1. Hujayraning bo`linish hodisasi.
Ma`lumki har bir hujayra ikki tipdagi nuklein kislotalarni ya`ni dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalarini tutadi. Eukariot hujayralarda DNK yadroda joylashgan bo`lib xromosomalarning asosiy komponentini tashkil qiladi. Mitoxondriyalar va xloroplastlarda prokariot tipdagi DNK bo`lib ko`rinishi jihatidan halqaga uxshaydi. Ribonuklein kislotasining barcha uchta tipi ya`ni mRNK, rRNK va tRNK DNK matritsasi asosida sintezlanadi (transkripisiya). Ammo yadro DNKasi asosida sintezlangan RNK molekulalari o`zlarining sedimentatsiya koeffitsienti bo`yicha xloroplastlar va mitoxondriyalar DNKalari asosida sintezlangan RNK molekulalaridan farq qiladi.
Polisomalardagi oqsil sintezida RNK molekulalarining barcha tiplari qatnashadi (translyatsiya) va ushbu jarayonning borishi sitoplazma,mitoxondriya va xloroplastlarda deyarli bir xil boladi.
DNK molekulasida o`simlikning o`sishi, rivojlanishi va hayot faoliyatiga oid barcha informatsiyalar to`rtta nukleotidning navbatlashishi ko`rinishida yig`ilgan bo`ladi. Ushbu informatsiya DNK (triplet kodi) molekulasining quyo`sh zanjiri bo`ylab ushbu tur organizmiga mos ravishda uchta azotli birikma ko`rinishida yig`ilgan bo’ladi. DNK molekulasidan chiquvchi informatsiya sintezlanuvchi oqsil molekuiasini kodlaydi.
XI.1-rasmda Polipeptid zanjirlarga xos xususiyatlar beruvchi alifatik, aromatik, oltingugurt tutuvchi, dikarbon, ikki asosli, oksiaminokislotalar va iminokislotalar keltirilgan.
O`z navbatida aminokislotalarning navbatlanishi oqsil molekulasining tuzilishini va xususiyatlarini belgilaydi. DNK molekulasidan oqsil molekulasiga informatsiya`ning berilishida RNK molekulalari qatnashadi.
Dostları ilə paylaş: |