O’quv kursi loyihalarni tayyorlash va boshqarish bilan shug’ullanadigan o’rta va yirik davlat hamda tijoriy tashkilotlarning rahbarlariga mo’ljallangan
O’quv kursi loyihalarni tayyorlash va boshqarish bilan shug’ullanadigan o’rta va yirik davlat hamda tijoriy tashkilotlarning rahbarlariga mo’ljallangan.
O’quv kursining maqsadi – investitsion loyihalarni tayyorlash va boshqarish bilan shug’ullanadigan yuqori darajali davlat organlari va tijoriy tashkilotlar rahbarlarini bilimi, ko’nikmalari va mahoratlarini oshirish.
O’quv kursi vazifalari:
investitsion loyihalar tuzilmasi va mohiyati to’g’risida aniq va izchil qarashlarni shakllantirish;
loyihaning texnik – iqtisodiy asoslarini yaratishning moduli va usullari bilan tanishish;
xalqaro investorlar uchun investitsion loyihaning taqdimotini tayyorlashning jihatlari yuzasidan bilim va ko’nikmalarni olish;
Xalqaro, mahalliy va mintaqaviy investitsion forum, konferensiya va boshqa tadbirlar o’tqazishning asosiy jihatlarini o’rganish
O’quv kursi dasturi quyidagi mavzularni o’z ichiga oladi:
investor qiziqishi va investitsion loyihaning hayotiy sikli;
investitsion taklif va TEO loyihalarni tayyorlash;
xalqaro investorlar bilan aloqa etikasi (munozara o’tqazish);
Investitsion tadbirlarni samarali o’tqazish.
O’quv kursini yakunlagach bitiruvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: auditoriya ahamiyatini inobatga olgan holda loyihaning taqdimotini o’tqazish yo’llari; loyiha boshqaruvining obyekti va subyekti; investitsion loyihaning hayotiy sikli va fazalari; loyiha boshqaruvining bosqichlari va jarayonlari; loyiha jamoasi ishini boshqarish, reja qilish va tashkil qilishni o’rganish; samarali loyiha mezonlarini aniqlash, mezonlarni aniq loyihalarga qo’llash, kamchiliklarni aniqlash; qatnashchilar va ularning vazifa va majburiyatlarini aniqlash; loyiha TEO sini tuzish; loyihada jamoa bilan ishlash qobiliyati va loyiha hujjatlarini tahlil qilish.