O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi
“Klinik laboratoriya tekshirish usullari” fani dasturni amalga oshirishda o‘quv rejasida ko‘rsatilgan “Biokimyo va biokimyo tekshirish usullari”,“Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari”, “Laboratoriya ishi texnikasi”, “Gistologiya va gistologik tekshirish usullari”, “Analitik kimyo”, “Yuqumli kasalliklar” kabi barcha umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘zlashtirishda zamin bo‘lib xizmat qiladi. Dasturni amalga oshirishda fan o‘quv rejasida ko‘rsatilgan “Anatomiya, fiziologiya va patologiya”, “Biokimyo va biokimyo tekshirish usullari”, “Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari”, “Laboratoriya ishi texnikasi” fanlari bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi ta’minlangan.
O‘qitishning tashkiliy shakli
N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.
Dasturga qo‘yilgan talab
Majburiy
O‘qitish tili
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
Baholash tartibi
Joriy baholash tartibiga asoslanib
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq