Boshqaruv qarorlarini qabul qilish reja: Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari. Ishlab chiqarish zararsizligini tahlil etish



Yüklə 148,48 Kb.
səhifə4/7
tarix18.05.2023
ölçüsü148,48 Kb.
#116488
1   2   3   4   5   6   7
Boshqaruv qarorlari

Zararsizlik nuqtasi korxona daromadlari uning xarajatlarini to‘liq qoplash nuqtasi bo‘lib, moliyaviy natijalarni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.
Baholar, korxona xarajatlari, mahsulotni sotish hajmi va tarkibiga oid har bir qabul qilingan qaror pirovard-natija korxona moliyaviy natijasida namoyon bo‘ladi.
“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  1. ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish;

  1. xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi va foydaning o‘zaro bog‘liqligi ta’siri natijasida xarajatlarning qanday o‘zgarishi mumkinligini aniqlash;

  1. korxona rahbarlarining qisqa muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilishlariga ko‘maklashish;

  1. korxonani istiqbolli rivojlantirish imkonini beradigan variantlar orasidan eng maqbulini tanlash va h.k.

“Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda” tahlili tizimi nafaqat kichik tadbirkorlik sub’ektlari, balki yirik korxonalar rahbarlari uchun ham ishonchli boshqaruv qarorlari qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimida xarajatlar, ishlab chiqarish jarayonlari va moliyaviy natijalar bog‘liqligiga ta’sir etuvchi turli xil omillar o‘rganiladi. Bu holat korxona menejerlarini muntazam ravishda sotish bahosi, o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar, resurslarni sotib olish va ulardan oqilona foydalanish borasida qarorlar qabul qilishi zarurligi bilan ifodalanadi.
CVP-tahlili marjinal daromad, rentabellik ostonasi (zararsizlik nuqtasi), ishlab chiqarish dastagi va chidamlilikning marjinal zaxirasi kabi asosiy elementlardan iborat.
Marjinal daromadkorxonalarda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olinadigan tushum va ularni ishlab chiqarish tannarxi summasi o‘rtasidagi tafovutni ifodalaydi.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisoblash uchun korxonalarda marjinal daromad hajmi va koeffitsiyenti ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.

Yüklə 148,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin