Botanika faniga kirish



Yüklə 118 Kb.
səhifə1/15
tarix02.01.2022
ölçüsü118 Kb.
#43168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
RNK


MAVZU: RNK SINTEZI

KIRISH

ASOSIY QISM:

Hujayraning bo`linish hodisasi

1. Hujayraning bo`linish hodisasi(DNK,RNK)

2. Fermentlar, vitaminlar, antibiotik va fitonsidlar

3. Hujayraning kimyoviy tarkibi. RNK SINTEZI



XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Angiliyalik fizik Robet Guk o`zi takomilashtirgan mikroskop bilan 1665 - yilda o`simlik hujayradan iborat ekanligini kashf etdi.

XIX asrning birinchi yarimidagina hujayrada yadro, protoplazma borligi aniqlandi. XIX asrning oxirida S.G. Navashin gulli o`simliklarda qo`sh urug`lanish hodisasi borligini kashf etdi.

Biz endi yuksak va tuban o`smiliklar organlarining hujayralardan iborat ekanligini, ya`ni ichi yarim suyuq modda bilan to`lgan, bir - biridan pishiq to`siq bilan ajralgan, ko`pi o`z to`sig`i orqali suyuqlikni o`tkazadigan juda mayda alohida pufakchalar yoki hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. Bu hujayralarni ko`rishda mikroskopdan foydalaniladi. Yirik hujayralarni masalan: pishgan olma, tarvuz, ildiz tukchalari, paxta tolasi hujayralarini ko`z bilan ko`rsa bo`ladi. Yorug`lik mikroskopida 2000 marta kattalashtirib ko`rsatsa, elektron mikroskopida 200000 marta kattalashtirib ko`rish mumkin.

Yorug`lik mikroskopida hujayraning quyidagi qismlari 1. Sitoplazma. 2. Hujayra shirasi - vakuola. 3. Po`sti. 4. Yadrosi ko`rinadi.

Elektron mikroskopda esa membrana, teshikcha (porasi), yadrocha, mitoxondriya, endoplazmatik to`r, plastidalar, vaukola, Gol`dji apparati, ribosomalar ko`rinadi. O`simlik hujayrasi o`z ichidagi suyuqlikni o`rab olgan po`stiga ko`ra, ma`lum shaklda bo`ladi, shakli jihatidan hujayra parenxima va prozenxima hujayralariga bo`linadi. Parenxima hujayra uzunligi, kengligi, balandligi taxminan bir xil. Prozenximali hujayralar ikki tomoni uchlangan uzunasiga cho`zilgan bo`ladi.

Sitoplazma va yadro hujayraning asosiy elementlaridir. O`simlik hujayrasidan bundan tashqari plastidalar, mitoxondriya, ribosoma va boshqa elementlar bor. Bu organoidlarning yig`indisi protoplast deyiladi.

Yadrosiz ko`k yashil suv o`tlari va bakteriyalar. Yadro o`rnida uning vazifasini bajaruvchi DNK (dizeksiribonuklein kislota) uchraydi. Hujayra organelalaridan tashqari sitoplazmada hujayraning umumiy modda almashuvida qatnashadigan turli qo`shimchalar moy tomchilari, kraxmal, kristallar va boshqalar bor. Bular zahira oziqlantiruvchi moddalardir.

Yorug`lik mikroskopi yordamida gialoplazma deb ataluvchi bir tarkibli suyuq modda unga yopishgan donachali zarrachalar granulalar ajratiladi. Demak, giaplazma bu sitoplazmaning matriksidir. Sitoplazmada bir qancha organellar mavjud, endoplazmatik to`r, ribosoma, Gol`dji apparati, sferasoma.

Sitoplazmaning kimyoviy tarkibi organik moddalar SO2, O2, H, N, Ca, K, P, Cu, rux, kobal`t va boshqalar bor. Oddiy oqsillar sitoplazmada giston, protamin, al`bulin va globulinlar bor. Murakkab oqsillar oddiy oqsil birikmalar - lipidlar, uglevodlar, hamda nuklein kislotalardan tashkil topgan. Hujayra 3 qavatdan tashkil topgan.

1) Tashqi qavat - plazmallema. 2) O`rta qavat - mezoplazma. 3) Ichki qavat - tonoplast deb yuritiladi.

Plazmollema - hujayra po`sti bilan hujayraning ichki qismini bog`lab turadigan yupqa membriana. U silliq tuzilgan bo`lsada granula tuzilishga ega, o`tkazuvchanlik jarayonida hujayra po`stini hosil qilishda ishtirok etadigan moddalarning shilimshiqlanishini tartibga solib turadi. Tarkibi - 2 ta oqsil va 1 ta lipid qavatdan iborat.

Tonoplast - lotincha "tonus" - "taranglashish" so`zidan olingan. Hujayradagi vakuolani tashqi tomondan o`rab turadi.

Enodoplazmatik to`r- yadro qobig`i enoplazmatik to`rning bir qismi qo`sh membriana hujayra ichidagi moddalar harakati taqsimoti. Hujayradagi moddalar almashuvida muhim rol o`ynaydi.

Goldji apparati - suv ballansini tartibga solishda, hujayradagi chiqindi va zahira moddalarni chiqarishda, hujayra vakuolasi hosil qilishda Gol`dji apparatining xizmati kattadir.

Ribosoma- 50% oqsil, 50 % ribonuklein kislotadan (RNK)dan iborat. Oqsillar biosintezida muhim organella hisoblanadi, ya`ni aminokislotalardan oqsillarni sintezlaydi.





Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin