Mavzuning o`rganilish darajasi: Respublikamizda tarqalgan o`simliklar va ularga ta`sir qiluvchi ekologik omillar bo`yicha ko`plab ilmiy tadqiqot shlari amalga oshirilgan. Jumladan, noyob o`simliklar biologiyasi bo`yicha G.L.Bilich
[Bilich G.L., 2005], V.V.Kuznetsov [Kuznetsov V.V., 2005], M.I.Ikromov [Ikromov M.I., 2000], noyob o`simliklar muhofaza qilish bo`yicha N.Yu. Beshko
[Beshko N.Yu., 1997], M.V. Gorlenko [ Gorlenko M.V., 1991], F.I. Muxamedjonova [Muxamedjonova F.I., 2004] bunga yaqqol misol bo`la oladi.
Ishning masad va vazifalari:Mazkur kurs ishining asosiy maqsadi
O`zbekiston Respublikasi – Qizil kitobiga kiritilgan kamyob, endemik o`simliklari haqida ilmiy adabiyotlar asosida ma`lumotlar to`plash va ulardan tanlab olingan 5 oila vakillarini bioligik xossalari, unga ta`sir qiluvchi ekologik omillar, ularni muhofaza qilish chora- tadbirlarini o`rganishdan iborat. Ishning vazifasi esa tanlangan o`simliklarni biologiyasi va ekologiyasi o`rganish orqali, o`simliklarni
Rivojlanishini optimal muhitini aniqlash va olingan tadqiqot natijalari asosida noyob o`simliklarni saqlab qolish bo`yicha tegishli tavsiyalar berish hisoblanadi
Ishning ob`ekti va predmeti: Mazkur kurs ishining ob`ekti sifatida
Respublikamizda uchrovchi noyob o`simliklar dunyosi , predmeti sifatida esa ular uchun qo`llanilgan taxlil usullari olingan.
4 Ilmiy yangiligi: Ishda O`zbekiston Respublikasi – Qizil kitobiga kiritilgan o`simliklar yillar bo`yicha taxlil qilish orqali, oilalaridan 5 tasi tanlab olindi va ularning ba`zi vakillariga ekologik omillarni ta`siri va ularni muhofaza qilish chora- tadbirlari o`rganilgan.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ish natikalari asosida olingan taxlillar O`zbekiston Respublikasi – Qizil kitobiga kiritilgan o`simliklarni himoya qilishga oid monitoring o`tkazishga yoki ularni ma`lum bir kriteyalar bo`yicha o`rganish uchun uslubiy ko`mak sdifatida qo`llanishi mumkun. Tadqiqot davomida olingan va tahlil etilgan ma`lumotlar ilmiy va amaliy ko`rsatma vazifasini o`taydi. O`simliklarga ekologik omillarni ta`siri va ularni umumiy xususiyatlari o`rta maxsus va oliy ta`lim muassasalarida ilmiy olib borish uchun ilmiy asos sifatida qo`llanishi mumkun.