Mavzuning nomi
|
Mavzuning qisqacha mazmuni
|
Jami
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
Mustaqil ta’lim
|
Nazariy
|
Amaliy
|
1
|
“Klinik laboratoriya tekshirish usullari” fanining rivojlanish tarixi. Dezinfeksiyalovchi eritmalar tayyorlash.
|
Bu fanning “Biokimyo va biokimyo tekshirish usullari”, “Laboratoriya ishi texnikasi”, “Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari”va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Klinik laboratoriya tekshirish usullari fani rivojiga hissa qo‘shgan olimlar. Klinik laboratoriyaning diagnostikadagi ahamiyati,
Klinik laboratoriyada texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda ish joyini jihozlash va ishlash. Dezinfeksiyalovchi eritmalar tayyorlash. Ish tugagach ish joyini, ishlatilgan biomateriallarni zararsizlantirish.
|
16
|
2
|
4
|
10
|
2
|
Siydik hosil bo‘lishi va uni klinik tekshirish.
|
Me’yordagi siydik tarkibi va uni kasalliklarda o‘zgarishi. Buyrakning o‘tkir kasalliklarini klinik tekshirishning ahamiyati. Siydik cho‘kmalari. Buyrakni funksional holatini tekshirishning ahamiyati.
Bemorlardan yig‘ilgan siydikni qabul qilib olish, belgi qo‘yish, jurnalga qayd qilish,tahlil varaqasiga yozish. Siydikning fizik va kimyoviy xossalarini tekshirish. Buyrakning ish faoliyatini tekshirish.Siydik cho‘kmalarini mikroskop ostida tekshirish.
|
16
|
4
|
12
|
6
|
3
|
Me’da-ichak kasalliklari va uni klinik tekshirish.
|
Me’da-ichak suyuqligi tarkibini o‘zgarishi va uni klinik tekshirishning diagnostik ahamiyati. Me’yoriy najasning tarkibi, umumiy xossalari. Najasdagi yashirin qonni tekshirishda bemorni tayyorlashning ahamiyati. Najas tarkibini mikroskopik tekshirishning diagnostik ahamiyati. Gelmint turlari.
Me’da shirasini fizik–kimyoviy tekshirish. Me’da suyuqligini mikroskopda tekshirishga tayyorlash. Najasni fizik va kimyoviy xossalarini tekshirish. Najasni mikroskopik tekshirishga tayyorlash, gijja tuxumlarini topish.
|
8
|
4
|
4
|
10
|
4
|
Qonning organizmda hosil bo‘lishi. Qon kasalliklari.
Umumiy, qo‘shimcha va maxsus analizlarga tekshirish.
|
Qon hosil bo‘lishi, tarkibi, vazifasi, qon hujayralarining umumiy ta’rifi. Shaklli elementlarning fiziologik ahamiyati. Qon tarkibining me’yoriy ko‘rsatkichlari va kasalliklarda o‘zgarishi. Qon kasalliklari. Har xil turdagi kamqonlikda, leykozda qon manzarasini slaydlardan ko‘rsatish. Qon guruhi va rezus–faktorni aniqlashning tibbiyotdagi ahamiyati. Qonni bezgak va qizil yuguruk, OITV va TORCh infeksiyaga tekshirishning diagnostik ahamiyati.
Laborantning ish joyini jihozlash. Ishlatilgan biomateriallar va asboblarni zararsizlantirish. Barmoqdan qon olish texnikasi. Qonning umumiy tahlilga tekshirish. Qondan surtma tayyorlash, fiksasiya qilish va bo‘yash. Qonni qo‘shimcha tahlillarga tekshirish usullari. Qon guruhi va rezus–faktorni aniqlash. Qonni qizil yugurik, bezgak va TORCh infeksiyaga tekshirish uchun tayyorlash.
|
20
|
10
|
20
|
10
|
5
|
Orqa miya suyuqligining fiziologik ahamiyati, kasalliklarda o‘zgarish sabablari. Orqa miya suyuqligini klinik tekshirish.
|
Orqa miya suyuqligining fiziologik ahamiyati, kasalliklarda o‘zgarish sabablari. Orqa miya suyuqligini tekshirish uchun olish va tekshirishning diagnostik ahamiyati.
Orqa miya suyuqligining fizik xossalarini tekshirish. Fibrin pardasini aniqlash. Orqa miya suyuqligining kimyoviy xossalarini tekshirish. Orqa miya suyuqligi tarkibini o‘rganish uchun preparat tayyorlash.
|
6
|
2
|
4
|
4
|
6
|
Seroz bo‘shliqlarida suyuqliklarning paydo bo‘lish sabablari va ularning tasnifi.
Seroz suyuqliklarini klinik tekshirish.
|
Seroz bo‘shliqlarida suyuqliklarning paydo bo‘lish sabablari, ularning tasnifi, umumiy xossalari va ularning tarkibi. Ekssudat va transsudatni bir–biridan farqi.
Seroz suyuqligining fizikaviy va kimyoviy xossalarini tekshirish. Ekssudat va transsudatlarni bir–biridan farqlash reaksiyalarini qo‘yish. Mikroskopik tekshirish uchun surtma tayyorlash va bo‘yash.
|
10
|
2
|
4
|
4
|
7
|
Balg‘am hosil bo‘lishi va uning tarkibi. Balg‘amni klinik tekshirish.
|
Balg‘am hosil bo‘lishi. Nafas yo‘llari va a’zolari kasalliklarida balg‘amning ko‘rinishi va tarkibi. Balg‘amni tekshirishning diagnostik ahamiyati.
Balg‘amni fizikaviy xususiyatlarini tekshirish. Balg‘am mikroskopik tekshirish uchun preparat tayyorlash. Balg‘am tarkibidagi sil mikobakteriyalarini aniqlash. Tekshirilgan biomaterial va ishlatilgan idishlarni zararsizlantirish.
|
16
|
2
|
4
|
4
|
8
|
Teri kasalliklarining tasnifi.
Teri kasalliklarini klinik tekshirish.
|
Zamburug‘ kasalliklari turlari, rivojlanishi, yuqish yo‘llari, klinik belgilari. Zamburug‘ kasalliklarini aniqlashda va tashxis qo‘yishda klinik tekshirishning diagnostik ahamiyati.
Teri kasalliklarida keltirilgan biomaterialdan preparat tayyorlash. Tekshirilgan biomateriallar va ishlatilgan idishlarni zararsizlantirish.
|
16
|
2
|
4
|
4
|
9
|
Tanosil kasalliklari.
Jinsiy a’zo ajratmalarini klinik tekshirish.
|
Tanosil kasalliklari. Kasallikni oldini olish uchun olib boriladigan chora tadbirlar. Qinning tozalik darajasi va uning tarkibi. Jinsiy a’zo ajratmalarini tekshirishning diagnostik ahamiyati.
Qin ajratmasidan tayyorlangan preparatni qabul qilish, ro‘yxatga olish, bo‘yash usullari. Qorong‘ilashgan maydonda rangsiz spiroxetani topish uchun preparat tayyorlash. Mikroskopni ishga tayyorlash. Urug‘ suyuqligini tekshirish uchun nativ, surtma preparat tayyorlash, fiksasiya qilish, bo‘yash usullari.
|
16
|
2
|
4
|
10
|
|
|