amaliy mashg‘ulot. (2 soat)
BOSHQARUVNING ASOSIY USULLARI. BOSHQARUV VA QAROR
QABUL QILISH JARAYONLARI
Maqsad:
Boshqaruvning iqtisodiy usullari, boshqaruv jarayonining
mazmuni, qaror qabul qilish strukturasi va jarayoni .
Zarur adabiyotlar va jihozlar:
1. N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O‘rinov, Sh.N.Xayitov. MENEJMENT (o’quv
qo’llanma). T.: «TAFAKKUR-BO‘STONI», 2012 – 312 b.
2. Qosimova D. S. Menejment nazariyasi: Darslik - Toshkent, «Tafakkur-
bo‘stoni». 2011. 336 b.
3.
http://staff.tiiame.uz/storage/users/14/books/Qosimova D.S. Menejment
nazariyasi.pdf
Ishning mazmuni:
4.1. Boshqaruvning iqtisodiy usullari
Bu harajatlar va natijalarni muayyan solishtirish yordamida ijrochilarga ta’sir
ko‘rsatish usul va uslublaridir (moddiy rag‘batlantirish va jarimalar, moliyalashtirish
va kreditlash, ish haqi, tannarx, foyda, narx). Bunda jarayon ishtirokchisi o‘zining
shaxsiy manfaatlaridan tashqari jamiyatning manfaatlari, guruh manfaatlarini ham
ko‘zlab ish tutishini hisobga olish kerak.
Bu yerda boshqaruvning asosiy usullari sifatida ijrochining faoliyat natijalari
bilan maksimal darajada bog‘liq bo‘lishi lozim bo‘lgan mukofotlash va ish haqi
tizimi namoyon bo‘ladi. Menejer mehnatiga haq to‘lashni uning javobgarlik
sohasidagi faoliyati natijalari yoki butun tashkilot faoliyati natijalari bilan bog‘lash
maqsadga muvofiq.
Boshqaruvning tashkiliy-idora usullari. Bu usullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatish usullari bo‘lib, majburiy, buyruq harakteriga ega hisoblanadi. Ular
intizo’l, javobgarlik, hokimlik va majbur qilishga asoslanadi.
Tashkiliy usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tashkiliy loyihalashtirish,
- reglament belgilash,
- bir me’yorga keltirish.
Bunda bajaruvchi muayyan shaxslar va muayyan bajarish muddatlari
ko‘rsatilmaydi.
Idora usullarida (buyruq, ko‘rsatma, instruktaj) muayyan bajaruvchilar va
bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
Tashkiliy usullar namunaviy vaziyatlarga, idora usullari esa ko‘proq muayyan
vaziyatlarga asoslanadi. Odatda idora usullari tashkiliy usullarga asoslanadi.
Tashkiliy reglament belgilashning mohiyati bajarish uchun majburiy bo‘lgan
hamda tashkiliy faoliyatning mazmuni va tartibini belgilab beruvchi qoidalarni
(korxona haqidagi qoidalar, tashkilot nizo’li, firmadagi ichki standartlar, qoidalar,
yo‘riqno’lalar, rejalashtirish va hisobga olish qoidalari va hokazo).
Tashkiliy bir me’yorga solish tashkilot faoliyat jarayonlarida resurslar
harajatlari me’yor va normativlarini qamrab oladi.
Reglament belgilash va bir me’yorga solish yangi va faoliyat ko‘rsatayotgan
firmalarni tashkiliy loyihalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Idora usullari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- buyruq,
- qaror,
- farmoyish,
- instruktaj,
- ko’landa,
- tavsiya.
Ishlab chiqarishni boshqarish ishlab chiqarish jarayonidagi tashkiliy, mulkiy,
mehnat va boshqa munosabatlarga taalluqli bo‘lgan huquqiy me’yorlar aosida
amalga oshiriladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari. Boshqaruv jarayoni ishtirokchilari
odamlar bo‘lishi sababli ijtimoiy munosabatlar va ularni aks ettiruvchi mos keluvchi
boshqaruv usullarining ahamiyati katta bo‘lib, ular boshqaruvning boshqa usullari
bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi.
Ular qatoriga quyidagialrni kiritish mumkin:
- axloqiy rag‘batlantirish,
- ijtimoiy rejalashtirish,
- ko‘ndirish,
- ishontirish,
- shaxsiy namuna,
- shaxslararo va guruhlararo munosabatlarni tartibga solish,
- jamoada axloqiy muhit yaratish va qo‘llab-quvvatlash.
4.2. Boshqaruv jarayonining mazmuni
Boshqaruv jarayoni ma’lum bir tizimga birlashtirilgan bosharuv subyektlari
tizimi bo‘lib, boshqaruv usullaridan foydalangan holda belgilangan funksiyalarni
amalga oshirish yo‘li bilan tashkilotning maqsadlariga erishishga yo‘naltiriladi.
Qoidaga ko‘ra, tashkilotni boshqarish usullari juda rangba-rang, ko‘p o‘lchamli
va murakkab strukturaga ega bo‘ladi (ko‘p sonli bosqichlardan iborat bo‘ladi).
Umumiy ma’noda boshqaruv jarayoni boshqaruv sikllariga birlashuvchi umumiy
boshqaruv funksiyalaridan iborat.
Boshqaruv jarayonida qarornig o‘rni.
Qaror bu butun boshqaruv jarayonining asosini tashkil qiladi. Aytish
mumkinki, menejer kasbining mohiyati qaror qabul qilishdan iborat.
Bu tushuncha keng ma’noda qarorni tayyorlashni (rejalashtirish) qamrab olsa,
tor ma’noda muqobil variantlar to‘plamni anglatadi. Istiqbolli rejalashtirish
doirasida asosiy qarorlar (nima qilish kerak?) qabul qilinadi, keyin esa joriy
rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiyalag, tartibga solish, muvofiqlashtirish va
rejalarni o‘zgartirish jarayonida tor ma’noli qarorlar (qanday qilib?) qabul qilinadi.
Amaliyotda qaror qabul qilish muammosi vaqtning kutib turmasligi, qaror
qabul qilish uchun axborot yoki malakaning etishmasligi, usullarning ishonchli
emasligi, menejerlarning kundalik ishlarga moyilligi, qaror qabul qiluvchi shaxslar
o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Boshqaruv
jarayonida qabul qilinuvchi barcha qarorlarni ko‘plab belgilar bo‘yicha tasniflash
mumkin:
- qaror obyekti bo‘yicha (asosiy strukturaviy yoki vaziyatli maqsad yoki
vositalarga yo‘naltirilgan);
- boshlang‘ich axborotning ishonchliligi bo‘yicha (ishonchli, riskli va
ishonchsiz axborot asosida);
- amal qilish muddati bo‘yicha (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli);
- rejalashtirish ierarxiyasi bilan aloqa bo‘yicha (strategik, taktik, operativ);
- takrorlanish tezligi bo‘yicha (tasodifiy, takrorlanuvchan, kundalik);
- ishlab chiqarish miqyosi bo‘yicha (butun tashkilot uchun, tor ixtisoslashgan);
- qabul qilish jarayonidagi qarorlar soni bo‘yicha (statik, dinamik, bir va ko‘p
pog‘onali);
- LPR (bir kishi to’lonidan, guruh bo‘lib, menejerlar to’lonidan, ijrochilar
to’lonidan);
- ma’lumotlar o‘zgarishini hisobga olish bo‘yicha (qat’iy, moslashuvchan);
- mustaqillik darajasi bo‘yicha (avtono’l, bir-birini to‘ldiruvchi);
- murakkabligi bo‘yicha (oddiy va murakkab).
Firmalar menejerlari to’lonidan qabul qilinuvchi eng tipik qarorlarni
quyidagicha tasniflash mumkin (1983 yilda Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar):
- vaziyatli, kundalik, idoraga oid qarorlar;
- o‘rtacha murakkablikdagi qarorlar (faoliyat sohasidagi joriy aniqlashtirishlar,
stress ostida va vaqt kamligida qabul qilingan qarorlar, istisno holatdagi qarorlar);
- innovatsion va belgilab beruvchi qarorlar.
4.3. Qaror qabul qilish strukturasi va jarayoni
Qaror qabul qilish jarayoni ko‘p jihatdan uning strukturasi aniqligiga
asoslanadi.
Strukturasi aniq aks ettirilgan qaror 4.1-rasmdagi ko‘rinishga ega bo‘lishi
mumkin.
M aqsadlar
Qaror
Qarorlar
matritsasi
M a’lumotlar matritsasi
Riskni
baholash
M uqobil
variantlar
4.1-rasm. Aniq strukturalangan qaror
D bashorat qilinuvchi ma’lumotlar paketi bo‘yicha A muqobil qarorlar uchun
K bashorat qilinuvchi natijalar hisoblab chiqilishi mumkin. Keyin esa riskni hisobga
olgan holda A maqsadga eng yaxshi tarzda mos keluvchi A
opt
muqobil variant tanlab
olinadi.
Aniq strukturalanmagan qaror 4.2-rasmda aks ettirilgan. Qabul qilingan qaror
LPRga ham ta’sir ko‘rsatadi (javobgarlik, intuitsiyaning kuchayishi, tajriba
orttirish).
Dostları ilə paylaş: |