O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH INSTITUTI O‘RTA PROFESSIONAL TA’LIMNING
40910202- Feldsher-laborantlik ishi
kasbi uchun Xirurgiya va reanimasiya asoslari fanidan
O‘QUV DASTURI
Kvalifikasiya(lar) nomi:
1.Tibbiy laborant
2.Qishloq vrachlik punktlari va qishloq oilaviy poliklinikalari feldsher-laboranti
3.Nur va funksional diagnostika kabineti feldsher-laboranti
O‘quv rejadagi tartib raqami:
2.2.4
Ajratilgan soat:
72
Toshkent – 2022 O‘quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti _Sog’likni saqlash_ O‘quv metodik birlashmasining 2022 yil “” avgustdagi -sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchi:
“1-Davolash ishi ” kafedrasi mudiri R.S.Azizova
Taqrizchilar: B.I.Karimberdiyev
TTA ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokor o‘rinbosari
1.O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
Xirurgiya va reanimasiya asoslari
Ajratilgan soat
72
Mavzular soni
17
Dasturning maqsadi
Xirurgik kasalliklar xususiyatlari, shoshilinch yordam berish, kasalliklarni davolash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar va ularni oldini olish, bemor va uning oila a’zolariga ruhiy yordam berish haqida nazariy bilimlarini takomillashtirish, nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq qilish, amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Xirurgik kasalliklar, ularning sabablari, klinik belgilari, davolash, asoratlari, oldini olish haqida nazariy ma’lumotga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar;
og‘ir ahvoldagi bemorlarni jonlantirish, ularni parvarishlash haqida nazariy ma’lumotga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bilim
xirurgiya fani haqida tushuncha: xirurgik davolash usullari, operasion davolash xususiyatlari;
xirurgik asboblarni nomlari, guruhlari, vazifasi va qo‘llanilishi;
nafas a’zolari va ko‘krak qafasining xirurgik kasalliklari sabablari, tashxisoti, klinik belgilari, tekshirish usullari va bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari;
qon tomirlarining xirurgik kasalliklari;
o‘tkir qorin og‘rig‘i haqida tushuncha, sabablari, klinik belgilari, tashxisotini va tekshirish usullari, birinchi tibbiy yordam, bemorni kasalxonaga transportirovka qilish;
urologik kasalliklarni etiologiyasi, klinik belgilari, tekshirish usullari va bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari;
o‘smalar haqida tushuncha va turlari;
onkologik bemorlarni tekshirish va davolash usullari;
reanimasiya va intensiv terapiya tushunchasi; terminal holat sabablari, bosqichlari, klinik belgilari;