushuncha. Trofik o‘zgarishlar. Quruq va nam gangrena.
Angiografiya tekshiruvi haqida tushuncha berish. Bemorlarni angiagrafik tekshiruvdan o‘tqazish. Elastik bint va elastik paypoqlarni qo‘llash. Trofik yarali bemorlarni parvarish qilish. Endoarterit va varikozli bemorlarni operasiyadan oldin va operasiyadan keyin parvarish qilish. Bemor jarohatini bog‘lashda ishtirok etish.

4

2

4

2

11

Ovqat hazm qilish a’zolarining xirurgik kasalliklari

Ovqat hazm qilish a’zolarini anatomo-fiziologik xususiyatlari. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ochiq va yopiq shikastlari, klinik belgilari, birinchi tibbiy yordam, kasalxonaga transportirovka qilish.
Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari, appendisit, xolesistit, peritonit Klinik belgilari, differensial diagnostikasi, davosi. Bemorni shoshilinch operasiyaga tayyorlash.
O‘tkir ichak tutilishi. Mezenterial tomirlar trombozi. Meda va 12-barmoq ichak yarasining asoratlari. O‘tkir qorin og‘rig‘i bilan kasallangan bemorlarni parvarish qilish va ovqatlantirish xususiyatlari.
To‘g‘ri ichak kasalliklari. Bavosil(gemorroy).Paraproktit.Anal teshigi yoriqlari.
Bemorlarni operasiyaga tayyorlashda ishtirok etish. Appendektomiya, laporotomiya operasiyalari uchun asboblar to‘plamini yig‘ish. Operasiyadan keyingi jarohatdagi bog‘lamlarni yangilashda ishtirok etish. Drenaj, mikroirrigator, gastrostoma, kolostoma qo‘yilgan bemorlarni parvarish qilish. Bemorlarni nazogastral va parenteral ovqatlantirish.

4

2

4

2

12

Buyrak va siydik yo‘llarining xirurgik kasalliklari

Buyrak va siydik yo‘llarining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Siydik ajratish a’zolarini laborator tekshirish usullari. Buyrak kasalliklari: shikastlari, buyrak-tosh kasalligi, gidronefroz, pionefroz.
Prostata bezi adenomasi. Klinik belgilari. Tashxislash. O‘tkir siydik tutilishida birinchi tibbiy yordam. Davosi. Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. Fimoz. Parafimoz. Balanopostit. Sistit. Sabablari, klinik belgilari, davosi. Bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari, kasallikni oldini olish.
Urologik bemorlarni instrumental tekshiruvlarga tayyorlash va ishtirok etish. Qovuqni yuvish, kateterizasiya qilish, qovuq punksiyasida va sistostoma qo‘yishda ishtirok etish. Nefrostoma va sistostoma qo‘yilgan bemorlarni parvarish qilish.

4

2

4

2

13

O‘smalar

O‘smalar. Havfli va havfsiz o‘smalar haqida tushuncha. Onkologik bemorlarni tekshiruvga tayyorlash. Dispanser nazoratiga olish. Onkologik bemorlarni davolash tamoyillari. Onkologik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. Tibbiyot xodimi deontologiyasi.
Har xil o‘smalari bor bemorlarni namoyish qilish va tahlil etish. Operasiyalarda va bog‘lam almashtirishda ishtirok etish. Havfli o‘smalarni aniqlash maqsadida har xil tekshiruvlarda qatnashish. Onkologik bemorlarni davolashda ishtirok etish va parvarish qilish xususiyatlarini o‘rganish.

4

2

4







Reanimasiya asoslari
















14

Reanimasiya va intensiv terapiya xaqida tushuncha.Reanimasiya bo‘limining tarkibi va vazifalari.Terminal holatlar.

Reanimasiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Reanimasiya bo‘limining tarkibi va vazifalari.
Intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlarni jismoniy va ruhiy holati. Intensiv kuzatuv apparatlaridan foydalangan holda bemorlarni nazorat qilish. Terminal holat sabablari, bosqichlari, klinik belgilari.
O‘pka–yurak reanimasiyasi. Defibrillyasiya.
Intensiv davolash va reanimasiya bo‘limi ishi bilan tanishish. Bemorlarning qon bosimi, pulsi, nafas soni, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka reaksiyasi va boshqa ko‘rsatkichlarini kuzatish. Havo o‘tkazgichlardan foydalanish. Hujjatlarni yuritish.



4

2

4

2

15

O‘tkir nafas yetishmovchiligida reanimasiya va intensiv terapiya
O‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligida reanimasiya va intensiv terapiya

O‘tkir nafas yetishmovchiligi haqida tushuncha. O‘tkir nafas yetishmovchiligi sabablari, klinikasi. Patologik nafas turlari. Gipoksiya, giperkapniya, dipnoe, apnoe, bradipnoe, taxipnoe holatlarida intensiv terapiya. Astmatik holat va unda intensiv terapiya. Traxeostomiyaga ko‘rsatmalar. Oksigenoterapiya. O‘pkaga sun’iy nafas berish apparatini ish xavfsizligiga rioya qilish.
Sun’iy nafas oldiruvchi tibbiy ash’yolarni tayyorlab, mulyajda qo‘llash. Traxeya intubasiyasiga ko‘rsatma va intubasiya uchun asboblar to‘plamini tayyorlash. Sun’iy nafas berish apparatlarini ishchi holatiga keltirish, germetikligini tekshirish.Sun’iy o‘pka ventilyasiyasi apparatiga ulangan bemorlarni parvarish qilish. Ishlatilgan asboblarni zararsizlantirish va sterillashga tayyorlash.
O‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi sabablar. Miokard infarkti. Yurak astmasi. O‘pka shishi. Aritmiyalar. O‘tkir yurak yetishmovchiligida qo‘llaniladigan reanimasiya va intensiv terapiya. Defibrillyasiya haqida tushuncha.
Mavzu bo‘yicha bemorlarni namoyish qilish va tahlil etish. EKG tahlili. Bemorlar holatini kardiomonitorda kuzatish. O‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligida reanimasiya va intensiv terapiya choralari. Defibrillyatorni ishga tayyorlash. Yurak to‘xtaganda reanimasiya.

4

2

8

2

16

Shok holatlarida reanimasiya va intensiv terapiya Koma holatlarida reanimasiya va intensiv terapiya

Shok haqida tushuncha. Shok turlari (travmatik, gemorragik, gemotransfuzion, kuyish, kardiogen, anafilaktik, septik). Shok sabablariga ko‘ra klinik manzarasi. Turli etiologiyali shoklarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam, reanimasiya va intensiv terapiya xususiyatlari. Shokka tushgan bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari.
Shok holatidagi bemorlarni namoyish qilish va tahlil etish. Gemodinamik kuzatuv o‘tkazish va qayd etish. Shok holatlarida intensiv terapiya o‘tkazishda qatnashish. Bemorlarni parvarishlash. Koma haqida tushuncha. Turlari (jigar, uremik, gipoglikemik, giperglikemik). Sabablariga ko‘ra klinik manzarasi. Turli etiologiyali komalarni laborator diagnostikasi. Ularda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam, reanimasiya va intensiv terapiya xususiyatlari. Nafas olishning buzilishi. Koma xolatiga tushgan bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari.
Koma holatidagi bemorlarni namoyish etish. Gemodinamik kuzatuv o‘tkazish va qayd etish. Koma holatlarida intensiv terapiya o‘tkazishda qatnashish. Ajratilgan peshob miqdorini o‘lchash. Bioximik tekshirish uchun qon olish texnikasini o‘zlashtirish. Bemorlarni parvarish qilish

4

2

8

2

17

O‘tkir zaharlanish, suvga cho‘kish, bo‘g‘ilish va boshqa shoshilinch holatlarda reanimasiya va intensiv terapiya.

Zaharlanish haqida tushuncha. O‘tkir ekzogen zaharlanish sabablari va turlari. Zaharlanish natijasida organizmda kelib chiqadigan patologik holatlar. Cho‘kish, bo‘g‘ilish va zaharlanishlarda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam va reanimasiya tadbirlari. Intensiv davolash xususiyatlari, infuzion terapiya, dezintoksikasiya, gemodializ, peritonial dializ, jadallashtirilgan diurez.
Zaharni organizmdan zudlik bilan chiqarish usullarini o‘rganish va mashq qilish. Me’dani yuvish. Tozalovchi va sifonli xuqnalarni o‘tkazish. Antidotlarni yuborish. Gemodinamik varaqani to‘ldirish. Bemorlarni parvarish qilish.

4

2

4

4


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin