O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiy fanlar fakulteti
biologiya ta`limy yo`nalishi 222-guruh talabasi
BOTIROVA OYDINA ERKINOVNANING
KURS ISHI
Mavzu: O`zbekistob qizil kitobiga kiritilgan
o`simliklar
TEKSHIRDI:A.SHARIPOV
Termiz 2023
1
KIRISH.
I-BOB. O`ZBEKISTON FLORASIDAGI NOYOB VA ENDEMIK TURLAR HAQIDA MA`LUMOTLAR.
1.1 O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” va bazi oilalar biologiyasi
1.2 Qizil kitobga kiritilgan noyob o`simliklar va ularni xususiyatlari.
II-BOB. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI VA O`SIMLIKLAR DUNYOSI HAQIDAGI QONUN VA FARMOYISHLAR
“Qizil kitob” va o`simliklar dunyosi haqidagi qonunlar.
2.2 O`zbekiston respublikasi “qizil kitob”ini tayyorlash va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi . Tabiat bizga judayam go`zal o`simlik dunyosini bergan. U o`zining go`zalligi bilan o`ziga insoniyatni jalb etadi. O`zbekiston Respublikasi o‘zining betakror tabiati bilan mashhur bo‘lib, butun dunyodan ko‘plab sayyohlarni o‘ziga tortadi. Bu yerda siz tog' tizmalarini, cho'llarni, sharsharalarni, ko'llarni va daryolarni ko'rishingiz mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining xilma-xil va betakror tabiati bilan mashhur boʻlib, u turli xil ekotizimlarni, jumladan, choʻllar, togʻlar, oʻtloqlar va botqoqliklarni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston butun dunyodan tadqiqotchilar, ekologlar va tabiat ixlosmandlarini oʻziga jalb etuvchi Markaziy Osiyodagi eng biologik xilma-xil mamlakatlardan biri boʻlib qolmoqda.Yurtimiz tabiati shunchalik go`zal ekan uni asrab avaylash lozim.
Ma`lumotlarga qaraganda , Yer yuzida hayvonot va o`simlik turlarining yo`qolib ketishiga ikkita sabab bor bo`lib, ulardan birinchisi – bu iqlimning o`zgarishi ( tabiiy sabab) natijasida bo`lsa, ikkinchisi esa – ( antropogen) inson omili natijasidadir. Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning to`rtdan bir qismi tabiiy sabablar natijasida yo`qolgan bo`lsa , to`rtdan uch qismi esa inson ta`sirida yo`qolganligi aniqlangan. Bunday raqamlarni yana ko`plab keltirish mumkun. Aholining notoʻgʻri munosabati sababli tabiatdagi kamyob oʻsimlik va hayvonlar turi va soni kamayishni davom etmoqda. Yer yuzida hozirgi kunda 670 ming (shundan 500 mingi gulli oʻsimliklar) oʻsimliklar va 1,5 million hayvon turlari mavjud boʻlib, ularning 93 foizi uchun quruqlik va 7 foizi uchun suv yashash muhiti hisoblanadi. Turlarning hosil boʻlishi va ularning yoʻqolib ketishi sababi evolyutsion taraqqiyot jarayoni boʻlib, yerda geologik sharoitlarning oʻzgarishiga ham bogʻliqdir. Ammo odamning kelib chiqishi natijasida bu tabiiy jarayon buzilib, hayvon va oʻsimliklarning inson faoliyati taʼsirlari natijasida yoʻqolib borish jarayoni tezlasha boshladi. Odam tomonidan yangi gʻorlarning, orollarning va kontinentlarning o`zlashtirili shi natijasida butun sayyora masshtabida fauna va floraning xilma-xilligi tobora kamayib borish jarayoni kuzatilmoqda. Shuning uchun ham keyingi paytda atrof-muhitni himoya qilish qilish
3
bilan bogʻliq talablar jahon hamjamiyati tomonidan qattiq nazoratga olingan.
Oʻsimlik dunyosi tabiat obyektlari ichida eng bebaho boyliklardan biri boʻlib, u tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, inson yashash sharoitini yasxshilash, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, atmosfera havosining musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O`simliklardan belgilangan miqdordan ko`proq foydalanish o`simliklar qoplamiga salbiy ta`sir etmoqda. Bunday xarakatlar davomida o`simliklar florasi, antropogen omillar natijasida son jixatidan kamiyishi, ayrim turlar yo`qolish arafasida turganligi, ko`p sonli o`simlik turlari O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilayotganligi, o`simliklarni muhofaza qilish, ularni asrab-avvaylash, ko`paytirish shu kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: |