Ii-bob "ilk qadam" dasturi mazmuni va mohiyati



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə1/7
tarix17.05.2023
ölçüsü173,5 Kb.
#115495
  1   2   3   4   5   6   7
Bolalar psixologiyasi sohasi Ilk qadam dasturi doirasida




MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB BOLALAR PSIXOLOGIYASINING UMUMIY MASALALARI
1.1 Bolalar psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
1.2 Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
1.3 Bolalar psixologiyasi fanining metodlari.
II-BOB “ILK QADAM” DASTURI MAZMUNI VA MOHIYATI
2.1 Ilk qadam dasturi haqida qisqacha tushuncha
2.2“Ilk qadam” dasturi orqali Bolalar psixologiyasi ishlarini rejalashtirish mazmuni.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo’lgan davirdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va pisxologlar, ota onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Anashu vaziflarni amalyotda o’z ifodasini toptirishda bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi fani muhum ro’l o’ynaydi.
Bolalar psixologiyasi- psixologiya fanining alohida tarmog’i bo’lib, u tirli yosh davrlarida bola psixik taraqqiyotining qonunyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichdan boshqasiga o’tish qonunyatlarini o’rganadi.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy e’tibori tug’ulgandan yetuklik davrigacha inson psixikasi va ongining qanday rivojlanishiga qaratilgan.
D.B.Elkonin ta’kidlaganidek,bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib,olamni aks ettirish qobilyati go’daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jarayoning o’ziga xos xususyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.
Bola rivojlanishning turli tomonlarini har xil fanlar- anatomiya, fizalogiya, oliy nerv faoliyati fizalogiyasi, gigena, enigrafiya va boshqalar o’rganadi. Tugi’lgandan yetuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o’rganish esa psixologik bilimlarning maxsus sohasi-bolalar psixologiyasining zimmasidadir.Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.
L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o’zgarib borgan. Bugungi kunda bolalar psixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davirlari, bir yosh davridan boshqasiga o’tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalarning qanchalik to’g’ri rivojlanayotgani va faoliyat ko’rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo’lsa, uni nimaning hisobiga kopensatsiyalash mumkinligini o’rganadi.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi ko’zatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishning tobora chuqurroq o’ganish natijasida ro’y bermoqda
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoryalari ya’ni tushunchalari qatoriga quydagilar kiradi: “yosh “ “bolalik”, “taraqqiyot”, “o’sish”, “determinism”, “geteroxronlik”, “tizimlilik”. Albatta, fanning kategoriyalari faqat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi. Asosiy kategoriyalar jumlasiga bo’lardan tashqari, “taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati”,“yetakchi faoliyat tipi” va boshaqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin. Bu tushunchalar psixologiya sohasidagi ilg’or tadqiqotlar natijasida shakillangan va fanga olib kirilgan. Bolalar psixologiyasi fanini o’rganish ma’lum ma’noda ushbu fanining kategoriyalarini o’zlashtirishdan iborat.Quyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida alohida to’htalib o’tamiz:
Bolalik – ontogenezining daslabgi davrini belgilash uchun {tug’ilgandan o’smirlikkacha bo’lgan davrni belgilash uchun } qo’llanadigan tushuncha. Yosh davrlarning an’anaviy tasnifga ko’ra bolalik- go’daklik {tug’ilgandan 1yoshgacha },ilk bolalik {1yoshdan 3yoshgacha}, maktabgacha yosh {3yoshdan 6-7yoshgacha} va kichik maktab yoshi {6-7 yoshdan 10-11yoshgacha} davrni o’z ichiga oladi. Bolalik jadal pisixik taraqiyot davridir.
Taraqqiyot –narsa yoki hodisalarning vaqt o’tishi bilan miqdor va sifat jihatdan o’zgarishi natijasida yuqoriroq dasrajaga ko’tarilish.
Psixika taraqqiyoti – tug’ulgandan boshlab yosh davrlari o’tishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik taraqqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirishi hamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.
Yosh- individ psixika taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bo’lgan bosqichi.


Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin