12.4. Qarorlarni muvofiqlashtirish prinsiplari Menejmentga qarorlarni qabul qilish xos, chunki xar bir rahbar faoliyati, u qabul qilgan qarorlarda aks etadi.
Boshqaruv qarorlarining asosi deb optimal variantga eng yaqin bo‘lgan, eng zo‘r variant qabul qilinadi. Bu variant mehnatni, moliyaviy-texnik resurslarni va vaqtni eng kam sarf qilingan holda, korxonadagi mavjud holat haqidagi mantiqiy axborotlarni yigib, taxlil qilish orqali kelib chiqadi.
Qabul qilingan qarorlarning maqsadga muvofiq xolda bajarilishi uchun ishlab chiqarish jarayonida mahsus maqsadga yo‘naltirilgan dasturlar, tarmoqli grafiklarni, matristali boshqaruv tizimini ishlab chiqarish zarur. Bu marosimlarning 3 ta guruhga ajratish mumkin:
qarorlarni o‘z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish;
Birinchi guruh. Qarorlarni o‘z vaqtida bajaruvchilarga etkazib berish. Bu erda uni o‘z xoliga tashlash mumkin emas. Qarorlarni bajaruvchilarga bir oy-ikki oyda etib borishini kuzatish mumkin. Bu xolda u o‘z faolligini va mazmunini yo’qotadi. CHunki u kech etib boradi.
Bajaruvchilarning fikrlarini keng tarqalgan shakllaridan biri ularni qaror qabul qilishga jalb qilish. SHu asosda ishlab chiqarishning ishtirokchilari qaror konstepsiyasi va masalalar echimlari bilan tanishadilar. CHunki ular ishlab chiqarish jarayonini chetdagilarga qaraganda yaxshiroq bilishadi.
Ikkinchi guruh - bu kadrlar va resurslar manyovri shuningdek operativ rezervlar. Har bir echim moddiy ta`minotga muxtoj bo‘lib, odamlarning qayta orientastiyasi va ularning qayta tayyorlashga va almashtirishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun ishlab chiqarishdagi yirik dasturlarning realizastiyasi va ishlab chiqarishni qayta qurish ishlarining uslub va formalarini keskin o‘zgarishiga olib keladi. Bu kadrlar strukturasiga xam ta`sir ko‘rsatadi.
Uchinchi guruh - bu nazorat, ya`ni chuqur malakali taxlil. Tizimli nazoratsiz yuqori natijalarga erishib bo‘lmaydi. Boshqaruvning yuqori darajasida, bunday nazoratni tashkilot aniq maqsadga va kerakli mexanizmga erishish uchun talab qiladi.