Tashabbusli qarorlar oʼz tavsifiga koʼra novatorlik mazmuniga koʼra istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil oʼrganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.
Аnʼanaviy qarorlar -- bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldiqdan maʼlumdir.
Bunga, korxonaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol boʼla oladi.
Tavsiyali qarorlar oʼz mohiyatiga koʼra tashabbusli qarorlarga yaqin boʼlib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar oʼz aksini topadi.
Аniq qarorlar toʼla-toʼkis axborot mavjud boʼlgan holdagina qabul qilinadi. Shu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin boʼladi.
Noaniq qarorlar — bu tavakkal bilan — toʼla boʼlmagan axborotga asoslanib qabul qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati boʼlmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Masalan, Mudofaa vazirligining eng yangi, murakkab qurolni yaratish toʼgʼrisidagi loyihani tasdiqlash boʼyicha qabul qilingan qarori, odatda noaniq qaror shaklida boʼladi. Chunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali yoki samarasizligi, uning, qanchalik puxta yaratilganligi, nechogʼlik moʼljalni oqlaganligi bilan isbotlanadi.
Vaqtinchalik qarorning amal qilishi maʼlum muddat bilan cheklanadi yoki doimiy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram munosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi boʼyicha chiqarilgan buyruq shunday qarorlarga misol boʼla oladi.
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir boʼlgan hollarda uni bartaraf qilish boʼyicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.