Bo’ston axborot komunikatsiyalar texnikumi MTT da metodik ishlar yo’nalishi
Mustaqil ish
Guruh: ___________________________
Fan nomi: _________________________
Topshiruvchi: ______________________
Qabul qiluvchi: _____________________
Ta`limni tashkil etish vazifalari.Maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo`nalishlari.
Reja:
O’zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyoti.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tizimining vujudga kelishi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanishining asosiy bosqichlari.
“Maktabgacha tarbiya bo`limi to’g’risida”gi nizomning qabul qilinishi.
Tayanch atamalar: “Maktabgacha tarbiya bo`limi to’g’risida”gi nizom, “Jamiyati hayriya”,
bolalar yetimxonalari, yasla, “Bog`dorchilik” jamiyati, bolalar maydonchasi.
O’rta Osiyoda XIX asrning 80-90 yillariga kelib, bolalar maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g’oyalari yetila boshlandi. O’sha davrda taraqqiyparvarlik kayfiyatidagi mahalliy ziyolilar mehnatkash ayollarning og’ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko’rib, ularning qismatni yengillashtirishga inyila boshladilar. Bu ziyolilar vakillari 1871-yilda Turkistonda tuzilgan “ Jamiyati xayriya” tarkibiga kirgan edilar. “Jamiyati hayriya”tashkiloti tomonidanmiskinlar uylari, tunash joylari, tug’ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo’lmagan bolalar uchun yetimxonalarni tashkil etdi.Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni butun Turkistonda tuzilgan taxminan 150-200 kishini o’z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshli bolalardan tartib maktab yoshidagi bolalarni ham amrab olgan.1896-yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag’allarning bolalari uchun “yasla’lar deb ataladigan muassasalarni tuza boshladi. Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo’yi yaslada bo’lishar va uch marta ovtlantirilar edi. Yasla ishlarini
nazoratchi ayol boshargan, xizmat qiluvchi hodimlar ham bo’lgan. Bu muassasada duolar o’qishga (duogo’ylikka) qat’iyat bilan o’rgatilgan. Shuningdek bolalarni oddiy o’qishga, yozishga, sanashga, toqishga, to’r to’qishga, tikishga va boshqa hunarlarga o’rgatilgan. Butun o’lka bo’ylab shunday yaslalardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi.Turkistonda kambag’allarning bolalari uchun Toshkent,
Samarqand, Sirdaryo, Namangan yetimxonalar tashkil etilgan.Imtiyozli sinflarning bolalari uchun 1891-yilda “bog’dorchilik” jamiyati tomonidan Toshkent istirohar bog’ida Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun “ Bolalar maydonchasi xilida” birinchi bolalar bog’chalar ochildi. Bolalar bog’chasi uchun istirohat bog’I maydonidan sersoya joy ajratib beridi. Maydonchada arg’imchoq, qayiqlar, katta arg’imchoq (ustunga osilgan) o’rnatildi va xilma-xil o’yinchoqlar tayyorlandi. Maydonchada gulzor katta o’rinni egallab, bolalar o’zlari o’simliklarni parvarish qilishardi.
1891-1903-yillar davomida mablag’ yo’qligi sababli bog’cha bir necha marta yopilgan. Ta’lim- tarbiyaga oid ilg’or g’oyalarning ta’siri ostida Toshkentda 1903-yil fevral oyida “Oilaviy ta’lim- tarbiya to’garagi” tashkil qilindi. To’garak harbiy Ministr va Xalq maorifi tomonidan tasdiqlangan Ustav asosida ish boshladi. U o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
Bolalarga ta’lim-tarbiya berish usullarini rivojlantirish va takomillashtirishda yordam berish;
Pedagoglar bilan ota-onalarni va bolalar trbiyasi ishini boshqaradigan kishilarni(oila, maktab va bolalar bog’chasining yagona tarbiyaviy ta’sir etishini belgilash maqsadida) bir-birlariga yaqinlashtirish.
Bu to’garakning maktabgacha seksiyasi ham faoliyat ko’rsatgan. Ta’lim-tarbiya to’garagi yuzaga kelgunga qadar bolalar bog’chasining tarbiyaviy ishida muayyan peagogik tizim yo’q edi, shu sababli to’garak a’zolari bolalar tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni muhokama qilishar edi.Bolalar birinchi marta 4 yoshdan 6 yoshgacha va 6-10 yoshgacha bo’lgan ikki xil yosh guruhlaruga bo’linadi. Mashg’ulotlar, o’yin va ko’ngil ochishlar programmasi belgilab qo’yildi. Harakatli o’yinlar, xor bo’lib aytiladigan ashula, o’qish,
rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, gimnastika mashqlarini reglamentga soladigan jadval tuzildi. Ota-onalarning talabi bilan fransuz va nemis tillari o’rgatilgan, bu ishlar mutaxasislar tomonidan tekin amalga oshirilgan.Ta’lim-tarbiya to’garagi bolalar bog’chasida tarbiyaviy ish saviyasini oshirishga