211
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
O‘ZBEKISTONDA SAYLOV QONUNCHILIGINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
To‘rayev Furqat Xolmatovich
Surxondaryo viloyati Yuridik texnikumi II kurs
"Davlat huquqiy faoliyat" yònalishi 6-20 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6645082
Annotatsiya: Maqolada respublikamizda saylov qonunchiligining rivojlanish
yo’li, tariхiy xususiyatlari, ilg‘or jahon tajribasi hamda
demokratiya tamoyillari
ustivorligiga erishish usullari, milliy saylov qonunchiligini shakllantirishda
muhim
omillari, saylov qonunchiligini kodifikatsiya qilish yoʻllari, Saylov
kodeksi qabul qilish bosqichlari aks ettirilgan.
Kalit so’zlar: Saylov, demokratiya, kodifikatsiya, kodeks, siyosiy partiyalar.
Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi munosabati bilan saylov huquqini
rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Saylov
qonunchiligi хozirgi kunda
takomillashuv jarayonini boshdan kechirmoqda, uning mukammal bo‘lishi
uchun yetakchi demokratik mamlakatlarning tajribasidan ijobiy jihatlari
olinmoqda. Har qanday qonun uchun eng asosiy
narsa uni amaliyotga tatbiq
etish meхanizmidir. Shuning uchun qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni
bilan birga amalga kiritish meхanizmlarini ham mukammal darajada
takomillashtirishimiz lozim. Bunda milliy davlatchiligimiz
tariхiy hususiyatlari
va saylovlarni o‘tkazishda ilgari to‘plangan ijobiy tajribaga suyanib, yo‘l
qo‘yilgan nuqsonlarni takrorlamaslik, ilg‘or jahon
tajribasi hamda demokratiya
tamoyillari ustivorligiga erishish g‘oyat ma’suliyatli vazifadir.
Demokratik davlatda va jamiyatda xalqning xohish-irodasi birlamchi manba
sifatida e'tirof etiladi va unga og'ishmay amal qilinadi. O'zbekiston
Konstitutsiyasining 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir
manbai”, 32-moddasida esa “O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va
davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari
orqali ishtirok etish
huquqiga ega” ekani mustahkamlab qo'yilgan. Mazkur huquqlar aynan
saylovlarda o'zining amaliy ifodasini topadi. Konstitutsiyada saylov masalalariga
maxsus bob bag'ishlangani mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligini
shakllantirishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qildi. Ushbu konstitutsiyaviy
qoida
mustaqil
O'zbekistonda
saylov
qonunchiligini
muntazam
takomillashtirishda ham muhim omil bo'lmoqda.
Shu nuqtai nazardan, so'nggi
yillarda saylov qonunchiligi va amaliyotida ro'yobga chiqarilgan o'zgarishlarga
e'tibor qaratsak, milliy saylov tizimida izchil ravishda amalga oshirilay otgan
islohotlarning yuksak samaralari namoyon bo'ladi.
Keyingi olti yilda
O'zbekistonda ikki marta parlament va ikki marta prezident saylovi o'tkazildi.