Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor boʼlib, barcha boʼgʼinlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqgi, ish haqini toʼlash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli boʼlib, korxonaning muayyan bir boʼlimi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Jamoa qarorlari mansab yoki xodimlardan qat`iy nazar butun ishtirokchilar tomonidan umumiy majlisda ishlab chiqariladi.
Bozor munosabatlari mezonida boshqaruv qarori menejmentning bosh omili hisoblanadi, tarmoq taraqqiyotining butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolari kesishadi va bir joyda to‘planadi. Boshqaruv qarorlarining samarasiga bir qator omillar ta`sir ko‘rsatadi:
qarorni ishlab chiqishdagi sharoitning axborot ta`minoti;
tashkiliy xarakter omillari (qarorni ishlab chiqishda mutaxassislarni taklif qilish, usullar tizimi va qabul qilingan qarorni bajaruvchilarga etkazish shakli, nazorat tizimi va x.k.);
texnik omillar (EXM texnik fondlaridan foydalanish va x.k.);
qarorni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishdagi vaqtinchalik omillar.
Menejment amaliyotida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llashning ko‘plab shakl va metodlari yigilgan. Savollarning murakkabligi va mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishdadan oldin rahbar quyidagilarni aniqlab olish shart:
xarakat maqsadi va unga erishish yo‘llari;
muammoning muxim taraflarini;
kerakli moddiy, pulli va mehnat resurslarini;
bajaruvchilarning vazifalarini;
vazifa bajarilishini tashkil etish tartibini.
12.2. Qaror qabul qilish jarayonining mohiyati Qaror ishlab chiqish va qabul qilish - bu shunday boshqaruv faoliyatining asosiy shakliki, u rahbar mehnatining mazmuni, uning jamoaga maqsad sari yo‘naltirilgan xarakat jarayonidir.
Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish. Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qoʼyilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va koʼlamiga koʼra xilma-xil va ancha murakkabdir.
Qarorni ishlab chiqish jarayonida quyidagi savollarga javob topish lozim boʼladi: • Nima qilish kerak? • Qanday xarajat (resurslar) evaziga? • Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak? • Kim uchun bajarish kerak? • Qanday mudatda bajarish lozim? • Kim tomonidan bajarilishi kerak? • Qaysi joyda bajarish lozim? • Kanday (iqgisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi?
Qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahlil qilish va vazifani aniqlab olishdan boshlanadi. Vaziyatni tahlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab qiladi:
• tahlil qilinayotgan obʼekt holatini, uning sifat jihatlarini, resurslar bilan taʼminlanganligini tahlil qilish;
• mazkur obʼekt samaradorligini eng yuqori samaraga ega boʼlgan oʼxshash obʼekt bilan taqqoslash;
• taqqoslanayotgan obʼektlar koʼrsatkichlari oʼrtasidagi tafovutlar sababini aniqlash;
• adabiyotlar manbaini, ilmiy-tadqiqot ishlari boʼyicha hisobotlarni, isteʼmolchilar imkoniyatlari va shu kabilarni tahlil qilish;
• ishlab chiqaruvchi va raqobatchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish;
• mazkur obʼektning taraqqiyot yoʼnalishlarini shakllantirish va h.k.
Har bir murakab qarorlarni qabul qilish jarayoni o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
maqsadni aniqlanishi, muammoni tushunish va kerakli axborotni yigish;
yig‘ilgan axborotni klassifikatsiya qilish, taxlil qilish va baholash, ya`ni axborotni qayta ishlash;
qarorlarni turli variantlarini ishlab chiqish;
variantlarni taxlil qilish, muxokama qilish va baholash;