Boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta


O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə129/170
tarix04.02.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#82813
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170
40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2)

O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi

Anatomiya, fiziologiya va patologiya
Farmakologiya va reseptura
Umumiy gigiyena va ekologiya
Tibbiyot psixologiyasi
Valeologiya
Jamoada hamshiralik ish
Hamshiralik ishi asoslari
Akusherlik va ginekologiya asoslari
Bolalarda parvarish xususiyatlari
Yuqumli kasalliklar

O‘qitishni tashkiliy shakli

N-nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim;



Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob,munozara,test, vaziyatli masalalar yechish, amaliy topshiriqni bajarish, ko‘nikma va muolajalar bajarilish algoritmini namoyish etish

2.O‘quv dasturi mazmuni



Mavzular nomi

Mavzuning qisqacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy

Mustakil
ta’lim

N

A

1

“Bolalar kasalliklari asoslari va birinchi tibbiy yordam” faniningrivojlanishtarixi. Bolaningo‘sishi.varivojlanishi. Bolalikdavrlariva.ularningxususiyatlari.Bolaningjismoniy, ruhiyva.ijtimoiyrivojlanishi.

Pediatriyani rivojlanishi va sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar. Bola bilan muloqotning uning yoshi va rivojlanishi bilan bog‘liqligi; ko‘krak yoshidagi, go‘daklik davrida, maktabgacha davr, maktab davri bolalari bilan muloqot, o‘smir bolalar bilan muloqot. Bolaning oila a’zolari bilan muloqot.
Bolalarning o‘sish va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, genetik omillar, tashqi muxit omillari.
Bola.rivojlanishining qonuniyatlari, bolalik davrlari, ona qornida rivojlanish (antenatal) davri, ona qornidan tashqaridagi (postnatal) rivojlanish davri. Bolaning o‘sish va rivojlanish monitoringi, bolaning morfologik vafunksional rivojlanishi, bolaning jismoniy rivojlanishini baholashda antropometriyaning ahamiyati. Motorikaning rivojlanish bosqichlari.
Bolaning psixomotor rivojlanish monitoringi. Bola turmush tarzining ahamiyati va uni qo‘llab-quvvatlash.
O‘zR. SSVning 2007 yil 30.03. dagi 145- sonli “Bolalarga sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatishi sifatini oshirish” to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tanishish.
Yoshiga qarab jismoniy o‘lchamlarini aniqlash. Vazn-bo‘y indeksini (VBI) aniqlash, yoshga nisbatan bo‘y (uzunlik)ni aniqlash, yoshga nisbatan vazn, bo‘yga nisbatan vazn va yoshga nisbatan vazn bo‘y indeksini aniqlash. O‘sish ko‘rsatkichlarini baholash. Bolalarning o‘lchov ko‘rsatkichlari. O‘lchash muddatlari. O‘sish va rivojlanish grafiklari



6

2

4

2

2

Bolalarorganizmininganatomik-fiziologikxususiyatlari. Bolalaruchuno‘sishjadvallari (YuNICYeF

Teri va teri osti yog‘ qavatining tuzilishi va funksional xususiyatlari.
Bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, naysimon suyaklarning tuzilishi. Sut tishlarining chiqish muddati va ketma-ketligi. Mushak tizimining tuzilishi.
Asab tizimi holatini baholash; ko‘zdan kechirish, chaqaloqlarning shartsiz reflekslarini aniqlash. Sezgi a’zolari holatini baholash.
Endokrin tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari va ularning holatini baholash.
Bolalarda bosh miya, orqa miyaning tuzilishi va funksional xususiyatlari. Shartsiz reflekslar. Motorikaning rivojlanish bosqichlari. Bolaning nutq va eshitish qobiliyatining rivojlanish bosqichlari.
Bolalarning eshitishi, ta’m va hid bilish funksiyalari.
Bolalarda gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi, jinsiy bezlarning tuzilishi va funksional xususiyatlari.
Bolalarda yuqori va pastki nafas a’zolarining tuzilishi va funksional xususiyatlari.
Bolalarda yurak va qon tomirlarining tuzilishi. Arterial bosimi va pulsning yoshiga nisbatan o‘zgarishi.
Bolalarda qon yaratish tizimi. Limfa tugunlari, ayrisimon bez, taloq, bodomcha bezlari.
Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, me’da, jigar, oshqozon osti bezi va ichaklarning tuzilishi va funksional xususiyatlari. Oshqozon va ichak yo‘llari mikroflorasi, najas tabiati.
Bolalarda buyrak va siydik chiqarish a’zolarining tuzilishi va funksional xususiyatlari. Bolalar uchun o‘sish jadvallari (YuNICYeF).
Teri holatini baholash; ko‘zdan kechirish, terining elastikligi, to‘qimalar turgori, teri osti yog‘ qavatining qalinligi aniqlash.
Suyak-mushak tizimi holatini baholash; ko‘zdan kechirish, mushaklar tonusi va mushaklar kuchini aniqlash.
Nafas a’zolar holatini baholash; ko‘zdan kechirish, palpasiya, perkussiya, auskultasiya, nafas xarakatlarini sanash.
Yurak qon tomir tizimi holatini baholash; ko‘zdan kechirish, palpasiya, perkussiya, auskultasiya, yurakning funksionalimkoniyatlarini tekshirish, arterial bosimni o‘lchash va formula yordamida baholash, pulsni aniqlash.
Limfa tizimining holatini baholash: limfa tugunlarini palpasiya qilish.
Ovqat hazm qilish tizimining funksional holatini baholash; og‘iz bo‘shlig‘ini ko‘zdan kechirish, palpasiya, perkussiya, auskultasiya.
Buyrak va siydik chiqarish tizimining holatini baholash. Go‘dak bolalardan umumiy tahlil uchun peshob yig‘ish (o‘g‘il va qizlarda).Bolalar uchun o‘sish jadvallarini toldirishni (YuNICYeF).



4

4

8

2

3

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishi. Muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishi. Bolalarni ovqatlantirish. Bolalarni umumiy tekshirish usullari. Bolaning o‘sish ko‘rsatkichlari

Oy-kuni yetib tug‘ilgan chaqaloqlarning ta’rifi va belgilari. Chaqaloqlardagi fiziologik holatlar. Chaqaloqqa o‘tkaziladigan emlashlar
Tug‘ruqdan oldingi va chaqaloqlar birinchi patronajini maqsad va mazmuni.
O‘zR. SSVning 2003 yil 13.11.dagi 500-sonli “Perinatal yordam samaradorligini oshirish yuzasidan tug‘ruq komplekslari (bo‘limlari) ishlarini qayta tashkil qilish va shifoxona ichi infeksiyalarini oldini olish to‘g‘risida” buyrug‘i bilan tanishtirish. O‘zR SSVning 2012 yil 18 may 137–sonli «Birlamchi tibbiy–sanitar yordam muassalarida homiladorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, antenatal parvarishni ta’minlash va tashkillashtirish to‘g‘risida» buyrug‘i bilan tanishtirish. Samarali perinatal parvarishni tashkil etish (YuNISEF)
Sog‘lom chaqaloqning holatini baholash: yetilganlik belgilari, Apgar shkalasi bo‘yicha baholash.
Ona va bola xonasida chaqaloqlar parvarishini o‘rganish: tana haroratini o‘lchash, teri va shilliq pardalarni parvarish qilish, ovqatlantirish, ich kelishi, uyqu, kiyintirish, tug‘ruqxonadan chiqarish qoidalari, onalarga beriladigan eslatmalar bilan tanishish.
Uysharoitidaparvarishinio‘rganish: kindikyarasiniparvarishlash, ko‘z, burunvaquloqnitozalash, cho‘miltirish. Emizishqoidalaribilantanishish. Chaqaloqqabirinchipatronajnirejalashtirish.
Muddatigayetmaytug‘ilganchaqaloqlarnianiqlash: muddatigaetmaytug‘ilganchaqaloqlarningta’rifi, muddatigaetmaslikdarajalarinibaholash.
Muddatigayetmaytug‘ilganchaqaloqlarningmorfologikvanevrologikbelgilari. Bosqichma – bosqichparvarishlashxususiyatlari: tug‘ruqxonada, ixtisoslashtirilganbo‘limda, poliklinikasharoitidakuzatish.
Muddatigayetmaytug‘ilganchaqaloqlarningjismoniyvapsixomotorrivojlanishxususiyatlari. Muddatigayetmaytug‘ilishprofilaktikasi.
O‘zRSSVning 2003 yil 13.11.dagi 500-sonli “Perinatalyordamsamaradorliginioshirishyuzasidantug‘ruqkomplekslari (bo‘limlari) ishlariniqaytatashkilqilishvashifoxonaichiinfeksiyalarinioldiniolishto‘g‘risida”gibuyrug‘ibilantanishtirish.
Bolaning holatini kuzatish. Ovqatlantirish usullari. Xonaning namligi va haroratini nazorat qilish, kuvezni tozalash va texnika xavfsizligini o‘rganish. Isitish uchun grelkalarni to‘ldirish va qo‘llash.
Namlangan kislorod bilan ta’minlash, nazorat o‘lchov o‘tkazish.Teri vashilliq qavatlarni parvarishlash. Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarniparvarishlash bo‘yicha onalarga tavsiyalar berish.
Oilagakeyingiparvarishbo‘yichako‘nikmalarnirollio‘yinlar, video-audiomateriallaryordamidao‘rgatish. “Kenguru” metodibo‘yichaparvarishlash (mehr - muhabbatnishakllantirish).Samaraliperinatalparvarishnitashkiletish (YuNISEF).
Bolani to‘g‘ri emizish qoidalarini o‘rgatish. Ko‘krak suti bilan boqish bo‘yicha maslahat olib borish. Ko‘krak bilan boqayotganda ona va bola tomonidan yuzaga keladigan muammolarda parvarishlash. Qoshiqcha va piyoladan ovqatlantirishni o‘rgatish.Qo‘shimcha ovqatlarni tayyorlash ko‘nikmalarini egallash. Sog‘lom va kasal bolani ovqatlanishiga doir tavsiyanomalar.
Maktabgacha, maktab va balog‘at yoshidagi bolalarni ovqatlantirishda bolalarni asosiy oziqlantiruvchi ingrediyentlar: oqsillar,yog‘lar,uglevodlar, mineral tuzlar, kaloriyalarga bo‘lgan extiyoji. Bolalarning ovqatiga qo‘yiladigan talablar (hajmi,konsistensiyasi, mahsulotlarga kulinar ishlov berish usullari, ovqatning tashqi ko‘rinishi va mazasi)larga taomnoma tuzishni o‘rganish.

6

4

8

2

4

Oilaviy poliklinika, QVP va stasionardagi bolalarga parvarishining xususiyatlari. YuNICYeF milliy dasturi bo‘yicha 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiyalar.

Oilaviy poliklinika, QVP va stasionarlarningtuzilishivaahamiyatibilantanishish.
Oilaviy poliklinika, QVP va stasionar faoliyati bilan tanishish. Filtrda, vrachgacha bo‘lgan xonadagi qabulda, sog‘lom bola xonasida, pediatr xonasidagi vazifalar bilan tanishish. Parvarishining asosiy yo‘nalishlari: profilaktik, davolash, sanitar-oqartuv, bolalar dispanserizasiyasi, oilaviy poliklinika va QVP va stasionarlarda ko‘rsatiladigan yordamning mohiyati.
Shifoxonaichiinfeksiyasinioldiniolish. O‘zbekistonRespublikasidainfeksion kasalliklarningimmunoprofilaktikasihaqidagiSanQvaM №0239 – 07 2015 yildagibuyrug‘ibilantanishish

6




4

2

5

Chaqaloqlik davri, go‘daklik va kichik yoshdagi bolalar kasalliklari parvarishi. Bolalarda ko‘rik o‘tkazish. (YuNICYeF)

Chaqaloqlar asfiksiyasi, tug‘ruq jarohatlari, chaqaloqlarning gemolitik kasalligi, teri, kindik kasalliklari, chaqaloqlar sepsisi: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, davosi,parvarishi.
Barcha bemor go‘daklarni bakterial infeksiya bo‘yicha tasniflash.
Raxit, spazmofiliya, konstitusiya anomaliyalari: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, asoratlari, tashhis qo‘yish usullari, davosi, profilaktikasi, parvarishi.Bolalardako‘riko‘tkazish.Chaqaloqlardauchraydiganturlikasalliklardaularnijonlantirish, davolashvaparvarishnitashkilqilishko‘nikmalariniegallash.
O‘pkanisun’iyventilyasiyaqilishusullari, nafasyo‘llariniqog‘anoqsuvlarivashilimshiqlardantozalash, yuraknibilvositamassajqilishko‘nikmalarinibajarish.
Tug‘ruqjaroxatlarida, chaqaloqlarninggemolitikkasalligida, terivakindikkasalliklaridadavolash, kuzatishvaparvarishqilishtalablaribilantanishish.
Raxit, ekssudativ-kataral diatez va spazmofiliya bilan og‘rigan bolalarni davolash, parvarish va kuzatish. Laringospazmda yordam



4

4

4

2

6

Irsiy va tug‘ma nuqsonli kasalliklarda bola va uning oilasiga parvarishi.

Irsiy kasalliklarga olib keladigan omillar: tashqi muhit omillari, qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar. Irsiy kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari.
Klaynfelter,Terner, Daun sindromi, fenilketonuriya: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, diagnostikasi, davosi, parvarishi.
Lab yirtig‘i va tanglay kemtigi, kindik, chov churralari bilan kasallangan bolalarda parvarishi.
O‘zR SSVning 2014 yil 28 may 185 – sonli «O‘zbekiston Respublikasida perinatal tibbiy yordamni hududiylashtirish to‘g‘risida» buyrug‘i bilan tanishtirish.

6

2




2

7

Nafas olish va qon aylanish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga parvarishi.

Bolalarda nafas olish a’zolari anatomik-fiziologik xususiyatlari. Yuqori nafas olish a’zolarining kasalliklari: o‘tkir nazofaringit, o‘tkir laringit, anginani ta’rifi, etiologiyasi, belgilarilari, diagnostikasi, davosi, parvarishi.
Pastki nafas yo‘llari kasalliklari: bronxit, bronxeolit, zotiljam ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi.
Bronxialastma: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi,parvarishi. Bolalardaqonaylanishtizimia’zolarininganatomik-fiziologikxususiyatlari.
Tug‘ma yurak nuqsonlari: bo‘lmachalar orasidagi nuqson, qorinchalar orasidagi nuqson, tetrada Fallo, ochiq arterial yo‘l (Batalov yo‘li) ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi.
Revmatizm: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, hamshiralik parvarishi.
Nafas a’zolari xolatini baholash: shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, nafas olish sonini hisoblash va xarakterini baholash,o‘pkani perkussiya va auskultasiya qilish, yo‘tal xarakterini baholash. Bolaning tomog‘idagi va quloqdagi muammolarini baholash.
Nafas olish a’zolari kasalliklari bilan kasallangan bolalarda parvarishini o‘tkazish. Qon aylanish a’zolariga baxo berish: shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, pulsni hisoblash va xarakterini aniqlash, arterial bosimni o‘lchash, yurakni perkussiya va auskultasiya qilish.
Qon aylanish a’zolari kasalliklari bilan kasallangan bolalarni parvarish qilish. EKG diagnostik muolajasini o‘tkazishda qatnashish

4

2

4

2

8

Ovqat xazm qilish, og‘iz shilliq qavati a’zolari kasalliklarida va gelmintozlarda bola va uning oilasiga parvarishi.

Ovqat hazm qilish a’zolarining anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Gastrit va enterokolit: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi. Oziqlanish xolatini tasniflash, suvsizlanish tasnifi (o‘rtacha suvsizlanish, og‘ir suvsizlanish).
Pilorostenoz va pilorospazm: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi. Ovqat hazm qilish a’zolarining anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Stomatit va gelmintozlar: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi. Stomatitlar va gelmintozlarning profilaktikasi.
Ovqat xazm qilish a’zolari: gastrit, diareya, enterokolit kasalliklarida bola holatini baholash, shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, qorinni palpasiya, perkussiya, auskultasiya qilish.
Oilaviy poliklinikalardagi ORT (oral regidratasion terapiya) burchagi bilan tanishish va ishlash. Stomatit va gelmintoz kasalliklarida bola holatini baholash, shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, qorinni palpasiya, perkussiya qilish.
Stomatit va gelmintoz bilan kasallangan bolalarda parvarishini va kasallik turiga qarab parhyez uyushtirish.

2

4

8

2

9

Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga parvarishi.

Qon va qon yaratish a’zolarining anatomik- fiziologik xususiyatlari.
Temir tanqisli anemiyasi, gipoplastik, gemorragik, gemolitik anemiyalar: kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, davosi, parvarishi, anemiyada bola va uning oilasiga parvarishi
Gemorragikdiatezlar: gemorragikvaskulit (Shenleyn-Genoxkasalligi), trombositopenikpurpura (Verlgofkasalligi), gemofiliya: kelibchiqishsabablari, klinikbelgilari, davosi, parvarishi
Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarida bola holatini baholash; shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, qon tahlili natijalarini o‘qish va baholash.
Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga parvarishini o‘tkazish. Kun tartibi. Ratsional ovqatlantirish.
Qon quyilgandan so‘ng bola va uning oilasiga parvarishi.
Qonkasalliklariprofilaktikasibo‘yicha bola vauningoilasibilansuhbatrejasinituzish.

2

2

4

2

10

Endokrin kasalliklarda bola va uning oilasiga . parvarishi

Bolalarda moddalar almashinuvi va endokrin tizimning anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Qalqonsimon bez kasalliklarining erta tashxisotida skriningning o‘rni.Qalqonsimon bez kasalliklari: endemik bo‘qoq, tiretoksikoz, gipotireoz ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davolash, parvarishi.
Qandli diabet: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davolash, parvarishi. Bolalarda qandli diabetning kechish xususiyatlari. Qandli diabetning I tipi (insulinga bog‘liq qandli diabet),qandli diabetning II tipi (insulinga bog‘liq bo‘lmagan qandli diabet)Diabetik koma (giperglikemik va gipoglikemik): belgilari va parvarishi
Endokrin tizim kasalliklarida bola xolatiga baho berish; shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, qalqonsimon bezni paypaslash, laboratoriya tekshiruvi natijalari bilan tanishish.
Qandli diabet bilan kasallangan bola va uning oilasiga parhyez va kun tartibini tashkil qilish haqida suhbat rejasini tuzish. Insulinoterapiya o‘tkazish qoidalarini o‘rganish.
Bola va oilasiga qalqonsimon bez kasalliklari va qandli diabetni oldini olishnio‘rgatish.
Vaziyatli masala yordamida jarayonini amalga oshirish

2

2

4

2

11

Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga . parvarishi.

Buyrak va siydik chiqarish a’zolarining anatomik-fiziologik xususiyatlari.
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklari: sistit, piyelonefrit, glomerulonefrit: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashhisoti, davolash, hamshiralik parvarishi. Uremik koma: sabablari, belgilari, shoshilinch yordam choralari
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklarida bola holatini baholash; shikoyatlari, anamnez, umumiy ko‘zdan kechirish, buyrak va qovuqni paypaslash,laboratoriya tekshiruvi natijalari bilan tanishish.
Buyrak va siydik chiqarish a’zolari kasalliklarida bola va uning oilasiga parvarishini o‘tkazish. Kun tartibi va parhyezni o‘rganish.
Uremik komada bolaga shoshilinch yordam ko‘rsatish.

6

2

4

2

12

Yuqumli kasalliklarda bola va uning oilasiga parvarishi. Profilaktik emlashlar. Bolalarda silning kechish xususiyatlari

Silning etiologiyasi, bolalarga yuqish yo‘llari,bolalarda uchraydigan silning formalari. Diagnostika uslublari, tuberkulin diagnostika. DOTS dasturi buyicha davolash. Sanatoriyada davolanish. Sil bilan og‘rigan bolalardagi tibbiy-psixologik muammolarda parvarishi.
Dispanser kuzatuvi. Spesifik vanospesifikprofilaktika.O‘zbekistondavaboshqadavlatlarda sil bilankasallanishvasildano‘limholatlarinikamaytirishborasidatibbiyxizmatningvazifalari
O‘zbekiston Respublikasida infeksion kasalliklarning immunoprofilaktikasi haqidagi SanQvaM №0239–07 2015 yildagi buyrug‘i bilan tanishish. “Xavfsiz immunizasiya” dasturi bo‘yicha tavsiyalar (YuNISEF).
Emlashgacha bolaning sog‘lig‘iga umumiy baho berish. Immunoprofilaktikaning asosiy tamoyillarini o‘rganish. Profilaktik emlash xonalarga ekskursiyalar o‘tkazish. Bolaga yillik profilaktik emlash rejasini tuzish va tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish. Onaga (oilasiga) emlashdan so‘ng e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan holatlar haqida tavsiyalar berish
Vaksinasiya zardoblarini yuborgandan keyin bo‘ladigan asoratlari va bunda kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish. Sil bilan og‘rigan bemor bolalarni kasallik tarixi bayoni, dispanser kuzatuv varaqasi bilan tanishish. Silga qarshi qo‘llaniladigan asosiy preparatlar va ularni ishlatish prinsiplari bilan tanishish.
Inyeksiyalarning turli xillarini fantomlarda bajarish. Tibbiy hujjatlar bilan ishlash. Sil kasalligini nospesifik profilaktikasini o‘tkazish.
Vaziyatli masala yordamida . jarayonini amalga oshirish



6

2

4

2

13

O‘tkir respirator kasalliklar, meningokokk infeksiyasi,difteriya, ko‘kyo‘tal, epidemik parotitda bola va uning oilasiga parvarishi.

O‘tkir raspirator virusli infeksiya: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi, profilaktikasi.
Meningokokk infeksiya: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, tashxisoti, davosi, parvarishi, profilaktikasi.
O‘z.R. SSVning 2010 yil 20.09. dagi 271-sonli “Respublikada sholga qarshi to‘rtinchi raund Milliy emlashni tashkil etish va o‘tkazish haqida”gi buyrug‘i bilan tanishish. “Xavfsiz immunizasiya” dasturi bo‘yicha tavsiyalar (YuNISEF). Difteriya, ko‘kyo‘tal, epidemik parotit: ta’rifi, etiologiyasi, turlari, klinik belgilari, diagnostika, davosi, parvarishi, profilaktikasi. Kasallik o‘chog‘ida o‘tkaziladigan chora-tadbirlar. “Xavfsiz immunizasiya” dasturi bo‘yicha tavsiyalar(YuNISEF).
Havo-tomchi yuli bilan yuqadigan kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarni kasallik tarixi bilan tanishish, bemorlar shikoyatlarini klinik tahlil qilish. Shoshilinch xabarnoma varaqasini yuritish. Bemor bola parvarishi, kun tartibi, parhyezini tashkil etish, davo choralarini olib borish. Vaziyatli masala yordamida jarayonini amalga oshirish.Kasallik bayonini tahlil qilish.
Bo‘g‘maga qarshi zardob yuborish usulini o‘rganish. Tomoqdan surtma olish va laboratoriyaga yuborish. Epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish. Observasiya varaqasini tuzish. Shoshilinch xabarnomani to‘ldirish.



6

2

4

2

14

Qizamiq, qizilcha, skarlatina, suvchechak, yuqumli ichak kasalliklarida bola va uning oilasiga parvarishi.

Qizamiq, qizilcha, skarlatina, suvchechak: ta’rifi, etiologiyasi, belgilari, diagnostika, davosi, hamshiralik parvarishi, profilaktikasi.
Toshmalarni toshish tartibi va boshqa toshmali kasalliklaridan farqlash.
O‘z.R. SSV ning 2007yil 13.03. dagi 114-sonli “Respublika aholisi o‘rtasida qizamiq va qizilchaga qarshi ommaviy emlashni o‘tkazish haqida”gi buyrug‘i bilan tanishish. “Xavfsiz immunizasiya” dasturi salmonellez: ta’rifi, etiologiyasi, bo‘yicha tavsiyalar (YuNISEF). Dizenteriya, belgilari, diagnostika,davosi,parvarishi, profilaktikasi.
Yosh bolalarda ichak infeksiyalari bilan kasallanish va shu kasalliklardan o‘lim holatlarida ichak infeksiyalarining tutgan o‘rni
Qizamiq, qizilcha, suvchechak, skarlatina bilan og‘rigan bemor bolalarni kasallik tarixi bilan tanishish, epidemiologik anamnez yig‘ish, klinik belgilarini tahlil qilish. Kun tartibi va parhyezni belgilash. Teri va shilliq qavatlarini parvarish qilish. toshmalarni yiringlashini oldini olishni.
Spesifik va nospesifik profilaktika bilan tanishish. O‘choqda epedemiyaga qarshi chora–tadbirlarni o‘tkazish. Observasion varaqani to‘ldirish.Vaziyatli masala yordamida jarayonni amalga oshirish.
Yuqumli ichak kasalligi bilan og‘rigan bemorni kasallik tarixini klinik tahlil qilish. Yuqumli ichak kasalliklari bilan kasallangan bolalarga parvarishini o‘tkazish: kun tartibi va parhyezni o‘rganish, teri va shilliq qavatlarni parvarishlash, og‘iz orqali regidratasiya o‘tkazish, davo va tozalovchi ho‘qnalar o‘tkazish, eksikoz darajasiga qarab yuboriladigan suyuqlik miqdorini hisoblash, meteorizm va qusganda birinchi yordam ko‘rsatish. Infeksiya o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi chora ko‘rish.



2

4

8

2

15

Bolalar virusli gepatit va OIV-infeksiyasi kasalliklarida hamshiralik parvarishi.

Virusli gepatit: ta’rifi, etiologiyasi, turlari, belgilari, diagnostika, davosi, parvarishi, dispanser nazorati, profilaktikasi.
O‘z.R. SSV ning 2006yil 26 iyundagi 684-sonli buyrug‘i “Aholi o‘rtasida virusli gepatit kasalligini kamaytirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi va O‘zR SSV 2012yil 5 maydagi 5-sonli “Respublikada virusli gepatitga qarshi kurash choralarini amalga oshirish”lar bilan tanishish.
OIV-infeksiyasi kasalligi xaqida tushuncha, kelib chiqish sababi, qo‘zg‘atuvchisi, yuqish yo‘llari, statistika ma’lumotlari. Klinik belgilari va turlari. Kasallikka moyillik guruhiga kiruvchi shaxslarni aniqlash. Tashxis qo‘yish uchun labarotor tekshiruv usullari.Davolash tamoyillari. Bemor parvarishida tibbiyot xodimining etika va deontologiyasi.
O‘z.R SSV ning 2008 yil 04 yanvardagi 4-sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash profilaktika muassasalariga OIV–infeksiyasining postkontakt profilaktika chora tadbirlarini kiritish”.
“O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi munosabati bilan profilaktika chora tadbirlarini rivojlantirish va tibbiy-sanitar yordamni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 480–sonli buyrug‘i.
“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriligi tizimidagi davolash muassasalarida OIV infeksiyasini postkontakt profilaktikasi to‘g‘risida”gi 4-sonli buyrug‘i.
Virusli gepatit kasalligi bilan og‘rigan bemorni kasallik tarixini klinik tahlil qilish. Virusli gepatit kasalligi bilan kasallangan bolalarga parvarishni o‘tkazish: kun tartibi va parhyezni o‘rganish, teri va shilliq qavatlarni parvarishlash, qusganda birinchi yordam ko‘rsatish, ahlat va peshobni kuzatish va ularni belgilash.
Virusli gepatitga qarshi emlash texnikasi bilan tanishish. O‘choqda epidemiyaga qarshi chora–tadbirlarni o‘tkazish. Observasion varaqani to‘ldirish. Bola va uning oilasiga virusli gepatit kasalliklarini oldini olishni o‘rgatish.
OIV-infeksiyasi bilan kasallangan shaxslarni aniqlashda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar. Kasallik bilan zararlanishning oldini olish. OIV-infeksiyasining bolalarda kechish xususiyatlari, zamonaviy diagnostika uslublari, .. OIV-infeksiyasi profilaktikasida hamshiraning vazifalari.
Vaziyatli masala yordamida hamshiralik jarayonini amalga oshirish

6

2

4

2

16

O‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, tashqi muxit ta’sirotlari natijasida kelib chiqqan shoshilinch xolatlarda, juda yuqori isitma va talvasa sindromlarida bola va uning oilasiga parvarishi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar haqida umumiy tushuncha. Bolalarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tez va favqulodda yordamni tashkil etishda feldsherning funksional vazifalari. Baxtsiz hodisalarda bolaga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish. Bolalar kasalliklarini integrasiyalashgan usulda olib borish usullari.
Nafasetishmovchiliksabablarinianiqlashvauningdarajalarinibaholash. O‘tkirstenozlovchi laringotraxeit, bronxospazm, bronxial astma xurujida bola vauningoilasigakechiktiribbo‘lmaydiganyordamko‘rsatishqoidalarinio‘rganish. Biryoshgachavabiryoshdanoshganbolalarningnafasyo‘llarigayotjismlartushgandashoshilinchyordamko‘rsatish. Hiqildoqstenozi (chin krup)da kechiktiribbo‘lmaydiganyordamko‘rsatish.
O‘tkir yurak-qon tomir etishmovchiligi sabablarini aniqlash va bemor holatini baholash. Hushdan ketganda, kollapsda, o‘tkir yurak etishmovchiligida bola va uning oilasiga kechiktirib bo‘lmaydigan yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rganish.
Vaziyatlimasalayordamidajarayonniamalgaoshirish. Kuyishda, oftoburishivaelektrjarohatidashikastlovchiomillarta’sirinito‘xtatishvazudlikbilanyordamko‘rsatish.

2

2

4

2

17

Juda yuqori isitma va talvasa sindromlarida bola va uning oilasiga parvarishi.

Juda yuqori isitma va talvasa sindromlarihaqida umumiy tushuncha. Bolalarga juda yuqori isitma va talvasada shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tez va favqulodda yordamni tashkil etish. Juda yuqori isitma va talvasa sindromida qo‘llaniladigan dori-darmonlardan foydalanish.



2




4

4








Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin