Bosqichli nazorat imtihon


-BILET 24.1. Timer obyekti va uning xossalari haqid ma‟lumot bering.  Timer obyektining xossalari



Yüklə 145,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix07.01.2024
ölçüsü145,25 Kb.
#208048
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
10-sinf-informatika-imtihon-javoblari

24-BILET
24.1. Timer obyekti va uning xossalari haqid ma‟lumot bering. 
Timer obyektining xossalari. 
Ba‟zan ilovada vaqtga bog„liq amallarni bajarishga to„g„ri keladi. 
Masalan, ilovada joriy vaqtni ko„rsatuvchi soat bo„lsa, har sekundda ko„rsatilayotgan vaqtni 
yangilab turish kerak. Aks holda soatdagi vaqt orqada qolib ketadi. Test dasturida topshiriqni 
bajarish uchun ma‟lum vaqt ajratiladi. Bu vaqt tugagach, test topshirish ham tugaydi. Taqdimotda 
har o„n (yoki yigirma) sekunddan keyin yangi varaq ekranga chiqariladi. Animatsion ilovalarda 
harakatlanayotgan shaklning holati sekundiga bir necha marta yangilanib turadi.
Bu misollarning barchasida Timer (taymer deb o„qiladi) obyektidan foydalaniladi. Taymer 
obyektining o„ziga xos xususiyati uning ekranda ko„rinmasligidir. Shunga qaramay, agar taymer 
faol holatda bo„lsa, u berilgan vaqt oralig„i o„tishini kutadi. Bu vaqt oralig„i o„tgach, ilova o„z ishini 
vaqtincha to„xtatib, taymerning maxsus protsedurasi bajariladi. Bu protsedura bajarilgach, ilova 
yana o„z ishini davom ettira veradi.
Taymer obyekti obyektlar panelining System (Tizim) jildida joylashgan. 
24.2__
 
 
24.3__
 
 
25-BILET
25.1. SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari haqida ma‟lumot bering. 
SpinEdit boshqarish obyekti va uning xossalari. 
Oldingi ilovalarda sonli kattaliklarni kiritish 
uchun Edit obyektidan foydalangan edik. Undan foydalanganimizda kiritilgan kattalikni matn satri 
turidan butun son turiga o„tkazishga to„g„ri kelgan edi. Agar unga sonni kiritishda xatoga yo„l 


@Official_AKT Telegram kanali
qo„yilsa, masalan, 3 o„rniga uch ni kiritsak, ilova o„z ishini to„xtatib, xato to„g„risida xabar 
chiqaradi.
SpinEdit (sonni kiritish maydonchasi) obyekti butun sonlarni kiritish uchun mo„ljallangan. Unda 
avvaldan belgilab qo„yilgan oraliqdagi butun sonni kiritish imkoniyati mavjud. Bu ilovalar uchun 
juda qulay. Yuqoridagi rasmda bu obyektlardan ikkitasi yashil hoshiyaga olingan.
SpinEdit obyekti obyektlar panelining Samples (Namunalar) jildida joylashgan. Bu jild ekranda 
ko„rinmaydi. Uni ko„rish uchun jildlar ro„yxati oxiridagi uchburchak ko„rinishidagi tugmalardan 
ikkinchisini bir necha marta bosish kerak 
25.2__
25.3__

Yüklə 145,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin