Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə106/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi

“Kasbiy faoliyatning huquqiy asoslari”
“Jamiyat sog‘liqni saqlash va tibbiy statistika”
“Yuqumli kasalliklar”
“Mikrobiologiya va mikrobiologik tekshirish usullari”

O‘qitishning tashkiliy shakli



N –nazariy ta’lim;
A –amaliy ta’lim;
NA –birgalikda tashkil etilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar;
MX –maxsus xonalarda mashg‘ulot.

Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma,og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq



2. O‘quv dasturi mazmuni



Mavzuning nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni



Jami

O‘qitishni tashkiliy shakli

Mustaqil ta’lim

Nazariy

Amaliy

1

Gigiyena va sanitariya gigiyena tekshirish usullari fanining mohiyati va vazifalari. Tashqi muhit omillarining inson sog‘ligiga ta’siri.

Sanitariya gigiyena va profilaktika haqida tushunchalar. Fanning vazifalari va maqsadi. Tashqi muhit omillarining inson sog‘ligiga ta’siri. Tashqi muhitni o‘rganish usullari. Davlat Sanitariya va Epidemiologiya Nazorati Markazlari hamda ularning vazifalari. Atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining farmoni va Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan chiqarilgan qonunlar.

6

2




2

2

Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi ishini tashkil qilish

Sanitariya va gigiyena laboratoriyasi ishini tashkil qilishda oliy va o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlarining vazifasi. Bo‘lim laboratoriyasi va xonalarini zamonaviy asboblar bilan jihozlash, laboratoriyada mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidasi. Zamonaviy sanitariya va gigiyena tekshirish usullari. Standartlar, Sanitariya qoidalari va me’yorlari to‘g‘risidagi tushunchalar. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari turlari va ularning vazifalari haqida tushuncha.

4




4

2

3

Havoli muhit gigiyenasi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar va atmosfera havosini muhofaza qilish

Havoli muhitga ilmiy texnika revolyusiyasining ta’siri. Havoning chang, tutundan ifloslanishi, bakteriyalardan, zaharli kimyoviy moddalardan, radioaktiv moddalardan ifloslanishi. Havo tomchi infeksion kasalliklar tarqalishida havoning roli. Atmosfera havosini muhofaza qilishning sanitariya-gigiyenik chora tadbirlari. Quyosh radiasiyasi. Uning inson a’zolariga fiziologik ta’siri. Atmosferaning past va baland bosimidagi o‘zgarishlar va ularning inson a’zolariga ta’siri. Tog‘ kasalligi, Kesson kasalligi, ularning profilaktikasi. Havo harorati, havo harakati tezligi, havo namligining inson a’zolariga ta’siri. Inson a’zolarida kechadigan issiqlik almashinuvi reaksiyasi. Havo mikroiqlimining inson a’zolariga ta’siri. Havo mikroiqlimiga sanitariya-gigiyenik baho berish. Atmosfera havosini muhofaza qilishda Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazining vazifalari.
Havo haroratini aniqlashda ishlatiladigan maksimal va minimal termometrlarning tuzilishi va ularda ishlash. Termograf tuzilishi va uning ishlash prinsipi. Havo namligini aniqlovchi psixrometr (Assman, Avgust) asbobining tuzilishi va ular bilan ishlash. Havo harakat tezligini aniqlovchi asboblar: kosachali va parrakli anemometrlar, katotermometrlar tuzilishi va ularni ishlash prinsipi. Atmosfera bosimini aniqlashda ishlatiladigan asboblar: simobli, metalli barometrlar, barograflar, ularning tuzilishi va ular bilan ishlash.

6

4

4

6

4

Tuproq gigiyenasi. Aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash. Kanaliza-siya va oqava suvlarini qayta tozalash

Ilmiy texnika revolyusiyasining tuproqqa ta’siri. Orol fojeasining Orol bo‘yi mintaqalari tuproqlariga ta’siri. Tuproqning sanitariya-gigiyenik ahamiyati. Tuproqning fizik xossalari va epidemiologik ahamiyati.
Tuproqning kuydirgi, oqsim, botulizm, qoqshol, gazli gangrena va invazion kasalliklar kelib chiqishidagi roli. Tuproqning ifloslanishi va o‘z o‘zini tozalash xususiyati. Aholi yashaydigan joylardan suyuq va qattiq chiqindilarni chiqarib tashlash: chiqindilarni yig‘ish, tashish va zararsizlantirish Aholi yashaydigan joylarni kanalizasiyalashtirishning ahamiyati. Oqava suvlarni tozalash va zararsizlantirish. Tuproqni Davlat Sanitariya va epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan muhofaza qilinishi.
Tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganib, unga sanitariya-gigiyenik baho berish. Tuproqdan bakteriologik, gelmentologik va kimyoviy tekshirish uchun namuna olish qoidalari va ularni tahlil qilish. Chiqindilarni zararsizlantirish usullari. Oqava suvlarini tozalash va zararsizlantirishni sanitariya va gigiyenik jihatidan nazorat qilish va ma’lumotnoma to‘ldirish.

10

2

8

4

5

Suv gigiyenasi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi chora- tadbirlar

Suvning sanitariya-gigiyenik, fiziologik, epidemiologik ahamiyati. Aholi yashaydigan joylarning suv ta’minoti. Suv iste’mol me’yori. Suvning fizikaviy xossalari, kimyoviy tarkibi, endemik faktor ekanligi. Suvning ifloslanishi va o‘z o‘zidan tabiiy tozalanishi. Ichiladigan suvga qo‘yiladigan Davlat Standartlari talablari. Aholini mahalliy va markazlashgan suv bilan ta’minlash. Vodoprovod stansiyasiga suvni tozalash va zararsizlantirish uchun sanitariya va gigiyenik talablar.
Suvning sanitariya zonalari. Ekologik muhitning o‘zgarishida suvning roli. Orol fojeasini orolbo‘yi mintaqalari aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi roli. Ichimlik suvini muhofaza qilishdagi Davlat Sanitariya va Epidemiologiya Nazorati Markazlarining vazifasi.
Ochiq suv havzalarini ichimlik suvi manbalari sifatida nazorat qilish, suvni sinamaga olish. Organoleptik, fizikaviy, kimyoviy va bakteriologik tarkibini tekshirish. Suvning ishqorligi, qattiqligi, oksidlanishini, xloridlar, temir, sulfatlarni, azot birikmalarini aniqlash. Suvni konservasiya qilish usullari. Vodoprovod stansiyalarida suvni tozalash. Suvni kimyoviy birikmalar va fizik usullar bilan (tindirish, filtrasiya qilish, koagulyasiya qilish, suzgichdan o‘tkazish) zararsizlantirshni. Oqava suvlarni fizikaviy, kimyoviy holatini va ularni zararsizlantirishni nazorat qilish. Suv bilan ta’minlashda Davlat Sanitariya va Epidemiologiya Nazorati Markazlarining faoliyatini o‘rganish.

10

4

8

6

6

Turar joylar va jamoat binolari gigiyenasi.Turar joylarga qo‘yiladigan sanitariya gigiyenik talablar.

Aholi salomatligini saqlashda turar joylarning ahamiyati. Turar joylar yer maydonini tanlashda shahar zonalarining sanitariya-gigiyenik ahamiyati. Turar joylarni qurish va rejalashtirishga sanitariya-gigiyenik talablar. Turar joylarni tabiiy va su’niy yoritish (yorug‘lik koeffisiyenti, TYoK xona chuqurligi, xonalar yoritilganligini Vatt usulida aniqlash). Davolash profilaktika muassasalarini (Qishloq vrachlik punkti) qurishni planlashtirishda yerni relyefi, shamollar yo‘nalishi, yer osti suvlari chuqurligini hisobga olish. Turar joylarni, jamoat binolarini, mahalliy va markazlashtirilgan isitish, shamollatish va shovqindan saqlashga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyenik talablar. Sanitariya qoidalari va me’yorlari bilan tanishish.
Aholi turar joylarini, jamoat binolarini, davolash profilaktika muassasalari binolarining qurilishini rejalashtirish Turar joylarni isitish, yoritish, shamollatishga bo‘lgan talablar. Lyuksmetr apparati va uning ishlash prinsipi. O‘quv laboratoriya xonalarining yoritilganligiga baho berish. Kasalxonalar palatalarining sanitariya-gigiyenik holatiga baho berish.

8

2

6

4

7

Bolalar va o‘smirlar muassasalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.

Bolalar va o‘smirlar organizmi tuzilishining anatomik va fiziologik (chaqaloqlik, maktabgacha yoshi, kichik maktab yoshi, balog‘at yoshida) hususiyatlari. Bolalar va o‘smirlar muassasalariga qo‘yiladigan sanitariya- gigiyenik talablar. Bog‘cha va maktabni loyihalashga, qurilishiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyenik talablar:
a) bolalar bog‘chalariga (yer uchastkasiga, guruh yacheykalariga, guruh maydonchalariga, sport maydonlariga, guruh xonalari jihozlariga, ovqatlanish muassasasiga, kir yuvish xonasiga) sanitariya-gigiyenik baho berish;
b)kichik maktab yoshida sinf xonalari, mebellari, kun tartibi, dars jadvallariga sanitariya-gigiyenik baho berish;
v)balog‘at yoshidagi o‘smirlar kun tartibiga (dars jadvali, ovqatlanish rejimi, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi, texnik vositalardan foydalanish) qo‘yilgan sanitariya-gigiyenik talablar.
Bolalar va o‘smirlar muassasalarini sanitariya-gigiyenik nazorat qilishda Davlat Sanitariya va Epidemiologiya Nazorati Markazlarining vazifalari.
Bolalar bog‘chalarini sanitariya-gigiyenik jihatdan ya’ni, qurilishini, yozlik maydonchalari, sport maydonlari, guruh yacheykalari, ovqat tayyorlash bo‘limi va ovqat mahsulotlarini saqlashni nazorat qilish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishini (ko‘krak aylanasi, og‘irligi, bo‘yi, muskul kuchi, o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash, emlash tartibini) tekshirish. Bolalar va o‘smirlar muassasalarini qurilishiga ishlatilishiga sanitariya-gigiyenik talablar qo‘yish. Bolalar va o‘smirlarni jismoniy, aqliy va jinsiy rivojlanishini nazorat qilish.

10

6

8

4

8

Ovqatlanish gigiyenasi. Oziq ovqat mahsulotlarinning sifatiga sanitariya gigiyenik baho berish

Ovqatlanish gigiyenasining ahamiyati. Ovqat kaloriyaligiga sanitariya-gigiyenik baho berish Asosiy ovqat mahsulotlari: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, karbon suvlari, vitaminlar, mineral tuzlar va ularning inson a’zolariga fiziologik ahamiyati. Ko‘payib borayotgan kamqonlik, buqoq, jinsiy zaiflik, jismoniy zaiflik kelib chiqishida ovqatlanishning roli. Tayyor ovqat mahsulotlarini vitaminlashtirish va aminokislotalar bilan boyitish. Ovqat mahsulotlarini konservasiya qilish usullari. Go‘sht va go‘sht mahsulotlariga sanitariya-gigiyenik baho berish, sut va sut mahsulotlariga, tuxumga, don va don mahsulotlariga sanitariya-gigiyenik baho berish.
Ovqatdan mikrobli va mikrobsiz zaharlanishlar. Ovqat mahsulotlarini saqlash va transportirovka qilish Umumiy ovqatlanish muassasalarini qurishni rejalashtirish, qurish va jihozlash, ekspluatasiya qilishni sanitariya jihatidan nazoratni qilish. Oshxona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi va sanitariya bilimini nazorat qilish. Oshxona xodimlarini dispanserizasiyadan o‘tishini nazorat qilish.
Ovqat mahsulotlarini tekshirish usullari. Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tekshirish: sinama olish, organoleptik, fizikaviy va kimyoviy usullarda tekshirish; sinamaga qo‘yilgan go‘shtni aniqlash.
Kolbasalarni tekshirish: sinama olish organaleptik, fizikaviy va kimyoviy usullarda tekshirish.
Baliqlarni tekshirish: sinama olish, organoleptik baholash, baliqni yangiligini aniqlash reaksiyasi; dudlangan baliq tarkibidagi osh tuzini aniqlash.
Sut va sut mahsulotlarini tekshirish: sinama olish, organoleptik tekshirish; zichligi, kislotaligini, yog‘ini tekshirish; sut tarkibidagi surrogatlar (kraxmal, soda) ni tekshirish; sut mahsulotlarini organoleptik baholash, yog‘ini va kislotasini aniqlash.
Mol yog‘ini tekshirish: sinama olish, organaleptik, fizik tekshirish; yog‘larning kislotaligini, cho‘kmasini, namligini, aldegid va ketonlarini aniqlash.
Unni tekshirish: organoleptik xossalarini baholash, tarkibidagi metallomagnit qo‘shilmalar miqdorini aniqlash; ombor zararkunandalari: qo‘ng‘iz, mita, kanalarni aniqlash va foizlarda hisoblash; unning namligini, kislotaligi, kleykovinasi va kulini aniqlash.
Nonni tekshirish: sinama olish, organoleptik baholash; nonni namligini, g‘ovakligini va kislotaligini aniqlash.
Tuzlangan karamni tekshirish: sinama olish, organoleptik baholash;
kislotaligi va osh tuzini aniqlash; tuzlangan karam tarkibida «S» darmon dorisini miqdorini (mg larda) aniqlash.
Konservalarni tekshirish: sinama olish, konserva shtampovkasi, germetikligini o‘rganish; quruq moddasi, tuz kislotaligini aniqlash.
Spirtsiz ichimliklarini tekshirish: sinama olish, organoleptik tekshirish; turg‘unligi, solishtirma og‘irligini va kislotasini aniqlash.
Tayyor taomlarni tekshirish: tayyor taomlarni tekshirish uchun sinama olish organoleptik baholash, ovqat tarkibidagi yog‘, karbon suv, mineral tuz va kaloriyasini aniqlash; taomnoma (menyu-raskladka) bo‘yicha kalloriyasini hisoblash; ovqat tarkibidagi minerallari va vitaminlari miqdoriga baho berish; oshxonani sanitariya-gigiyenik jihatdan tekshiruv xaritasini to‘ldirish, ma’lumotnoma yozish.



16

4

12

8

9

Mehnat gigiyenasi. Mehnat sharoitiga qo‘yiladigan sanitariya gigiyenik talablar.

Mehnat gigiyenasining vazifalari. Mehnat qilishning fiziologik asoslari. Ish faoliyatida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlari (mehnat va ishga gigiyenik xarakteristika). Aqliy va jismoniy mehnat, ish vaqtida tana vaziyati, holati, inson organlari holati. Charchash, o‘ta charchash. Organizmning zo‘riqishi, unga qarshi kurash chora-tadbirlari.
Dam olishni va mehnat kunini to‘g‘ri tashkil qilish. Korxonalar mikroiqlimi. Sanoat changidan kelib chiqadigan kasalliklar (silikoz, antrakoz, silikatoz va boshqalar). Changga qarshi mahalliy va umumiy kurash choralari. Ishlab chiqarishdan zaharlanishlar, organizmga zaharli kimyoviy moddalarning ta’siri. O‘tkir, surunkali zaharlanishlar. Zaharlanishlarning oldini olish. Shovqin tebranish va ularga qarshi kurash. Ishlab chiqarishdan shikastlanishlar, ularga qarshi kurash chora-tadbirlari.
Ishlab chiqarish korxonalari havosining tarkibini tekshirish. Havo tarkibidagi gazlar konsentrasiyasini REK (PDK) sini belgilash va korxona havosining bezararligiga kafolat berish.

8

2

4

4

10

Davolashp rofilaktika muassasalari gigiyenasi.

Davolash profilaktika muassasalari haqida tushuncha, kasalxona ichi infeksiyalari, ularni olshdini olish chora tadbirlari.
"Davolash muassasalarini loyihalashtirish va qurishning sanitariya qoida va me’yorlari”.
“Kasalxona ichi infeksiyalari. Sanitariya epidemiologik qoidalar.”
“Davolash profilaktika muassasalarilarini loyixalashtirish qurish va ishga tushirish”.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Davolash profilaktika muassasalarida ish yuritish hujjatlari” haqidagi buyruqlar. Xona maydoni, jihozlanishi, “OIV/OITS kasalliginning tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar” haqidagi buyruqlar. Steril idishlardan, steril stoldan, xodimlardan, xonalardan va hokozalardan sinama olish.

6

2

6

4

11

Shaxsiy gigiyena.

Inson hayotida shaxsiy gigiyenaning ahamiyati. Kun tartibining inson sog‘ligiga ta’siri (mehnat, dam olish, uyqu, ovqatlanish, tanani jismoniy chiniqtirish). Teri, soch, tirnoq, og‘iz bo‘shlig‘i, oyoq (poyafzal) gigiyenasi va ularni parvarish qilish. Kasalliklar kelib chiqishini oldini olishda shaxsiy gigiyenaning roli.

6

2




1


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin