3. Zamonaviy raqobat sharoitida innovatsion marketing texnologiyalarining shakllanishi Korxonalar o‘rtasida raqobatning yangi shakllarini yuzaga kelishi bozorga moslashish, unda faoliyat yuritish va innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish dolzarbligini oshiradi. Bu borada innovatsion yondashuv korxonalar uchun strategik raqobatni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Avtomobil sanoat korxonalarining ichki va tashqi bozorlarda barqaror faoliyat yuritishini ta’minlovchi marketing strategiyasini shakllantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib ularni tizimlashtirish orqali marketing strategiyalarini raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy vositasi sifatida qarash maqsadga muvofiqligi asoslanadi.
Aghion, Bloom, Blundell, Griffith, and Howittlarning nazariyalarida tovarlar bozoridagi raqobat va innovatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlari bir-birini to‘ldiruvchi (U-shape) aloqaga ega ekanligi bo‘yicha natijalar olingan.
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat korxonalarining diversifikatsion o‘sishidan farqli ravishda, bugungi kunda, ular o‘z faoliyatlarining samarali yo‘nalishlarini aniqlab olishga va barcha imkoniyatlarini marketing strategiyalarini shakllantirishga harakat qilmoqdalar.
Raqobatda ustunlikka erishish masalalarini echishda bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyaning ustun jihatlari quyidagilarda o‘z aksini topgan bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi korxonaning faqat iste’mol qiymatini oshirish hisobiga, raqobatdagi ustunlikka erishishini ta’minlaydi;
yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va korxonaning iste’molchilari bilan qo‘shimcha qiymat yaratish zanjiri ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yangicha usullarda boshqarishni ta’minlaydi
korxonaning asosiy funksional jarayonlarini boshqarish bo‘yicha samarali tizimlarni shakllantiradi va uning an’anaviy ierarxik tashkiliy tarkibini butunlay o‘zgartiradi;
korxonaning tashkiliy tarkibining o‘zgarishi kompaniya bilan iste’molchilar, xom-ashyo etkazib beruvchilar, qiymat yaratish zanjiri ishtirokchilari va raqobatchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga yangicha qarashni tavsiflaydi;
▪ korxona tomonidan o‘z iste’molchilari ehtiyojlarini, raqobatchilari harakatini va bozordagi holat tavsifini anglash jarayonida uningning barcha xodimlarining ishtirokini ta’minlaydi
iste’molchilardan, raqobatchilardan va boshqa manbalardan kelib tushuvchi ma’lumotlardan foydalanish orqali, bozorlarni tadqiq qilish jarayoning uzluksizligiga ko‘maklashuvchi tadbirlarni ishlab chiqadi va ustun raqobat muhitini saqlashni ta’minlaydi.
XULOSA Innovatsion marketing ob’ekti intellektual mulk, yangi materiallar va tarkibiy qismlar, yangi mahsulotlar, yangi jarayonlar, yangi bozorlar, tovar va xizmatlarni siljitish yangi usullari, boshqaruvning yangicha tashkiliy shakllari hisoblanadi.
Innovatsiyalar yaratish mamlakatimizda doimo muhim ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Innovatsiyalarni tijoratlashtirish esa yoki mukammallashmagan, yoki umuman bo‘lmagan. Biroq bugungi kunga kelib, raqobat kurashida innovatsiyalar ishlab chiqarishni emas, ularni amaliy qo‘llashni tashkillashtira oladiganlar g‘olib kelmoqda.
Innovatsion marketing iste’molchi ehtiyojlarini yaxshiroq qondirish, zamonaviy biznesda ustuvorlikni «funksional» mahsulotlardan «innovatsion» mahsulotlarga o‘tkazish hisobiga bozorni egallab olish imkoniyatini beradi: funksional mahsulotlar eng muhim, zaruriy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi va aksariyat hollarda xarid joyiga qarab o‘tirmasdan xarid qilinadi (kerak bo‘lib qoldi — ko‘rib qoldi — xarid qildi);
Innovatsion mahsulotlar esa, aksincha, texnika va modaning so‘nggi so‘zini ifodalaydi, ularga talabni oldindan aytish qiyin, ularning hayotiylik davri esa ancha qisqaroq bo‘ladi Yangi mahsulot iste’molchi ahamiyatga ega deb hisoblaydigan har qanday yangilik kiritish yoki mavjud tovarni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Biroq yangilik darajasi turlicha bo‘lishi va bir necha pog‘onada ko‘rib chiqilishi mumkin. Korxona uchun ilgari hech ham ishlab chiqarilmagan tovarlar innovatsion tovarlar bo‘ladi. Shunday qilib, innovatsion marketing majmui maqsadli bozorga va innovatsiyalar potensial iste’molchisiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, raqobat muhiti va iste’molchilar istaklaridagi o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar yig‘indisini ifodalaydi.