1. Ilmiy asoslangan boʼlishi lozim. Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa sotsial qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi va aniq boʼlishi lozim.
2. Bir-biri bilan aloqador va yakdil boʼlishi kerak. Muayyan vazifani hal etishda koʼpincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qoʼshimcha vazifalarni hal etishga toʼgʼri keladi. Bu vazifalar qdror qabul qilinayotgan bosh vazifaga boʼysundirilishi lozim. Barcha qaror, koʼrsatma, qoidalar bir-biri bilan bogʼlanadi. Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi.
3. Huquq va javobgarlik doirasida boʼlishi lozim. Rahbar qarorni oʼziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin.
4. Аniq va toʼgʼri yoʼnalishga ega boʼlishi kerak. Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli boʼlishi lozim.Qarordan bir necha maʼno kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yoʼl qoʼymaslik kerak.
5. Vaqt boʼyicha qisqa boʼlishi kerak. Аxborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6. Vaqt boʼyicha aniq boʼlishi lozim. Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq koʼrsatilishi kerak. Аks holda uning baj arilishini obʼektiv
nazorat qilish imkoniyatiga ega boʼlinmaydi.
7. Tezkor boʼlishi kerak. Har qanday qaror oʼz vaqtida, yaʼni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning oʼzida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir.
8. Samarali boʼlishi lozim. Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qoʼyilgan maqsadga eng kam xarajat bilan erishish tushuniladi.