Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 27,15 Kb.
səhifə5/8
tarix24.12.2022
ölçüsü27,15 Kb.
#77678
1   2   3   4   5   6   7   8
12 мавзу (2)

Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xoʼjalik faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, toʼqqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol boʼla oladi.
Vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biron sababga koʼra qabul qilinadi. Masalan, shahar transport xizmatining samaradorligini aniqlash maqsadida biror-bir avtobus marshurutidagi harakatni kuzatish boʼyicha qabul qilingan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Yakkaboshchilik asosidagi qarorlar koʼp hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda oʼzini koʼrsatish maqsadida qabul qiladi.
Yakdillik asosidagi qarorlar. Bu tamoyil mohiyatiga koʼra ilgari surilayotgan muqobil fikrni soʼzsiz qoʼllab quvvatlashdan iborat.
Kollegiallik (koʼpchilik) tamoyili “koalitsiyalar”, yaʼni turli itifoq yoki birlashmalar maʼlum boʼlib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yoʼliga oʼtiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun koʼpchilikning ovoziga tayaniladi. Koʼpchilik hollarda yarmidan koʼp ovoz gohida tamoyilial masalalar yuzasidan meʼyor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili. Konsensus — bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha bahsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelishishdir. Konsensusga oʼzaro fikr almashish va maslahat, shuningdek ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qoʼllash yordamida erishiladi. “Ringi” usuli yapon biznesida keng qoʼllaniladigan usuldir. Bu usulga koʼra majlislarda emas, balki soʼrab chiqish yoʼli bilan rozilik olish fondsida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi
Standart, ba`zan dasturiy qarorlar - bu qarorlarning o‘zini ishlab chiqish va
uni qabul qilish jarayonidagi qarorlardir.
Nostandart qarorlar - bu eng murakkab, asosiy qarorlar. Hal qilinadigan muammoga ijodiy yondashish uchun kengligi bilan ajralib turadi. Ijodiy qarorlar xar doim jadallik va yangilikda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 27,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin