Talabalarda tibbiy-biologik va klinik fanlarni o‘rganishda zarur bo‘ladigan bilim asoslarini shakllantirish;
talabalarda tirik materiyaning molekulyar, hujayraviy va hokoza tizimlar darajasida aniqlangan umumbiologik qonuniyatlar asosidagi nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirish;
talabalarga odam biologik va ijtimoiy mavjudod ekanligi, odamdagi belgi va xususiyatlarning namoyon bo‘lishi genetik qonuniyatlarga bo‘ysingan holda tashqi va ichki omillar ta’sirida o‘zgarishini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini shakllantirish;
irsiy kasalliklar, ularning turlari va irsiylanish qonuniyatlariga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini xosil qilish.
hamshiraning ish faoliyati davomida kerak bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni talab darajasida yetkazib berish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
Turmush qurishda oilani rejalashtirishda genetik ma’lumotlarning ahamiyatini anglagan holda kasalliklar va belgilar asosida avlodlar shajarasini tuza olishga va olgan bilimlarini o‘z faoliyatlarida qo‘llay bilish va ulardan foydalanish, odamda normal va patologik belgilarni irsiylanishini, hulq atvor, belgi va xususiyatlarning irsiylanishi bo‘yicha masalalalarini yechish, avlod shajarasini tahlil qilish orqali belgi va xususiyatlarni irsiylanish qonuniyatlarnini aniqlashbo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
irsiy kasalliklar profilaktikasi va davolash xususiyatlarini bilish.
Ko‘nikma
Birikkan va jinsga bog‘liq holda irsiylanish bo‘yicha masalalar yecha olish;
irsiy belgilar va kasalliklarning G.Mendel va T.Morgan qonunlariga tegishliligini ajrata bilishni monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish bo‘yicha masalalar yecha olish;