Tayanch tushunchalar: Milliy model - Kadrlar tayyorlashning milliy modeli (KT- MMJning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: shaxs; davlat va jamiyat; uzluksiz ta'lim; fan; ishlab chiqa- rish; ta'lim- tarbiyaning uzviy bog'liqligini ta'minlash va bu ja- rayon har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligidadir.
Uzluksiz ta'lim -Milliy modelning tarkibiy qismi bo'lib, quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: maktabgacha ta'lim; umumiy o'rta ta'lim; o'rta maxsus kasb'hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta'lim. Uz- luksiz ta'lim - malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash- ning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlari, DTSni o'z ichiga ola- di.
Ilmiydaraja- muayyan fan sohasidagi mutaxassisning il- miy malakasi darajasi
Nazorat uchun savollar: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifa- sini tushuntiring.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi nechta bosqichni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli va uning asosiy komponentlari.
Maktabgacha ta'lim konsepsiyasining maqsad va vazifala- rini izohlang?
Ilk qadam o'quv dasturining asosiy g'oyasini yoritib be- ring?
"∏k va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari"ning maqsad va vazifalari nima- larga asoslangan?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining asosiy yo'nalishlari nechta katta sohadan iborat?
8 ta
10 ta
v) 5 ta g)4ta
"Ilk qadam” dasturi qaysi hujjat asosida ishlab chiqilgan?
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari
kadrlar tayyorlash milliy dasturi
v) Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risidagi N1- ZOM
g) "Ta'lim” to'g'risidagi qonun;
Ilk qadam dasturining maqsadi....
a) maktabga jismonan sog'lom, aqlan va manan yetuk;
b] jamiyatning turli a'zolari bilan muloqotda bo'la oladigan
v) bolani maktab ta'limiga tayyorlash; hayotga ijtimoiy ji- hatdan moslashtirish;
g) hamma javoblar to'g'ri
Kadrlar tayyorlash tizimini tubda∏ isloh qilish omillari qaysi qonunda belgilab berilgan?
"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
v) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
g) "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi Nizomda