Internet manbalari: 1.Med.uz
2.www.med.ru
3.http:// medline.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari
O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.1.4
Ajratilgan soat:
120
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022yil “ -” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
2-Respublika tibbiyot kolleji “Mikrobiologiya va epidemiologiya asoslari” fani o‘qituvchisi
TRAS Medikal- laboratoriya mudiri. Tibbiyot fanlari doktori
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari
Ajratilgan soat
120
Mavzular soni
14
Dasturning maqsadi
«Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari» fani feldsher-laborant tayyorlashda asosiy maxsus fanlardan biri hisoblanib, keltirilgan namunalarni tekshirib tashhis qilishda shifokor-laborantga yordam berish uchun o‘quvchining nazariy va amaliy bilimini shakllantirish, mustaqil, ijodiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajara olish qobiliyatini o‘stirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Inson xayoti faoliyatining turli yoshlar davrlarida asosiy qonuniyatlari, odam organizmidagi fiziologik va patologik jarayonlar to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘ladi.
Infeksion havfsizlikni ta’minlash (sanitar-gigiyenik va epidemiyaga qarshi tartib, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish) haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
Feldsher-laborantlik ishi faoliyati doirasida biomateriallarni tekshirishni o‘z vaqtida sifatli amalga oshira oladi.
Yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish uchun ish joyini talab darajasida ta’minlaydi va
o‘rnatilgan tartibda tibbiy hujjatlarni yurita oladi.
Bilim
Mikrobiologiya fani va uning vazifalari.
Umumiy mikrobiologiya.
Mikroorganizmlarning morfologiyasi, fiziologiyasi va kimyoviy tarkibi, ultrastrukturasi.
Mikroorganizmlar ajratadigan moddalar.
Mikroorganizmlar genetikasi.
Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siri.
Mikroorganizmlarni tabiatda tarqalishi.
Spiroxeta va rikketsiyalarga umumiy xarakteristika.
Viruslarga umumiy xarakteristika.
Bakteriofaglar, tibbiyotda fagni qo‘llanishi.
Antibiotiklar, yuqumli kasalliklarning kimyoterapiyasi va kimyoprofilaktikasi.
Infeksiya xaqida tushuncha. Immunitet xaqida tushuncha .
Yuqumli kasalliklarning maxsus immunoprofilaktikasi va immunoterapiyasi.
Allergiya va anafilaksiya.
Ko‘nikma
bakteriologik laboratoriya tuzilishi va jixozlari bilan ishlash;
mikrob kulturasidan surtma tayyorlash, fiksasiya qilish;
surtma preparatni oddiy usullarda bo‘yash;
mikroskop bilan ishlash;
zararli materiallarni zararsizlantirish;
qo‘l va ish joyini dezinfeksiya qilish;
sterilizasiya asboblarida ishlash;
1 milliard mikrob kulturasini tayyorlash;
sof kulturani antibiotiklarga sezgirligini disklar yordamida aniqlash;
dori preparatlarini sterillikka tekshirish va natijani o‘qish.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining amaldagi buyruqlari bilan tanishish;
internetdagi yangi ma’lumotlar asosida mavzular bo‘yicha referat va ma’ruzalar tayyorlash;
o‘quv laboratoriya xonasida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amaliy ko‘nikmalarni bajarish;
ZOOM dasturi asosida axborat texnologiyalaridan foydalanib, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish.