Boshqaruv kasbiy mahorat sifatida


Boshqaruv odobining о‘ziga xos tomonlari



Yüklə 70 Kb.
səhifə3/4
tarix23.10.2022
ölçüsü70 Kb.
#65944
1   2   3   4
Boshqaruv kasbiy mahorat sifatida

3. Boshqaruv odobining о‘ziga xos tomonlari

Insonlar qanchalik tajribali va bilimdon bо‘lsalar ularni odob masalalari shunchalik qiziqtira boshlaydi.


Xodimlarning axloqiy yuksakligi zamonaviy rahbarning boshqaruv faoliyatining muhim sifat kо‘rsatgichi hisoblanadi. Bunga erishish uchun, avvalo, rahbarning ijtimoiy-odobiy tayyorgarligi (nazariy va amaliy) zarur. Ana shu maqsadda boshqaruv odobi tuziladi. Uning mohiyati ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning barcha ishtirokchilarining xulq-atvori tamoyil va meyorlarini asoslashdadir, xizmat huquq va majburiyatiga kasb burchi sifatida munosabatda bо‘lish zarurligidadir.
Boshqaruv odobi ma’muriy va xо‘jalik faoliyatini sifatli ado etishga yо‘naltirilgan nazariy-amaliy etika bilimlari va amaliy tavsiyalar tizimidan iboratdir. Ijtimoiy adolat, shaxs erkinligi, kasbiy pokizalik, mas’uliyatni xis etish, tabiatni asrab-avaylash uning asosiy tamoyillari hisoblanadi. Boshqaruv odobida axloqiy tavsifdagi, shaxs xulq-atvorini о‘rganish bilan bog‘liq meyoriy hujjatlar, boshqaruv faoliyatiga bо‘lgan axloqiy talablar, ishga aloqador etika qoidalari ishlanmalari va menejerning xizmatdan tashqari xulqi, muomala odobi bо‘yicha maslahatlar tо‘plamlari muhim о‘rin egallaydi.
Quyidagilar menejerning asosiy axloqiy qoidalari hisoblanadi:
- odamlarga keng kо‘lamda о‘z foydaliligini namoyon etish uchun hokimiyatga intilishi;
- boshqaruv faoliyatida qatnashish uchun xodmlarni faol jalb etish;
-foydali tanqidni samimiy qabul qilshi va jamoat fikrini hurmatlash;
- bо‘ysunuvchilarga ishongan holda munosabatga moyillik, ularni о‘z hamfikrlari deb bilish.
Axloqiy barkamollik rahbarning ishbilarmonlik sifatlaridan biri hisoblanadi. Rahbarning ishi - kundalik xatti-harakatlar zanjiri, bunda uning bо‘ysunuvchilarga, jamoaga о‘z faoliyatiga munosabati namoyon bо‘ladi. Bu munosabatlar insonni sevishlik, fuqarolik vijdoni, kasb sha’ni kabi axloqiy qadriyatlar asosiga qurilmogi lozim. О‘z xulq atvori bilan rahbar о‘ziga bо‘ysunuvchilarni tarbiyalabgina qolmay, balki «mendek ish tut» tamoyiliga amal qilishga ham о‘rgatadi. Insonlar о‘z rahbarini, avvalo, ular xulqiy jihatlari va odatlariga kо‘ra baholaydilar («ust-boshiga qarab kutib oladilar, aqliga qarab kuzatib qо‘yadilar»).
Rahbarning axloqiy qiyofasi - umumiy, muayyan va о‘ziga xos xulq sifatlar tizimidir.
Quyidagilar umumiy axloqiy sifatlardir:

  • о‘z Vataniga sadoqat;

  • uz xalqining eng yaxshi an’analariga amal qilish va ularni kо‘paytirish;

  • shaxs erkinligini va uning qadr-qimmati daxlsizligini tan olish;

  • insondagi yaxshi xislatlar tuganmasligiga ishonch;

  • kishilar shaxsiy-ishbilarmonlik sifatlari va ular fao-liyatini obyektiv basholash, ular individualligini tan olish;

  • muomalada ochiq kо‘ngillilik va о‘ziga tanqidiy yondashish;

  • tabiatdan tejab tergab foydalanish.

Quyidagilar muayyan axloqiy sifatlar hisoblanadi:

* halollik - ishga astoydil kirishish, ishda talabchanlik va tо‘g‘ri fikrlay bilish;

  • о‘zini tuta bilish - shaxsiy kо‘ngilsizlik va ishdagi muvaffaqiyatsizlikni yengsh kechirish;

  • subutlshik - о‘z axloqiy nuqtai nazarida sobit turish;

  • jamoaviylik - ijtimoiy uyushganlik hissiyoti.

Bu sifatlar rahbar axloqiy qiyofasini belgilaydi.
Quyidagilar о‘ziga xos axloqiy sifatlar hisoblanadi:

  • mehnatsevarlik - jismoniy quvvatni va aqliy qobiliyatni tо‘liq о‘z ishiga baxsh etish;

  • kamtarlik - hokimiyatdan oqilona foydalanish, о‘z yutuq va kamchiliklariga tanqidiy munosabatda bо‘lish;

  • mas’ullik - ishda «tavakkal» qilishdan chо‘chimaslik, sо‘z bilan ish birligi;

  • ochiq kо‘ngillilik - kishilarga beg‘araz yordam kо‘rsatish, ular kamchiliklariga toqat qila bilish va ranjitganlarga kechirimli bо‘lish.

Yuqorida keltirilgan sifatlarning uch guruhi bir-biri bilan bog‘liq va rahbar axloqiy qiyofasi modulini tashkil etadi.



Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin