3
solish.
Rejalashtirish
boshqarishning
strategiyasi
hisoblansa,
muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qiladi.
Nazorat.
Bu
funktsiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”, “ilintirish” emas,
balki
boshqaruv ob’ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish,
tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o’z vaqtida sozlab
turishdir. Nazorat o’rnatilgan me’yoriy hujjatlardan, rejalardan og’ishlarni,
ularning joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Rag’batlantirish (motivlashtirish).
Bu
kishilar harakatiga maqsad va yo’nalish
beradi. Ayniqsa,
ishlovchilarni faollashtirish, ularni ko’zlangan maqsadlarga
erishish uchun samarali mehnat qilishga undash va jalb qilish maqsadlariga
ega.
Marketing.
Bu funktsiyalar firmani boshqa aniq funktsiyalari, ya’ni ishlab
chiqarish, kadrlar, moddiy texnika ta’minoti,
moliyaviy, buxgalteriya hisobi
funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi. Marketing tarkibiga bozorni
o’rganish, iste’molchi buyurtmasiga ko’ra
mahsulotlar assortimentini
rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab
chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati
kiradi.
Demak, boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish,
uni rarbatlantirish bilan davom ettirilib, nazorat va marketing bilan tugaydi. Bu
yerda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida o’z aksini topadi.
Boshqarish
funktsiyasini
tasniflashning
ikkinchi
yondoshuvida
boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi.
Bunda bir
Dostları ilə paylaş: