Botirova oydina erkinovnaning kurs ishi


atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi. Oʻzbekiston faunasi va florasining



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə5/12
tarix19.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#117570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kur ishi 222. jurayev

9
atrofida bo`lib, ular O`zbekiston florasining 10-12% ini tashkil qiladi.
Oʻzbekiston faunasi va florasining-baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi” ning har bir jildi 5000 nusxada chop etilishi rejalashtirilmoqda.
Barchaga ma`lumki burchoqdoshlar oilasi vakillari inson hayotida muhim o`rin tutadi. Dukkakli don ekinlari dukkakdoshlar (fabaceae) oilasiga kiradi. Bu oila vakillarining ko`pchilik, ikki va ko`p yillik o`tlardan iborat. Ularning gul tuzilishi murakkab tuzilgan bo`lib, go`lqo`rg`oni murakkab tuzilgan qayiqcha va eshkakchadan iborat. Gulida 5 ta kosacha barg, 5 ta toji barg bo`lib 1+2+2 sxemada joylashgan. CHangchisi 10 bo`lib , 1 tasi erkin 9 tasi qo`shilib o`sgan. Urug`chisi bitta va bir uyali. Hashoratlar bilan changlanadi.
Oila vakillarining ildizi – o`q ildiz tizimli. Ildizda tugunak bakteriyalar hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o`simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o`zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik o`suvchi, ilashuvchi, o`raluvchi yoki yotib o`suvchi bo`ladi. Bariglari ko`pincha murakkab ba`zan oddiy, hamisha yon barigchali, poyada ketma ket joylashgan.Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to`p gulga joylashgan. Gul kosachasi yarimigacha qo`shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo`lib, 5 ta gultojibargdan hosil bo`lgan. Ulardan ustidagi yirikrog`i “yelkan” yoki “bayroqcha” deb ataladi; Ikki yoniga joylashgani “ qanotcha” yoki “ eshkak” deyiladi. Bir biri bilan qo`shilgan bir juft ostki gultojibarg esa “ qayiqcha” deyiladi. Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir biri-bilan qo`shilib ketgan , 10 chisi esa erkin, urug`chisi bitta. Mevasi dukkak. Mamlakatimizda dukkakli ekinlardan madaniy holda ko`kno`xat, mosh, loviya, no`xat, burchoq, yeryong`oq ko`p ekiladi [ Bilich G.L.,2005].
10

Dukakkli don ekinlari ildizida tugunaklar, ularning donlari nitragin bilan ishlaganda yoki ikki uch ­­­- yil avval shu dalada dukkakli ekinlar ekilib, tuproq tuganak bakteriyalar bilan taminlangandagina bo`lishi mumkun xolos. Mobodo tuproqda tuganak bakteriyalar b`olmasa va urug`lar nitragin bilan ishlanmasa, u holda o`simliklar qo`shimcha azotli o`g`itlar bilan o`g`itlanishga moyil bo`ladilar. Ko`pgina dukkakli don ekinlari tuganak bakteriyalar bilan ishlaganda o`z hosilini ancha oshiradi. Buning uchun tuganak bakteriyalar maxsus konsentratsiyasi, ya`ni nitragin yoki rizotorfin qo`llaniladi va ular bilan ishlash inokulyatsiya deb ataladi.


Dukkakli don ekinlarini hosildorligi g`alla ekinlari hosilidan yoki ulardan sal ko`proq bo`lishini nazarda tutadigan bo`lsak, bu ekinlarning ho`jaliklarda kata iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lishligi yaqqol namoyon bo`ladi. Dukkakl don ekinlarini tashkiliy – iqtisodiy nuqtai nazardan baholaydigan bo`lsak bu ekinlarni ekish muddatlari texnikaning bo`sh davriga to`g`ri keladi va bu texnikadan unumli hamda uzoq muddat foydalanish imkonini beradi, mosh, soya kabi dukakkli don ekinlarini yana bir qiymati shundaki ya`ni ularni asosiy ekin sifatida bahorda yoki sug`oriladigan zonalarda g`alla ekinlaridan keyin ekish mumkun.
Dukkkakli don ekinlari o`stirish uchta asosiy vazifani: o`simlik oqsili, ko`plab don yetishtirilishini va tuproq unumdorligini oshirishini ham yetilishiga qaratiladi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin