Bo`yoqlarning aralashishi, ranglarning ta’rifi va asosiy xususiyati
“Quyosh nuri to`lqini uzunligi va rangi xar xil. Bizning ko`zimiz nur to`lqini uzunligi ta’siri orqali u yoki boshqa rangni sezadi”.
Yorug`lik va rang: Nyuton birinchi bo`lib yorug`lik nuri va rangni o`zaro murakkablikda bog`likligini ilmiy eksperiment orqali ko`rsatdi.
Rangni sezish esa qaysi yorug`lik nur turi bizni ko`zimizga ta’sir o`tkazsa shu bilan bog`lik ekan. Oddiy quyosh nuri barcha ranglar yig`indisiga teng: Nurlarni yanada aniq ifoda etsak, bo`yalmagan. Ulardagi muayyan kuch yoki boshqa rangga uyg`otish moyilligidan ulardan boshqa narsa emas”.
Quyosh spektriga kiruvchi ranglar va unga mos to`lqin nuri uzunligi quyidagicha (mmk da)
Binafsha rang:400 – 430, Ko`k:430 - 470 Moviy: 470 - 500Yashil:500 – 530,Sariq:535 – 595, To`q, qizgish sarik:595 – 620, Qizil:620 – 700, Insonning ko`zi nurlanish energiyasini ko`rinayotgan rangni 400-700 nanometr to`lqin uzunligida qabul qiladi.
Ranglar spektri doiraga joylashgan bo`lib, bir rangdan boshqasiga o`tib uzilmas doyra xosil qiladi. Asosiy va yorqinroq ranglar doirasi sarik, qizil va ko`k. Rang doyra ichida tug`ri uchburchakni tepa qismida joylashgan. Xar bir ikki asosiy ranglar orasida qo`shimcha ranglar joylashgan.
Ranglar tavsifi va klassifikatsiyasi. Ranglar xromatik ya’ni rangli va axromatik (oq, qora va barcha kulranglarga) bo`linadi. Xromatik rangning sifat tavsifi, rang tusi-yorqinligi, to`yinganligidadir. Rangning tusi rang nomini aniqlaydi: yashil, qizil, sarik, ko`k va boshqalar. Och yorqin rangi tavsifi, u yoki boshka xromatik rang yorug`roq yoki to`qroq boshqa rangdan, yoki ushbu rang qanchalik oqga yaqinligi bilan aniqlanadi. To`yinganlik sifat tavsifi xromatik rangni unga teng bo`lgan axromatikni yorug`lik darajasi tafavvuti ila farqlanadi. Axromatik rangni sifat tavsifi uning faqat yoriqligi.
Bo`yoq aralashtirish turlari. Rangtasvirda qo`llanadigan bo`yoqlarni, rangiga qarab spektralligiga bo`linadi, ular quyosh nuridan tarkib topadi va oddiydir. Oddiy ranglarni aytadi, ularni boshqa ranglardan tuzish mumkin emas, oddiy bo`yoq o`zaro aralashtirish natija- sida boshqa ranglarni tuzish mumkin.
Oddiy bo`yoqlar uchta: sariq, qizil, ko`k. Rangtasvirda bo`yoqlarni uchga aralashtirish turi mavjud. Bu kerakli rang tusi yoki rang turlarini olishini imkon beradi. Kerakli ranglar va turlarni mexanik yo`li orqali erishish mumkin. Buyoqlarni palitrada optik aralashuvda qurigan bo`yoq yuzasiga yupqa shaffofli bo`yoq berib tagidagi qatlamning ichidan yorishib ko`rinishi, ya’ni tagidagi va ustidagi yupqa katlamni optik aralashuvini, oldin berilgan buyoqlar va shunday ataluvchi masofali aralashish optik aralashishlarni turi xisoblanadi.
Mexanik aralashtirishni palitrada doimo amalga oshirish mumkin. Misol: Optik aralashtirishda uchta spektr to`lqin nuri-qizil, ko`k va sariq ranglar aralashish natijasida oq rang paydo bo`ladi, ushbu ranglarni mexanik aralashtirish natijasida loyqa rang xosil bo`ladi va xokazo.
Savollar: Inson ko`zi nurlanish energiyasini ko`rinayotgan rangni qancha to`lqin uzunligida qabul qiladi?
Asosiy va yorqinro spektr doirasi nechta ranglardan iborat?
Xromatik ranglar deganda qaysi ranglarni ko`z oldingizga keltirasiz?
Axromatik ranglar deganda unga qaysi ranglar kiradi?
Ranglarning optik aralashishini qanday tushunasiz?
Mexanik aralashishni, optik aralashishdan farqini aytib bering?
Asosiy ranglarning o`rtasidagi qo`shimcha ranglarni ay ting?
Asosiy uch rangning optik aralashtirish natijasida qaysi rang paydo bo`ladi?