MAKTABGACHA TA'LIM KONSEPSIYASI Respublikada ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish ish- lari jadal sur'atlar bilan olib borilmoqda. Bu borada qabul qi- lingan huquqiy-me'yoriy hujjatlar mohiyatini chuqur anglab yetish bilan bog'liq faoliyat turlari muvofiqlashtirildi. Uzluksiz ta'limning barcha bosqichlari
qatorida maktabgacha ta'limning milliy modelini aks ettiruvchi Maktabgacha ta'lim konsepsiya- si ishlab chiqildi.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - bu maktabgacha ta'lim tizimini rivojlanishi va uning ta'lim tizimidagi ustuvorligini ta'minlovchi Konseptual Nizomdir.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - maktabgacha ta'limning xalqaro andozalarga mos zamonaviy yangilanish tamoyillari va modellarini yorituvchi huquqiy-me'yoriy hujjatdir.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi - maktabgacha ta'limni 2008-2020 yillarga mo'ljallangan takomillashuv strategiyasini belgilab beruvchi nazariy asosdir.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasining huquqiy-nazariy asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda ilgari surilgan ilg'or ilmiy g'oyalar tashkil etadi.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi nazariy jihatdan quyidagi ustuvor tamoyillarga:
Maktabgacha ta'lim jarayonida bolaga ta'lim-tarbi- ya berishda shaxsga yo'naltirilgan ta'iim modeli ustuvor sanaladi.
Shaxsga ongli ravishda yondoshishnining maqsadi rivoj- lantirish, uni berilgan standart va bosim ostida "o'zgartirish emas" balki uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qilish uchun sharoit yaratishni ko'zlaydi.
Bu tamoyilda - pedagog faoliyatining vositasi sifatida emas, balki uning shaxsiy tatbiq etish vositasi sifatida namoyOn bo'ladi.