O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat milliy siyosatining aks ettirilishi



Yüklə 32,41 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2022
ölçüsü32,41 Kb.
#75373
  1   2
Eshmurodov Juma Maqola


O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat milliy siyosatining aks ettirilishi

Ter DU Tarix fakulteti magistranti Eshmurodov Juma Xusan o'g'li



Annotatsiya: ushbu maqolada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlik o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi, bir-biriga asoslanadigan hamda taraqqiyotning muhim omili hisoblangan yagona jarayon eksanligi. Bir mamlakat miqyosida va davlatlararo munosabatlardagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik umumiy rivojlanishniig asosi sanalishi. O‘z navbatida, ijtimoiy barqarorlikning to‘la ta'minlanishi, millatlararo totuvlik va siyosiy jarayonlar taraqqiyotining sharti ekanligi.Mamlakatimizda, mintaqada va davlatlararo munosabatlardagi siyosiy barqarorlik demokratik jamiyat barpo qilishni belgilovchi muhim omil ekanligi aks etgan.
Kalit so‘zlar: Bosh qomusi, qonun, teng huquqli, O‘zbekiston xalqi, suverenitet, hudud, til, millat, elat, do‘stlik, diniy tashkilotlar. “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” ,“xonadonbay”

Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, biz mamlakatimiz yangilanish davriga qadam qo‘ygan birinchi kunlardan boshlab ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyodagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar, ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan yaqin do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz.


O‘zbekiston bugun o‘zining uzoqni ko‘zlagan siyosati bilan mintaqamiz va jahondagi siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylandi.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, so‘z va diniy e’tiqod erkinligi, gender tenglik bo‘yicha erishayotgan yutuqlarimiz nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston XDPning ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilishga bel bog‘lagani uning mamlakat siyosiy kuchlari so‘l qanoti bo‘lishini belgilaydi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlar, birinchi navbatda, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sog‘lig‘ini saqlashni kuchaytirish, aholini arzon va sifatli dori vositalari bilan ta’minlash, fuqarolarning bandligi va real daromadlarini oshirish, arzon ijtimoiy uy-joylar qurilishini kengaytirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi O‘zbekistonning mustaqilligini asrash va mustahkamlash, vatanimizning gullab-yashnashini ta’minlash, mamlakatda fuqarolik va millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlik, har bir oila va butun xalq farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlarni o‘z mafkurasi va siyosiy faoliyatining poydevori, deb biladi.
Ijtimoiy siyosat mamlakatimizda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning aniq manzilli xususiyatga ega ekani har bir muhtoj insonga uning real ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko‘rsatish imkonini bermoqda. Bunda ushbu toifaga mansub hech bir inson e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu asosda jamiyatimizning ijtimoiy manzarasi butunlay o‘zgarmoqda, samarali boshqaruvning natijadorligi oshmoqda, eng muhimi, odamlarning hayotga, mehnatga, o‘zining taqdiri va ertangi kunga ishonchi ortmoqda. Yurtimizda ijtimoiy muammolarni hal etishning mutlaqo yangi va o‘ziga xos tizimi yaratildi. Keyingi paytda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy etilmoqda. Shu asosda muammoga oid mavhum ko‘rsatkichlar emas, balki yordam va ko‘makka muhtoj har bir oila va fuqaroning, xotin-qizlar, yoshlarning muammolari o‘z joyida aniq o‘rganilmoqda, ular vaqtida va samarali hal etilmoqda. Bugungi kunda xalq farovonligini, odamlarning hayot darajasini har tomonlama oshirish, buning uchun yangi ish o‘rinlari, daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, qishloq va shaharlarimizni obod qilish iqtisodiy strategiyamizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Keksalar, nogironlar, og‘ir ahvolga tushib qolgan insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va muruvvat ko‘rsatish kabi ezgu an’analar bugungi kunda yangicha ma’no-mazmun, amaliy harakatlar bilan boyib, takomillashib bormoqda. Bu borada, ayniqsa, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Besh muhim tashabbus”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar o‘z ijobiy natijasini bermoqda. Birgina “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 2021 yilda barcha shahar va tumanlardagi jami 8 mingga yaqin qishloq va mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, milliy tariximizda qishloq va mahallalarimizni obodonlashtirishga hech qachon bunchalik katta mablag‘ ajratilmagan, eng muhimi, ularning rivojiga bu qadar jiddiy e’tibor berilmagan. Muhtoj fuqarolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aniq maqsad bilan moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholining kam ta’minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar tug‘dirishga qaratilmoqda. Keyingi besh yilda oliy ta’limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo‘lish imkoniyati yaratildi. Bu – umumiy qamrov 28 foizga yetdi. Bizga ma’lumki, bundan 4 yil avval bu raqam atigi 9 foizni tashkil etardi. Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko‘paytirildi ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham 2 ming nafariga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratildi. 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazish reja qilinmoqda. Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg‘un va mutanosib rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5 yilda bolalarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi ilgarigi 27,7 foizdan 2 barobar ortib, 60 foizga yetgan, bog‘chalar soni esa 3 marta ko‘payib, 14 mingdan oshdi. Qishloqlarda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida ularga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratish boshlandi. Yoshlar o‘rtasida kambag‘allikni kamaytirish, ularni o‘zini o‘zi band qilishga rag‘batlantirishda “Yoshlar daftari”, yoshlar dasturlari doirasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabaning kontrakt pullari to‘lab berildi. Yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.
“Mehribonlik uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi tizim – “Mehr daftari” joriy etildi. Shuningdek, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, o‘ziga biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtoj sifatida hisobda turgan ana shunday bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yili umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan holatlarda esa 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi.
Mamlakatimizda ehtiyojmandlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning keng qamrovli mexanizmi yo‘lga qo‘yilmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy yordamning barcha turlarini bir xil mezon va bir xil hujjatga muvofiq taqdim etish imkonini beradigan “Yagona ijtimoiy reyestr” yaratilmoqda. Yil oxiriga qadar tizim barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bu tizim orqali ma’lumotlarni tizimlashtirish har bir ijtimoiy yordam oluvchining ehtiyoj darajasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. U oila a’zolarining daromadlari, mol-mulki, bank hisoblari, olingan kreditlar va avtomobillar to‘g‘risidagi turli idoralarning tegishli bazalarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlanadi.
Istiqbolda “Yagona ijtimoiy reyestr” dasturining to‘liq ishga tushirilishi inson omilini sezilarli darajada minimallashtiradi va natijada ijtimoiy yordamni taqsimlashdagi korrupsiya holatlarini imkon qadar bartaraf etadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, aholining eng kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash siyosati ehtiyojmand oilalarga beriladigan yordam pullari bilan cheklanib qolmasdan maqsad — aholining iqtisodiy farovonligi darajasini oshirish uchun sharoit yaratishdir. Odatda kambag‘allikka tushib qolishdan ko‘ra, undan chiqish anchayin mushkul hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash odamlarni bosqichma bosqich kambag‘allikdan chiqarish hisoblanadi — boshqacha aytganda, odamlarni ana shu holatda tutib turishdan ko‘ra, kambag‘allar toifasidan chiqarish vositasi sifatida ko‘proq o‘zini ko‘rsatishi uchun tegishli sharoitlarni yaratish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Soʻnggi yillarda davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri – jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qatʼi nazar Oʻzbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va anʼanalariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini eʼlon qiladi va kafolatlaydi.
Ushbu maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini yuritmoqda hamda jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini izchil amalga oshirib kelmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlarning vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari taqdim etgan teng huquq va imkoniyatlardan foydalanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va ijtimoiy sohada, ilm-fan va madaniyat sohalarida samarali mehnat qilib, Vatanimizning gullab-yashnashiga va uning mustaqilligini mustahkamlashga, respublikaning xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Amalga oshirilayotgan ustuvor yoʻnalishlar surʼatini, keng koʻlamli demokratik islohotlarni, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy jihatdan erkinlashtirish va jamiyat hayotining boshqa jabhalarida erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlar tahlili Oʻzbekiston xalqi yagona gʻoya – Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha olijanob maqsadlar va gʻoyat muhim vazifalarga erishishdan iborat yagona maqsad atrofida birlashganligini taʼkidlash uchun barcha asoslarni beradi.
Shu bilan birga, xalqaro va mintaqaviy munosabatlarda davom etayotgan globallashuv va transformatsiya, dunyoda iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy va boshqa ziddiyatlar kuchayib, axborot va kibermakonlarida qarama-qarshi kurash ortib borayotgan bir sharoitda millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida oʻz yechimini taqozo etayotgan bir qator dolzarb masalalar saqlanib qolmoqda, quyidagilar shular jumlasidan:
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini yanada oshirish;
jamiyatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan mojaroli vaziyatlar va ixtiloflarning barvaqt oldini olish va ularni profilaktika qilish boʻyicha faoliyatni tashkil etish asosi sifatida joylarda millatlararo munosabatlar holatini monitoring qilish tizimi va mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;
millatlararo muomala madaniyatini tarbiyalash, Oʻzbekiston xalqining tarixi va anʼanalarini oʻrganish boʻyicha taʼlim, axborot va madaniy-maʼrifiy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tashkilotlar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Quyidagilar millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan:
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmlarini takomillashtirish;
millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish, respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini saqlash va rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siyosatini samarali amalga oshirish uchun qoʻshimcha ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish;
jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, respublikamizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, fuqarolarning teng huquqliligini taʼminlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, mamlakat hududida va undan tashqarida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida xalqaro hamkorlikni va chet mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni rivojlantirish, vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash va xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan yaqin hamkorlik qilish, Oʻzbekistonning jahon maydonidagi obroʻ-eʼtibori va imijini oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining davlat va jamiyatni rivojlantirishdagi ustuvor maqsadlarni, ilgʻor xorijiy tajribani eʼtiborga olgan holda millatlararo munosabatlarning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi chinakam xalqchil va demokratik konstitusiya bo‘lib, u tarixan sinalgan umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan. Haqiqatdan ham, «Mustaqil O‘zbekistonning kuch-kudrat manbai -xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab-asrab kelmoqda. O‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an'analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirishga erishish uchun zarur shart-sharoit yaratishdir». O‘zbekiston Konstitusiyasi yaratilishida eng rivojlangan, taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tarixiy tajribasi va jahon konstitusiyaviy amaliyoti inobatga olingan. Konstitusiyamiz birinchi navbatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining qator hujjatlariga, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalariga va o‘zbek xalqining boy tarixiy tajribasiga asoslangan. O‘zbekiston Konstitusiyasi xalqimizning ma'naviy, madaniy meros, milliy tafakkur, muqaddas islomiy qadriyatlar va ko‘p asrlik o‘zbek davlatchiligi tajribasi hamda huquqiy an'analariga asoslangan va bu ijobiy yutuqlarni o‘zida aks ettiradi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitusiyasi kelajagi buyuk davlatning ishonchli huquqiy kafolati hisoblanadi. Konstitusiya o‘zida inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik va taraqqiyot tamoyillari majmuini ifodalaydi, jamiyat esa u orqali demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyagini barpo etishni eng oliy maqsad deb, tomon intiladi. Bag‘rikenglik haqida gapirar ekanmiz, Konstitusiyaning shu masalaga bag‘ishlangan moddalarini ko‘rib chiqamiz. Masalan, 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Har bir xalq, har bir elat o‘z hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo‘lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko‘p yoki oz sonli ekanligiga bog‘liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkor bilan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligini ifodalovchi jihatlardan biridir. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 4-moddasida mustahkamlangan me'yorlar o‘zbek tilining huquqiy maqomini tiklashga qaratilgan bo‘lib, unda, avvalo, respublikamizning davlat tili o‘zbek tili ekanligi qayd etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishining o‘ziga xos tarixi bor. Ma'lumki, 1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekistonning «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilindi, 1995 yil 21 dekabrda bu qonunning yangi tahriri amalga kiritildi. «Tilga e'tibor — elga e'tibor», «Til — millatlarning o‘lkan boyligi va bebaho mulki», deb bejiz aytishmaydi. Chunki til millat mavjudligini, uning yashayotganligini, o‘z taqdiriga ega ekanligini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunida belgilanganidek, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakat hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitusiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. O‘zbek tilining mamlakatimiz hududida davlat tili sifatida amal qilishining hukuqiy asoslari ushbu qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi. Ushbu qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq, udumlarni ado etishda qo‘llanilishini tartibga solmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z hohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratilgan hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta'minlangan, bu tillarni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqi kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda ham umumiy, kasb-hunar, o‘rta maxsus va oliy ma'lumot olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib beradi. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e'lon qilinadi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham chop etiladi..

Yüklə 32,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin